4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/7
tarix21.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#97438
  1   2   3   4   5   6   7
4 mavzu Tovar pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti


4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
Reja:
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o'tish va uning rivojlanishi.
2. Tovar va uning xususiyatlari. tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnatning tavsifi.
3. Qiymatning mehnat nazariyasi va qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyalari.
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
5. O'zbekistonda milliy valyuta pul - so'mning muomalaga kiritilishi va erkin valyuta almashtirishining yo'lga qo'yilishi.
1.Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o'tish va uning rivojlanishi
ijtimoiy xo'jalikni tashkil etishning umumiy iqtisodiy shakllari
natural ishlab chiqarish
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchining o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun, xo'jalik ichki ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilishi
tovar ishlab chiqarish
tovar yoki xizmatlarning ishlab chiqaruvchining o'z iste'moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratilishi
natural ishlab chiqarish
bunda insonlar bozorda ayirboshlash uchun emas balki o'zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqaradilar.
yopiq xo'jalik
ishchilarning universal (ixtisoslashmagan) mehnati
ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa “ishlab chiqarish – taqsimot – iste'mol”
tovar ishlab chiqarish
bunda mahsulot shaxsiy iste'mol uchun emas, balki ayirboshlash uchun ishlab chiqariladi. ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi aloqa esa bozorda amalga oshadi.
ochiq xo'jalik
jamoaga taqsimlangan mehnat
ishlab chiqarish va iste'mol bog'lanishi “ishlab chiqarish – ayirboshlash – iste'mol” formulasi asosida bozor orqali amalga oshadi
natural va tovar xo'jaliklarining bir-biridan farqlanishi

asosiy jihatlar

natural xo'jalik

tovar xo'jaligi

1. moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadi

shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish

boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2. ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi

bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiiy manfaati asosida aniqlanadi

3. iste'molchini o'ziga jalb etish uchun kurash

bunday kurash mavjud emas

bunday kurash mavjud va tovar xo'jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi

4. ishlab chiqarilgan mahsulotning iste'mol qilinishi darajasi

barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to'laligicha iste'mol qilinadi

ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya'ni iste'mol kilinmasligi

5. ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari

ishlab chiqarish jarayonida faqat o'zining va oila a'zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi

ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham foydalanish mumkin

tovar xo'jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1
    • ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi.

2
    • shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi,

3
    • ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi.

2. tovar va uning xususiyatlari
    • «tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo'ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir».

e.f.borisov
    • «tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne'mat».

v.i.vidyapin
    • tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo'lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.

sh.sh.shodmonov, u.v.g'afurov
tovarga bo'lgan turlicha yondashuvlar mavjud

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə