4soat O‘zbekistonda rayonlashtirilgan qovoq navlari tasnifi



Yüklə 30,25 Kb.
səhifə1/4
tarix09.02.2023
ölçüsü30,25 Kb.
#100552
  1   2   3   4
17-amaliySabPol (1)


17-Amaliy mashg’ulot. Qovoq sabzavot ekinlari navlari bilan tanishish - 4soat
O‘zbekistonda rayonlashtirilgan qovoq navlari tasnifi Topshiriqdan maqsad. Qovoqning rayonlashtirilgan navlarini er ustki qismi va
mevasining morfologik belgilarini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatma. Qovoq A. I. Filov (1982) klassifikatsiyasi bo‘yicha 21 turni o‘z ichiga olgan Cucurbita L. Turkumiga mansub bo‘lib, shulardan 5 tasi madaniy hisoblanadi. Mamlakatimizda ekiladigan navlari asosan quyidagi uchta turga kiradi: qattiq po‘stli (oddiy) qovoq, yirik mevali qovoq va muskat qovoq.
Qattiq po‘stli yoki oddiy qovoq (Cucurbita pepo L.). Mevalarining shakli va rangi jihatidan juda xilma-xil bo‘lib o‘z ichiga 4 ta kenja turni birlashtiradi:

  • Uzun palakli qovoq (ssp. pepo). Uzun palakli qovoq navlari bilan uzun palakli qovoqcha navlarini birlashtiradi. 7 ta tur-xilga: tuxumsimon qovoq, ochiq urug‘li qovoq, sabzavot qovoq, tsilindrsimon qovoq, dumaloq qovoq, yassi mevali qovoq va segmentlangan qovoqlarga bo‘linadi;

  • Tupli qovoq (ssp. brevicaulis). Mevalari etilmagan holda ovqatga ishlatiladigan kalta palakli formalarni birlashtiradi. 5 ta tur-xilga: qovoqcha, patisson, qiyshiqbo‘yin (kruknek), yirik mevali qovoq, Fordchul qovoqlariga bo‘linadi;

  • Manzarali qovoq (ssp. polymorpha). Yovvoyi va madaniy shakllarni duragaylash natijasida kelib chiqqan. Mevalari mayda (50-300 g), juda xilma-xil shaklda, eb bo‘lmaydi, po‘sti yog‘och-langan. Mevalari turlicha notayin shaklda bo‘lgani uchun bu qovoqni tur-xillarini faqat taxminiy qilib ajratish mumkin;

  • Yovvoyi holda o‘suvchi qovoq (ssp. texana). YOvvoyi holda o‘suvchi shakllari teksana, egachi, birodar degan uchta tur-xilini birlashtiradi.


Yüklə 30,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə