4-Mavzu: Turli yosh guruhlarda “Bizning inoq mamlakatimiz” “Qo‘shni mamlakatlar”, “Dunyo mamlakatlari” mavzusida o‘yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish



Yüklə 56,07 Kb.
səhifə1/7
tarix07.06.2023
ölçüsü56,07 Kb.
#115910
  1   2   3   4   5   6   7
4-мавзу


4-Mavzu: Turli yosh guruhlarda “Bizning inoq mamlakatimiz” “Qo‘shni mamlakatlar”, “Dunyo mamlakatlari” mavzusida o‘yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.

Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish.


2. Tayyorlov guruhlarda “Qo`shni mamlakatlar” mavzusida o’yinli ta’lim
faoliyatini tashkil etish.
3. Turli yosh guruhlarda “Dunyo mamlakatlari” mavzusida o‘yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.


1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish.
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar: o`yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta’sir, munosabat, didaktik o`yin, harakatli o`yin.
O`yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan hisoblanadi. O`yin doim haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o`zgarishi bilan uning mazmuni ham o`zgaradi. O`yin ma’lum maqsadga ko`ra yo`naltirilgan ongli faoliyat bo`lib, uning mehnat bilan ko`p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O`yin faoliyati asosida bolada o`quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o`yin faoliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak.
Bola hech qachon jim o`ynamaydi, bitta o`zi o`ynasa ham u o`yinchoq bilan gaplashadi, o`zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o`matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas haminahaiiimaning o`rniga o`zi gapiradi. So`z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
O`yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o`yiinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil etish - ulami to`g`ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi, balki o`z hayoti bilan yashaydi».
Bolalarning o`yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o`yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o`yinda bolalar o`rtog`ining o`yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o`ynab, «yonma-yon» o`tirganlaridan xursand bo`ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o`yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o`yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo`ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o`yinga qiziqishi aniq bo`la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o`yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o`yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o`yinlar ma’qulroq bo`ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o`yin bilan uzoqroq o`ynashga o`rgatishdir. Uchinchi bosqichda o`ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do`stona munosabat va o`zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o`ynovchilar soni ko`p bo`lmasa-da, bolalar qiziqib o`ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o`yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o`zaro yordam, o`rtoqlik, do`stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog`chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta’minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o`yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o`yinlar qoidalarining ichki, yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o`ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o`yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo`ladi. Bu o`ynovchiga suyujetni osonlik bilan o`zgartirish, qo`shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o`yinlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi va ularga ulkan ta’sir ko`rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o`yinlardan foydalanish xato bo`lur edi. Bolalarning qoidali o`yinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so`ng esa bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o`zini va o`zi bilan birga o`ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o`yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o`ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo`ladi. O`yinning ijtimoiy ta’siri, u uyg`otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.



Yüklə 56,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə