4-mavzu. Texnologik turlari bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borish



Yüklə 17,31 Kb.
səhifə1/3
tarix15.02.2023
ölçüsü17,31 Kb.
#100829
  1   2   3
4-мавзу (1)


4-mavzu.Texnologik turlari bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borish.
Reja:
1.
2.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. «Barkamol inson» deganda ham aqliy, ham axloqiy, amaliy va jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Milliy o‘zlikni anglashga e’tibor kuchaygan hozirgi sharoitda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik sifatlari barkamollikning aosiy belgilari sifatida qaror topmoqda. Insonning o‘z-o‘zini anglashida hayotida tutgan o‘rnini belgilashda, hayotning mohiyatini tushunishga nisbatan munosabat o‘zgarmoqda. Zero, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir».
Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g‘urur va o‘z intellektual imkoniyatlariga ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining echimini topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog‘liq yaratuvchilik jarayoni sifatida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o‘quvchilar xulqida, ularning boshqalar bilan muloqotida, amalga oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari etarlicha hal etib berilmagan.
Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo‘luvchi xususiyati ekanligini ko‘ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta’lim tizimini ham o‘z ta’sir doirasiga olgan. SHunday ekan, jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgan respublikamiz ta’lim tizimiga tatbiqan shaxs sifatlarining muhim qirralari bo‘lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida o‘quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan.
Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:
- shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera olmasligi;
- ta’lim tizimida an’anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog‘i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi;
- umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan ta’lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko‘lamda joriy etish yo‘llarining asoslab berilmaganligi.
Bu esa o‘quvchi va talaba yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini yaratish, uni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Qayd etilgan muammolar echimini topishning ikki yo‘nalishini taklif etish mumkin:

Yüklə 17,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə