Ahmad
Yassaviy
Ahmad Yassaviy 1041 -yili Saryom (Sayram) qishlog'ida Shayx Ibro
him xonadonida tug'iladi. Etti yoshida otasidan, so'ng onasidan etim qoladi.
U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi
Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan
suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o'z tariqatiga
asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, o'z tariqati asoslarini targ'ib etishda
she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o'zi asoslagan g'oyalami
she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi.
Yassaviy hikm atlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to'g'ridan-to'g'ri
«Qur’on» g'oyalari va payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom hadislari
negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Muhammad alayhis-
salom ta’limotida ulug'langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - m u ru w at,
saxovat, qanoat,a rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar
kishilami faqat Ollohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-
nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining
a’mollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga
da’vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini h ar
qanday illat,
qabohatdan ozod etish kerak
, ana shundagina inson axloqida
ko'zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar
komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e’tirof
etiladi. Zero, ta s a w u f - nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs -
oehko'zlik, o'g'rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun
qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish,
shukronalik, halol luqm a eyish orqali inson Haq bilan «ko'risha» oladi,
nafsga mute bo'lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga
uchraydi.
Xususan:
Dostları ilə paylaş: |