43-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab direktorining buyrug`I 10-a sinf o‘quvchisi Abdumajidova Muxlisa Abdujamol qizini maktabning ichki ro‘yxatiga olish to‘g‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
tarix22.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106649


43-SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTAB DIREKTORINING BUYRUG`I
10-A sinf o‘quvchisi Abdumajidova Muxlisa Abdujamol qizini maktabning ichki ro‘yxatiga olish to‘g‘risida

Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirish, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, voyaga yetmaganlarni sog‘lig‘i va havfsizligini ta’minlash, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarni oldini olish, voyaga yetmaganlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida buyuraman:



  1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Toshmurodovaning o‘quvchini maktabning ichki ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.

  2. Maktabning 10-A sinf o‘quvchisi Abdumajidova Muxlisa Abdujamol qizi 2022-yil 21-iyuldan muassasaning ichki ro‘yxatiga olinsin va unga alohida nazorat daftari tutilsin.

  3. Ichki ro‘yxatga olingan Abdumajidova Muhlisa Abdujamol qiziga maktab psixologi A.Xojiyeva tarbiyachi-pedagog etib tayinlansin.

  4. O‘quvchiga briktirilgan tarbiyachi-pedagog sinf rahbari, psixologlarga:

o‘quvchining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta’lim muassasasidagi qiziqishi bo‘yicha, sport va fan to‘garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va jamoat ishlariga jalb etish choralari ko‘rilsin;
o‘quvchining davomati, uning ta’lim muassasasining ta’qiqlangan buyumlar olib kelmasligi alohida nazoratga olinsin;
o‘quvchi va uning ota-onasi bilan (belgilangan muddatlarda) yakka tartibda profilaktik suhbat olib borilsin va suhbat natijalari o‘quvchining nazorat daftariga qayd etib borilsin;
o‘quvchini ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan madaniy, ma’rifiy va ommaviy tadbirlar va jamoatchilik ishlariga keng jalb etish choralari ko‘rilsin.

  1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Toshmurodovaga:

o‘quvchi bilan profilaktik tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasalarida ijtimoiy jihatdan havfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 308-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilishi nazoratga olinsin;
o‘quvchi bilan amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasi yuzasidan doimiy monitoring olib borilsin;
monitoring natijalariga ko‘ra har chorakda rahbariyatga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.

  1. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Toshmurodova zimmasiga yuklatilsin.



Maktab direktori N.R.Salimbayeva
Zangiota tumani “Abdujalilbob” MFY
2022- yil 21-iyul
51-sonli
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə