4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 ва 5мавзу маъруза

 

14-jadval 

“______________” sintetik schyotining analitik hisob schyotlari bo‘yicha 

aylanma vedomosti 

Obyektlar 

nomi 

O‘lchov 

birligi 

Bahosi 

Boshlang‘ich 

qoldiq 

Kirim 

Chiqim 

Oxirgi qoldiq 

miqdori  summa  miqdori  summa  miqdori  summa  miqdori  summa 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 

Schyotlar  rejasi



  - 

buxgalteriya  hisobi  tizimidagi  axborotning  umumiy 

tuzilishini,  uning  xo‘jalik  mexanizmiga  muvofiq  holda  iqtisodiy  tavsifini  aniqlab 

beradi. 



O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - 

sonli  buyrug‘i  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  Milliy 

standarti  (21-BHMS)  «Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  -  xo‘jalik 

faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni 

tasdiqladi  va  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2002  yil  23 

oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 

Ushbu  standart,  byudjet  muassasalari  va  banklardan  tashqari,  mulk 

shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 

1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. 

Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash 

mumkin. 

Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 

schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.  

Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: 

I.

 

Uzoq muddatli aktivlar; 



II.

 

Joriy aktivlar; 



III.

 

Majburiyatlar; 



IV.

 

Joriy kapital; 



V.

 

Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 



VI.

 

Balansdan tashqari schyotlar. 



Birinchi  to‘rt  qism  schyotlarining  majburiyatlariga  asosan  moliyaviy 

hisobotning  I-shakliga  balans  tuziladi.  Beshinchi  qism  «Moliyaviy  natijalarning 

shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar 

to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi. 

Schyotlar  rejasida  barcha  schyotlar  9  bo‘limda  quyidagi  tizimda  keltirilib 

ko‘rsatilgan: 

1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar

2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar; 

3-bo‘lim.  Kelgusi  davr  xarajatlari  va  muddati  uzaytirilgan  xarajatlar  -  joriy 

qismi; 


4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 

5-bo‘lim.  Pul  mablag‘lari,  qisqa  muddatli  investitsiyalar  va  boshqa  joriy 

aktivlar; 

6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 

7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 

8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar

9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 

Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos 

kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos 



keladi. 

Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, 

ikkinchi  qismi  to‘rt  bo‘lim  (2,  3,  4,  va  5)lardan,  uchinchi  qismi  ikki  (6  va  7) 

bo‘limlardan,  to‘rtinchi  qism  bir  (8-bo‘lim)  bo‘limdan  va  beshinchi  qism  bir  (9- 

bo‘lim) bo‘limdan iborat. 

Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 

Schyotlarni  buxgalterlar  tomonidan  eslab  qolishni  osonlashtirish  va 

axborotlarni  avtomatlashtirish  zaruriyati  schyotlarga  nomerlar  berkitishni  taqozo 

etadi.  Schyotlar  rejasidagi  schyotlar  kodlaridan  tashqari  nomiga  ham  ega. 

Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning 

familiyasi,  uning  o‘zini  ramzi  bo‘lganidek,  schyotning  nomi  o‘zini  anglatadi. 

Schyotlar  bilan  ish  olib  borganda  asosan  ularning  tayinlanishi  va  foydalanish 

tamoyillarini  bilish  zarur.  Hisob  subyektlari  tomonidan  qo‘llaniladigan 

schyotlarning  to‘liq  ro‘yxati  schyotlar  rejasidir.  Ayrim  subyektlar  tomonidan 

qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini 

taqozo  etadi:  birinchisi-namunali,  qonunchilik  bilan  belgilangan  schyotlar  rejasi, 

ikkinchisi-buxgalteriya  hisobining  ish  schyotlar  rejasi.  Har  bir  korxona  umumiy 

qonunchilik  bilan  belgilangan  schyotlar  rejasiga  asosan  o‘z  ish  schyotlar  rejasini 

tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik 

faoliyati  turiga  qarab  barcha  qo‘llaniladigan  xo‘jalik  muomalalari  hisobini 

ta’minlashi kerak. 

Hisobning  barcha  subyektlari  namunali  schyotlar  rejasidan  foydalanishga 

majbur.  Schyotlar  rejasida  ko‘rsatilmagan  schyotlarni  qo‘llash  faqat  O‘zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

 


Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə