43-mavzu: O'simliklarning bakterial va aktinomitsetli kasalliklari



Yüklə 452,7 Kb.
səhifə1/6
tarix22.01.2023
ölçüsü452,7 Kb.
#99037
  1   2   3   4   5   6
43dars word osimliklarning bakterial va aktinomitsetli kasalliklari


43-MAVZU: O'SIMLIKLARNING BAKTERIAL VA AKTINOMITSETLI KASALLIKLARI.

Yer yuzida uchraydigan bakteriyalarning 400 dan ortiq turi


o'simliklami kasallantiradi. Qishloq xo'jaligi ekinlarida keng tarqalgan
bakterial kasalliklarga karam poyasining bakteriozi, bodring bargining
burchakli dog'lanishi, kartoshkaning qorason kasalligi, mevali
daraxtlaming kuyishi kabilar kiradi.
Bakteriyalar bir hujayrali xlorofillsiz organizmlar bo'lib, tayyor organic moddalar hisobiga geterotrof oziqlanadi. Qishloq xo'jaligi ekinlarida kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalar turli shaklda bo'lib, xivchinlari vositasida harakatlanadi. Xivchinlar hujayraning oxirgi ikki uchida joylashadi. Fitopatogen bakteriyalaming o'lchami bo'yiga 0,5-4,5 mkm, eniga 0,3-0,6 mkm ni tashkil qiladi (l5-rasm, 16-rasm).
Bakteriyalar hujayrasining sitoplazmasi ko'p qavatli po'st bilan
o'ralgan bo'ladi. Ayrimlarining hujayra po'sti shilimshiq bilan qoplangan
bo'lib, qulay sharoitda shishadi.
Shilimshiq modda bakteriya hujayralarini noqulay sharoitdan,
qurib qolishdan, quyosh nuridan himoya qiladi va patogenlik xossasini
i fodalaydi (Pseudomonas, Xanthomonas).
Bakteriyalar hujayrasida haqiqiy yadro bo'lmaydi, u sitoplazma
tarkibida mayda donachalar shaklida uchraydi. Bakteriyalar hujayrasi
po'stidagi osmotik bosim kuchi ostida oziqlanadi. Parazitlik bilan hayot kechiruvchi bakteriyalar oqsil, qand moddalami hosil qiluvchi
fermentlarga ega bo'ladi. Bunday fermentlar qatoriga hujayra po'stini
va pektin moddasini parchalovchi protopektinaza, oqsilni parchalovchi
proteaza, kraxmalni parchalovchi amilaza, xlorofil donachalarini
parchalovchi xlorofillaza, 0 'tkazuvchi naychalarni qoraytiruvchi
tirozinaza kabilar kiradi.
Bakteriyalar zararlangan qoplovchi to'qimalar va bargdagi ustitsalar orqali o'simliklar to'qimasiga kiradi. Ayrim bakteriyalar suv yo'llari (karam bakteriozi), po'stloqdagi yostiqchalar orqali (meva raki) kiradi.
O'simliklarning bakteriyalar bilan kasallanishi ekologik sharoitga
va o'simliklarning holatiga bog'liq. Ayniqsa, namlik ortiqcha bo'lgan
sharoitda o'simliklarning kasallanish darajasi yuqori bo'ladi.
Fitopatogen bakteriyalarning rivojlanishi uchun harorat 20-25°C bo'lishi normal hisoblanadi. O' simliklarning bakteriyalar bilan kasallanishi 5-100 haroratda boshlanib, 33-40°C da tugaydi. Ayrim fitopatogen bakteriyalar 40°C da nobud bo'ladi. Barcha bakteriyalar sun'iy oziq muhitida pH-7,0-8,0 bo'lgan kislorodli sharoitda yaxshi rivojlanadi.
Bakteriyalar asosan ikkiga bo' linib ko'payadi. Bunda hujayralar
orasida ko'ndalang to'siq paydo bo'lsa, ayrimlari kurtaklanib ko'payadi.
Bakteriyalar vegetatsiya davrida kasallangan o'simliklardan sog'lom o'simliklarga shamol, suv, hasharotlar va odam vositasida tarqaladi.
Ayrim o'simliklarning urug'i va ko'chati ham infeksiya tarqalish manbayi hisoblanadi. Karam poyasi bakteriozi, bodring bargining burchakli dog'lanishi, pomidorning bakterial raki, kartoshkaning halqali chirish, mevali daraxtlarning kuyish kasalliklari qushlar tumshug'i va tirnog'I vositasida tarqaladi.
Fitopatogen bakteriyalar o'simliklar qoldig'ida uzoq vaqt saqlanadi.
Ulamig patogenlik xossasi saprofit zamburug'lar, bakteriyalar,
aktinomitsetlar tomonidan barbod qilinadi. Mevali daraxtlarda ildiz
rakini qo'zg'atuvchilar tuproqda bir necha yil yashashi mumkin.
Ko'pchilik bakteriyalar ekinlar urug'ining ichkarisida va tashqarisida hayot kechiradi. Infeksiyaning birlamchi manbayi ko'chatlar, tugunaklar, hasharotlar hisoblanadi.
Bakteriyalar sistematikasi masalasida olimlaming fikr-mulohazalari turlicha. Bakteria bo'limi yadrosiz organizmlar bo'lganligidan Procariota deb ataladi. Bakteriyalami klassifikatsiyalashda ulaming morfologik, fiziologik xossalari, o'sishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, shakli, yirik-maydaligi, harakatlanishi, xivchinlari, spora hosil qilishi, Gramm usulda bo'yalishiga, koloniyasining rangi va o'lchamiga, oziq muhitiga munosabatiga alohida e'tibor beriladi. Muayyan belgilarga qarab, bakteriyalar tartib, oila, turkum va turlarga bo'linadi. Hozirgi vaqtda tan olingan klassifikatsiya 1974-yilda chop etilgan Berdji klassifikatsiyasi hisoblanadi. Bu klassifikatsiyaga asosan bakteriyalar bo' limi 19 ta sinfga bo'lingan. Bakteriyalaming o'simliklarda keng tarqalgan asosiy guruhlari to'g'risidagi ma'iumot 2-jadvalda berilgan.
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklaming namoyon bo'lishi
ulardagi mavjud fermentlar turiga bog'liq. O'simliklar parenxima
hujayralari kasallanganda kasallik nekioz, dog'lanish,kuyish, chirish
tarzida namoyon bo'ladi. Dog'lanish barg parenximasini, mevalar
yuzasini kasallantirganda ko'rinadi. Masalan, bodring bargining burchakli dog'lanishi, pomidoming qora bakterial dog'lanishi va gul, yosh barglar, novdalaming kuyishi.Chirish oziq moddalarga boy tugunaklar, mevalar, ildizmevalar kasallanishida namoyon bo'ladi. Bunda bakteriyalar hosil qilgan fermentlar (pektinaza, protopektinaza) ta'sirida parenxima hujayralarini birlashtirib turuvchi pektin moddasining parchalanishidan hujayralar bir-biridan ajralib ketadi va to'qimalar yumshoq bo'lib qoladi.
Chirish kasalligini Erwinia aroideae, E.carotovora kabi turlar keltirib chiqaradi, ular karam, sabzi, kartoshka kabi o'simliklar ildizmevasini saqlash jarayonida ulaming chirishiga sabab bo'ladi.
O'simliklaming o'tkazuvchi to'qimasi bakteriyalar bilan kasallanganda
so'lish kelib chiqadi. So'lishning kelib chiqishga poyadagi to'qima
naylarining bakteriyalar hosil qilgan sporalar ta'sirida to'lib qolishi yoki
ular hosil qilgan zaharli moddalaming salbiy ta'siri sabab bo'ladi. Bunday kasalliklarga kartoshkaning halqali chirishi, pomidoming bakterial rak tufayli so'lishi, karam poyasining bakteriozi misol bo'ladi.
Bakterioz kasalligi tufayli ayrim to'qimalaming cheksiz bo'linishi
natijasida rak kasalligi kelib chiqadi. Rakni mevali daraxtlaming ildizida, tukli poyasida, qandlavlagining ildizmevasida kuzatish mumkin. Ayrim o'simliklar bakterial so'lish va chirish kasalliklari bilan bir vaqtda kasallanadi.
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurashda ulamingbelgilarini to'g'ri
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Belgilami to'g'ri bilish kasallikni
keltirib chiqaruvchi turlarning morfologik, fiziologik xossalarini
aniqlashga irnkon beradi. Bakteriyalar bilan kasallangan o'simliklaming
kasallanish sabablarini to' g' ri aniq lash uchun ularning a' zolari
mikroskopik tahlil qilinadi. Kasallangan a'zolarning hujayralarini
va kasallik qo'zg'atuvchi turlami aniqlash uchun turli rang beruvchi
bo'yoqlardan ham foydalaniladi. Kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalar
ajratib olingandan keyin ulaming sistematikasi, fiziologiyasi va o'sish
xossalari o'rganiladi. Bakteriyalaming muhim belgilaridan biri ulaming
Gramm usulida bO'yalishidir. Ko'pchilik fitopatogen bakteriyalar bu
bo'yoqda yaxshi bo'yaladi.
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda
ulaming saqlanishi va tarqalish manbayini aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Eng muhimi o'simliklar qoldig'ini yo'qotish, almashlab ekishga
amal qilish, sog'lom ko'chatlar ekish va urug'ni ekishdan oldin dorilash
muhim hisoblanadi. Agrotexnika tadbirlaridan ekish muddatlarini, o'g'it
miqdorini, tuproqning haroratini va namligini me'yorida saqlash zarur.
Vegetatsiya davomida o'simliklarda infeksiyaning tarqalishini cheklovchi omillardan biri fungisidlar bilan changlatish, tuproqning fitosanitariya holatini yaxshilash tadbirlarini o'z vaqtida amalga oshirishdir.
Aktinomitsetlar bakteriyalar bilan zamburug'lar orasidagi organizmlardir.
Ular juda nozik, bir hujayrali mitseliy hosil qiladi. Bu organizmlar
saprotroflar qatoriga kiradi va tuproqda organik moddalaming
parchalanishida ishtirok etadi. Ayrimlari qishloq xo'jaligi ekinlarida
aktinomikoz kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Aktinomitsetlaming yadrosi bo'lmaydi. Mitseliysi bakte riyalaming
kokk va tayoqchasiga o'xshash hujayralar hosil qiladi. Vegetativ organlari va mevatanasining tuzilishiga ko'ra klassifikatsiya qilinadi.
Aktinomitsetlar kartoshka tugunaklarida kalmaraz kasalligini keltirib
chiqaradi.



Yüklə 452,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə