5- mavzu. Kvant biofizikasi elementlari



Yüklə 62 Kb.
səhifə1/7
tarix01.06.2023
ölçüsü62 Kb.
#114983
  1   2   3   4   5   6   7

5- mavzu. KVANT BIOFIZIKASI ELEMENTLARI
REJA:

  1. Fotofizika va fotokimyo asoslari.

  2. Molekulaning qo’zg’algan holatlari va energiyaning migrasiyalanishi.

  3. Nurlanishsiz amalga oshuvchi o’tishlar.

  4. Elektrol qo’zg’alish energiyasining migrasiyalanishi.

  5. Qo’zg’algan holatning xossalari va asosiy fotokimeviy jarayenlar.

Tayanch iboralar:
Ultrabinafsha, qisqa to’lqinli (rentgen va - Nurlanish), umumiy-, elektrol -, tebranma- va aylanma harakat energiyalari, Infraqizin Nurlanish, foton, kvant, fotosintez, fotoressensiya, fotomorfogenez, fotodinamik effekt, Buger-Nambert-Ber qonuni, monyar ekstinksiya koefsenti, yutish spektri, singnet, tripnet, fluoressensiya, fosforossensiya, ichki konversiya, energiya migrasiyasi, almashma-rezonans yo’li, induktiv-rezonans yo’li, eksiton yo’li, kvazi zarrachalar, fotoqaytarinish, fotooksidlanish, birlamchi qayta guruhlanish va izomerlanish, fotokimyoviy parchalanish, fitoxrom.
1. Fotofizika va fotokimyo asoslari.
Ultrabinafsha va ko’rinuvchi nur-sohalarining biologik obyekt­larga ta’sir etish qonuniyatlarini tekshirish ham biofizika muammolari doirasiga kiradi. Kisqa to’lqinli (rentgen va -Nurlanish) nurlarning biologik obyektlarga ta’sirini tekshirish bilan radiobino­giya shug`ullanadi.
Molekulaning (atomning) umumiy energiyasi (Yeum) elektrol energiyasi (Yeen) tebranma (Yet) va aylanma (Yea) harakat energiyalaridan tashkil topadi: Yeum = Yeen + Yet + Yea bo’lib, Yeen >> Yet >> Yea dir. Fotokimyoda ham fotobiologiyadek, elektromagnit spektrining tor 200-700 nm sohasi bilan ish ko’riladi. Xalqaro yoritish komissiyasi to’lqin uzunligi sohalarini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi. Ultrabinafsha (UB) Nurlanish: UB-S - 100280 nm, UB-V - 280315 nm, UB-A - 315400 nm, ko’rinuvchi spektr -400-780 nm. qisqa to’lqinli Nurlanish energiyasi, kimyoviy bog’lar energiyasidan katta bo’lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy bog’larni uzadi. Aynan mana shu soha bilan radiobiologiya shug’ullanadi. Uzun to’lqinli Nurlanish mod­da tomonidan yutilganda elektrol ning aynalma va tebranma energiya­lari oshadi. Shu sababdan, infraqizil (IK) Nurlanish reaksiyalar tezligini oshiradi, molekulalarda kimyoviy o’zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas.
Energiyasi 4-6 EV (200- 300 nm) fotonlar, oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutilib, molekulalarni qo’zg’algan honatga, ya’­ni molekulaning yuqoriroq energiya sathiga (qo’zg’algan holatga) o’ti­shiga olib keladi. Qo’zg’algan molekula kimyoviy reaksiyaga osonlikcha kirishadi. Aynan mana shunday fotokimeviy reaksiyalar, oxirgi nati­jada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa Biopolimerlarda fotobiologik effektlarga sabab bo’ladi. Ko’rinuvchi nur esa, fotosintez, fotoresensiya, fotomorfogenez hamda fotodinamik effektlar uchun ak­tiv hisoblanadi.

Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə