4-Sanoat,Raqamli platformada sun’iy intellektning o’rni Otabek Ashrapov mmt-93



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#106067
1   2
4 Sanoat,Raqamli platformada sun’iy intellektning o’rni 1 1

Sun’iy intellekt 4-sanoat

O‘zbekistonda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Qayd etish joizki, «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da axborot texnologiyalari va raqamlashtirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, bir qator muhim dasturlar qabul qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan.


Ma’lumot
Avvallari “sun'iy intellekt” atamasi faqat odamlar bajarishi mumkin bo'lgan, masalan,
mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki shaxmat o'ynash vazifalarni bajarish uchun
qo'llanilgan. Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini chuqur o'rganishga ham
sun'iy intellekt sifatida qaralgan. Lekin mijozlarga xizmat ko'rsatish, turli onlayn
o'yinlar va komp`yuter texnologiyalarini chuqur o'rganish kabilar sun'iy intellekt
texnologiyalarining kichik qismi hisoblanadi. To'g'ri, sun'iy intellekt texnologiyalari
odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga
yordam beradi. Biroq endilikda uning qamrovi kengaymoqda, hozirda sun'iy intellekt
bilan odamlarning xarakterini, o'quvchilarning qobiliyatlarini, xodimning ishga
bo'lgan qarashlarini aniqlab olish mumkin.
Tarixga nazar
Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot
ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-
1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi.
Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan
ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan.
Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik olim o'zining nomi bilan
atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi.
Maqola chop etilganidan so'ng sun'iy intellekt sohasida yangidan-yangi
tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini
o'zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar
haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan.
Sun'iy intellekt sohasida dastlabki ishlar
“Sun'iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu
yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur
masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon
(Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert
Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston
universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski
(Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan.
Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika
sohasidagi olim Jon Makkarti (1927–2011) “Artificial
Intelligence” (“Sun'iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixga
nom qoldirdi.
Qo’shimcha
XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar
ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar.
Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni
mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu
yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab
chiqilayotgan edi.
Shundan so'ng sun'iy intellektga e'tibor kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to
harbiy muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada yangi
texnologiyalar soni oshib, raqobat kuchaydi, sun'iy intellekt vositalari
mukammallashib bordi.
Sun'iy intellektning keng qo'llanilishiga uchta sabab
Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi
uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta
eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon
narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari.
Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi
ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt
mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi
uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta
ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar,
xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta
ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil
algoritmlar yaratildi
Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari
raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U
kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni
kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini
kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar
uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi.
Natijada sun'iy intellekt joriy etilgan
kompaniyalar raqobatga anchayin
chidamli bo'ladi.
Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanish
bosqichida
Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring
qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash
va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy
diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim
traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari
qilishga imkon beradi. Sun'iy intellekt bu
changyutgichlardan kosmik stantsiyalarga
qadar bo'lgan echimlarning butun spektridir.
Ma’lumot sifatida
Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun'iy intellekt
texnologiyalari hali ham rivojlanish bosqichida ekani va to'liq
rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni
chop etdi.
Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va
tashkilotlar sun'iy intellektning sohaviy muammolarni hal
qilishda ko'mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar
sun'iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish
va barcha jarayonlarni prognozlarga asoslangan holda
boshqarishni istaydi.
E’tiboringiz
uchun
rahmat
Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə