5- ma’ruza: IX-XII asrlarda Movarounnahrda fan va madaniyat. So‘fiylik ta’limoti Reja


IX-XII  asrlarda  islom  dini  va  so‘fiylik.  Me’morchilik  va  sa’nat



Yüklə 461,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.04.2022
ölçüsü461,08 Kb.
#84957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-maruza matni Документ Microsoft Word (3)

IX-XII  asrlarda  islom  dini  va  so‘fiylik.  Me’morchilik  va  sa’nat. 

Me’morchilik  va  san’at.  IX-XIII  asr  boshlarida  Movarounnahr  va  Xorazmda 

me’morchilik va san’at yangi rivojlanish bosqichida bo‘ldi. Awalambor, o‘rta asr 

jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu 

sohasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi. 

Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi natijasida uning yangi yo‘nalishda 

ravnaq  topishi  uchun  qulay  sharoit  yuzaga  keldi.  VIII  asrda  yuz  bergan 

tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodlashadi. Asrlar davomida to‘plangan 

va  avloddan-avlodga  an’ana  ravishda  o‘tib,  tobora  boyib  kelgan  me’morchilik 

yuqori darajada rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv 

kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va 

karvonsaroylar  quriladi.  Buxoro  shahridagi  Ismoil  Somoniy,  Nomozgoh,  Minorai 

Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari va ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr 

me’morchiligining  namunalaridandir.  Bu  yodgorliklar  IX-XII  asrlarda 

Movarourmahrda  o‘ziga  xos  me’morchilikning  g‘oyat  rivoj  topganligidan  dalolat 

beradi. Bu davrda monumental me’moriy binolardan tashqari yo‘nilgan tosh, pishiq 

g‘isht  va  suvga  chidamli  qurilish  qorishmalaridan  turli  xil  suv  inshootlari:  suv 

omborlari - bandlar, novlar, ko ‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘i 

shundaki,  bunday  inshootlarning  o‘lchamlari  matematika  nuqtai  nazaridan  g‘oyat 

puxta  ishlangan.  Masalan,  X  asrda  Nurota  tizmalaridagi  Past  tog‘  darasi  to‘silib, 

barpo  etilgan  Xonbandi  nomli  suv  omboriga  1,5  mln  metr  kub  suv  to‘plangan. 

To‘g‘on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. 

Xonbandining  yechimlaridan  ma’lum  bo‘lishicha,  uni  bino  qilishda  X  asr 

uhandislari  ovuzga  to‘planadigan  suvning  vertikal  hamda  gorizontal  ag‘daruvchi 

kuchJarigina  emas,  balki  bu  hududlarda  tez-tez  sodir  bo‘ladigan  zilzilalarning 

silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz 

fizigi  Blez  Paskal  tomonidan  suvning  bosim  kuchi  to‘g‘risida  yaratilgan  qonun 

kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum 

ekanligidan dalolat beradi. 

X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch 

va  qo‘shsinchli  binolarning  tagsinchlaridan  tortib,  ustunlari-yu  sarroflari  va 

to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom 

g‘isht  yoki  guvalalar  bilan  urib  chiqilgan.  Bu  tuzilishdagi  imoratlarni  qurish 

hozirgacha saqlanib keladi. 




Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan 

turar  joy  qoldiqlaridan  ma’lum  bo‘lishicha,  X-XI  asrlarda  ham  paxsa  va  xom 

g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. 

IX-  XII  asr  boshlarida  me’morchilik  bilan  birga  naqqoshlik  va  o‘ymakorlik 

san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini 

bo‘yoqli  yoki  ganchkori  naqshlar  bilan  bezash  keng  tarqaladi.  Bu  davrga  kelib 

naqqoshlik  va  tasviriy  san’at  o‘zgacha  tus  oladi.  Endilikda  jonli  mavjudotlarni 

tasvirlashdan murakkab geometrik va naqshlar ishlashga o‘tiladi. 

Naqqoshlik  san’atining  taraqqiyoti  o‘z  navbatida  kulolchilik,  miskarlik  va 

zargarlikning  ravnaqiga  yordam  beradi.  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent  va  boshqa 

shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. XI-XII 

asrlarda,  ayniqsa  sirli  sopol  buyumlar  ishlab  chiqarish  keng  yo‘lga  qo‘yiladi.  Bu 

davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Turli 

uslubda  husnixat  bilan  bitilgan  xattotlik  namunalari  me’moriy  naqshlarda  ham 

hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. 

Odatda,  imoratlarning  peshtoqi,  eshigi  va  devorining  ayrim  qismlari  turli 

mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shunday qilib, XIII asr boshi me’morchiligi 

va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mehnatkash aholining 

did-nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me’morlari 

- bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi. 

Musiqa  san’ati.  IX-XIII  sr  boshlarida  musiqa  san’ati  ham  g‘oyat  taraqqiy 

qiladi.  Bayramlar,  to‘ylar,  xalq  sayillari  va  boshqa  marosimlar,  shubhasiz  kuy  va 

qo‘shiqsiz  o‘tmas  edi.  Mahmud  Koshg‘ariyning  «Devonu  lug‘otit  turk»  kitobida 

keltirilgan  ma’lumotlarga  qaraganda,  xalq  orasida  ayniqsa  qo‘shiq  janri  keng 

tarqalgan.  Bu  davrda  sozandalar  ud,  tanbur,  q’o‘biz,  rubob,  nay,  surnay,  karnay, 

qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u 

asboblaridan keng foydalanganlar. 

Bu  davrda  xalq  kuylari  asosida  keyinchalik  tojik  va  o‘zbek  xalqlarining 

mumtoz  kuyi  «Shashmaqom»  uchun  poydevor  bo‘lgan  «Rost»,  «Xusravoniy», 

«Boda»,  «Ushshoq»,  «Zerafkanda»,  «Buslik»,  «Sipohon»,  «Navo»,  «Basta», 

«Tamna» kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Bu soz va kuylarning ko‘pi o‘zbek va 

qardosh xalqlaming madaniy  merosi tarzida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. 

Musiqa  san’ati  shubhasiz  she’riyat  hamda  musiqashunoslik  ilmi  bilan  uzviy 

bog‘langan holda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar 

musiqa va musiqashunoslikka katta e’tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar. 

Din  va  tasavvuf.  IX-XIII  asr  ma’naviy  hayotida  islom  dini  muhim  o‘rin 

egallaydi.  Bu  davrda  musulmon  Sharqida  keng  tarqalib,  jahon  dini  darajasigacha 

ko‘tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab 

xalifaligining fotihlik siyosati natijasida o‘zining barcha haq-huquqlaridan ajralib, 

madaniyati oyoq osti qilingan Movarounnahr aholisi o‘z e’tiqodi va xat-savodidan 

mahrum  bo‘lib,  islom  dinini  qabul  qilishga,  shariat  ahkomlarini  bajarishga, 

shuningdek  arab  tili  va  yozuvini  o‘rganishga  majbur  bo‘ldi.  Ko‘p  vaqt  o‘tmay 

e’tiqodli  xalq  o‘ziga  yod  bo‘lgan  arab  imlosida  xat-savod  chiqarishga  kirishdi. 

Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi 

uchun arabiy tilni mukammal o‘rganib, bu o‘zga tilda asarlar yarata oladigan olim 



va mutafakkirlarning yerli xalq orasidan yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr 

islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Imom al-Buxoriy, lso Termiziy va 

Mahmud Zamaxshariy kabi aqoid ulamolarni kamolotga yetkazdi. 

Movarounnahr  va  Xurosonda  xalifalik  hukmronligi  tugatilib,  mustaqil 

Somoniylar,  Qoraxoniylar,  Saljuqiylar,  G‘aznaviylar  va  Xorazmshohlar  davlati 

qaror topgach, islom ta’limoti, shariat ahkomlari va ilmu ma’rifatga yanada e’tibor 

kuchaydi.  Markaziy  shaharlarda  qator  masjid  va  madrasalar  qad  ko‘tardi. 

Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki madrasa Buxoroda X asrda shaharning 

Kovushdo‘zlar timi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. XII 

asrda  esa  Buxoroning  Darvoza  mahallasida  hatto  qonunshunoslar  uchun  maxsus 

«Faqihlar  madrasasi»  qurilgan.  Bunday  oliy  dorilfunun  asosan  islom  dini 

ta’limotining  asosiy  manbalari:  Qur’oni  Karim,  Hadisi  sharif  va  arab  tilini 

mukammal o‘rganishga katta e’tibor bergan.  

Islom  dini  ta’limotining  ravnaqi  va  targ‘ibotining  kengayishida,  ayniqsa 

Buxoro  shahri  markazga  aylandi.  Buxoro  madrasalaridan  juda  ko‘p  yetuk 

fiqhshunos  olimlar,  odil  qozilar,  zohid  imomlar  yetishib  chiqadi.  Shu  boisdan 

Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom»- «Islom dinining gumbazi» nomi bilan 

shuhrat topadi. 

Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan 

mafkuraviy  qurol  sifatida  foydalanadi.  Mafkuraning  barcha  sohalari  islomga  tobe 

qilinib,  zardushtiylik  e’tiqodi  qoldiqlariga  qarshi  shafqatsiz  kurash  olib  boriladi. 

Mehnatkash aholi ustidan jabr-zulm zo‘rayib, har qanday hurfikrlilik ta’qib ostiga 

olinadi. Buning oqibatida zahmatkash xalqning tashvish va azobi ortib, hayoti g‘oyat 

og‘irlashadi,  uning  noroziligi  bo‘rtib,  tug‘yoni  kuch  oladi.  Mana  shunday  g‘oyat 

mushkul sharoitda jabrdiyda xalq o‘z dardu alamiga malhamni tasawufdan axtaradi. 

Tasavvuf  ta’limoti  asosida  inson  faoliyati  va  uning  kamoloti  yotadi.  Unda 

kishining har bir nafasida ong, aql-idrok bo‘lmog‘i, bosgan har bir qadamida diqqat-

ye’tibor  sezmog‘i,  u  Vatan  ishqi  bilan  band  bo‘lmog‘i,  xalq  bilan  aloqada  birga 

hayot kechirmog‘i kerak deb uqtiriladi. 

Tasavvufning tariqat yo‘llari g‘oyat keng bo‘lib, turli davrlarda Turkiston va 

Movarounnahming turli o‘lkalarida uning turli xildagi yo‘nalishlari paydo bo‘ladi. 

Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubraviya, XIV asrda 

Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. XII asrda Movarounnahrda 

keng yoyilgan tasawuf Yassaviya tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. 

Tasawufning  asoslari  Yassaviyning  mashhur  «Hikmat»  asarida  bayon  etiladi. 

Ahmad  Yassaviyning  fikricha,  shariatsiz  tariqat,  tariqatsiz  ma’rifat,  ma’rifatsiz 

haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. 

Bu  kamolot  yo‘li  sari  to‘rt  bosqich  bo‘lib,  inson  hayoti  va  faoliyatining  asl 

mohiyatini tashkil etadi. 

Yassaviy  sulukida  mashaqqatli  mehnat  va  aziyat  shariat  yo‘lida  bo‘lmog‘i 

hamda  tarkidunyochilik  targ‘ib  etilsa-da,  ammo  inson  zoti  sharif  darajasida 

ulug‘lanadi, uning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi. 

Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmuddin Kubro (1145-

1221) edi. U Xorazmda sufiylik maktabini ochib, «Kubraviya» sulukiga asos soladi. 




Yassaviy  ta’limotidan  farqli  o‘laroq,  Kubraviya  ta’limoti  tarkidunyochilikni 

rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo 

noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubraviya 

ta’limotida  xalqqa  va  Vatanga  bo‘lgan  muhabbat  nihoyatda  kuchli  bo‘lib,  har 

qanday og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni  mudofaa qilish va 

uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Bunday g‘oya yo‘lida Najmuddin 

Kubro  1221-yilda  jasorat  ko‘rsatib,  Chingizxon  boshliq  mo‘ng‘ul  bosqinchilari 

bilan jangda shahid bo‘ladi. 

Tasawuf  XIV  asrda  Naqshbandiya  ta’limotida  yanada  rivoj  topadi.  Unga 

Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida qasri Hinduvon 

qishlog‘ida  matolarga  naqsh  bosuvchi  hunarmand  oilasida  dunyoga  keladi. 

Yoshligida o‘qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta 

o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan, so‘ngra o‘z kasbida mahoratga erishib, 

dovruq qozongan. Ayni zamonda o‘z davrining atoqli shayxlari Xoja Muhammad 

Boboyi Samosiy, Amir Sayyid Kulol va boshqalardan odob-tariqatdan ta’lim oladi. 

Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil ul-oshiqin» nomli asarlar yozib, o‘z 

tariqatini yaratadi. Tarixda bu suluk «Naqshbandiya» nomi bilan shuhrat topadi. U 

tarkidunyochilikni  rad  etib,  mehnatsevarlik,  odillik  va  bilimdonlikni  targ‘ib  etadi. 

Naqshbandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon 

Jomiy, Xo‘ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar. 

Shunday  qilib,  tasawuf  Movarounnahr  aholisining  ma’naviy  hayoti  bilan 

chambarchas  bog‘langan  ta’limot  bo‘lib,  o‘rta  asrning  xalqparvar  adib  va 

mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma’rifat tarqatishga 

intilganlar.  

 


Yüklə 461,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə