4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja


-chizma. Taqqoslovchi schyotlar xususiyati



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4 ва 5мавзу маъруза

 

9-chizma. Taqqoslovchi schyotlar xususiyati 

 

Har  bir  xo‘jalik  operatsiyasi  mablag‘ning  tuzilishida  yoki  manbaning 



tuzilishida  yoki  bir  vaqtda  ham  mablag‘da  ham  manbada  bir  xil  summaga 

o‘zgarishga  olib  keladi.  Bunday  o‘zgarishlarni  qayd  qilish  uchun  buxgalteriya 

hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. 

 

4.2.  Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish 

xususiyatlari 

Ikkiyoqlama  yozuv  shunday  yozuvki,  uning  natijasida  har  bir  xo‘jalik 

operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va  ayni 

vaqtda  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  schyotning  kreditida  qayd  qilinadi.  Chunki 

xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega 

va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi. 

1494  yilda  italiyalik  matematik  Luka  Pacholi  ikki  yoqlama  yozuv  usulini 

asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktat»ida (lot. tractatus 

–  muhokama)  yozuvlarni  bir  vaqtning  o‘zida  «bermoq»  va  «ega  bo‘lmoq» 

schyotlarda  aks  ettirish  va  «bermoq»  va  «ega  bo‘lmoq»  schyotlarning 

summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.  

Ikkiyoklama  yozuv  vositasida  schyotlar  o‘rtasidagi  paydo  bo‘lgan    o‘zaro 

aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi 

schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. 




Schyotlar  korrespondentsiyasini  aks  ettiruvchi  qisqacha  yozuv  buxgalteriya 

provodka(o‘tkazma)si  deyiladi.  Buxgalteriya  provodkalari  oddiy  va  murakkab 

bo‘ladi.  

Oddiy  buxgalteriya  provodka(o‘tkazma)si    deb,  ma’lum  bir  xo‘jalik 

operatsiyasining  faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks 

ettirilishiga aytiladi. 

Murakkab  buxgalteriya  provodka(o‘tkazma)si  ma’lum  bir  operatsiyaning 

summasi  bir  schyotning  debeti,  boshqa  bir  qancha  schyotlarning  kreditida  yoki 

aksincha,  bir  schyotning  krediti  va  bir  nechta  schyotlarning  debetida  aks 

ettirilishidir. 

Xo‘jalik  operatsiyalarini  schyotlarda  ikkiyoqlama  yozuv  usuli  bilan  aks 

ettirish tartibini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. 

1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul 

olib kelindi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida 

pul  mablag‘i  kamaydi,  kassada  esa  shu  summaga  ko‘paydi.  Bu  schyotlarning 

ikkalasi ham aktiv schyotlardir. 




Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə