4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja


 Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4 ва 5мавзу маъруза

4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 

Korxonalarda  ko‘p  miqdorda  xo‘jalik  operatsiyalari  sodir  bo‘lib,  xo‘jalik 

mablag‘lari  doimo  harakatda  bo‘ladi.  Korxonaga  rahbarlik  qilish  uchun  xo‘jalik 

mablag‘larining  harakati  to‘g‘risida  umumlashgan  ma’lumotlarni  olish  talab 

qilinadi.  Bunday  ma’lumotlarni  balans  yordamida  olish  mumkin  emas.  Shuning 

uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 

Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 

shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 

hamda nazorat qilish usulidir. 

Schyotlarning  har  birida  hisobga  olinayotgan  xo‘jalik  mablag‘lari  yoki 

ularning  manbalarining  boshlang‘ich  holati  hisobga  olinadi,  keyingi  bo‘ladigan 

joriy  o‘zgarishlar  o‘z  vaqtida  aks  ettirib  boriladi.  Natijada  schyotlardan  ayrim 

turdagi  aktivlar  yoki  passivlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  istalgan  paytda  olish 

mumkin bo‘ladi. 

Tashqi  ko‘rinishi  bo‘yicha  schyotlar  ikki  ustundan  iborat  bo‘lgan  jadval 

shaklida  bo‘ladi.  Schyotning  nomi  jadvalning  yuqori  qismida  yoziladi.  Ushbu 

jadvalning  chap  qismi  “Debet”  (D-t),  o‘ng  qismi  “Kredit”  (K-T)  deb  ataladi. 

“Debet”  va  “Kredit”  so‘zlari  buxgalteriya  hisobiga  uning  rivojlanish  davri 

boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi 

hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 

“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan 

ma’noni bildiradi.  




Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə