5- sinflar uchun mehnat fanidan test savollari
1.Sanoatda metall buyumlar qanday usulda ishlab chiqariladi?
A)prokatlash va quyma usulda; B)Suyuq va qotishma usulda; C)prokatlash va profil usulda; D) A va B javoblar to’g’ri.
2.Shtangensirkul bilan necha mm aniqlikda o’lchash mumkin?
A)0.3 mm; B)0.02 mm; C) 00.1 mm; D)0.1 mm.
3)Simlar qanday metallardan tayyorlanadi?
A)Po’lat,mis,cho’yan; B)Po’lat,mis,alyuminiy; C) Po’lat, cho’yan, alyuminiy; D) Cho’yan,mis
4.Qanday materiallar o’zidan elektr tokini yaxshi o’tkazadi?
A)Plastmassa; B) Quruq yo’g’och; C)Ko’mir; D)Pangli metallar.
5.Rejalash asbobini toping?
A)Metchik; B) Drel; C) Go’niya chizg’ich; D)Mayzel.
6.Metallar boshqa jismlardan nimasi bilan ajralib turadi?
A)Rangi bilan; B)Yaltiroqligi bilan; C)Ko’rinishi bilan; D)To’g’ri javob yo’q.
7.Metallarning texnologik xossalariga nimalar kiradi?.
A)Bolg’alanuvchanlik,kirishuvchanlik,suyuq holatda oquvchanlik,payvandlanuvchanlik;B)zichligi,suyuqlanuvchanligi,issiqdan kengayuvchanligi,issiqlik o’tkazuvchanligi; C)Elektr o’tkazuvchanligi,mustahkamlik,cho’ziluvchanlik; D)Siqiluvchanlik,egiluvchanlik,buraluvchanlik,qovushqoqlik;
8.Metallar qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
A)Fizik,mexanik,texnologik; B)Mexanik va texnologik; C)Kimyoviy va biologic;
D)To’g’ri javob Ava C .
9.Sanoatda metallar qanday holatda ishlatiladi?
A)Sof holatda; B)Suyuq holatda; C)Qotishma holatda; D)Quyma holatda.
10.Rangli metallar ko’rsatilgan javobni belgilang.
A)Po’lat,cho’yan,mis; B)Mis,oltin,qalay; C)Temir,ruda,qalay; D)Kulrang cho’yan,aiyuminiy,rux.
11.Chilangarlik tiskisida qanday ishlar bajariladi?
A)Detallarni yigi’shda,ishlov berishda mahkam qisish uchun ishlatiladi; B)Metall buyum tayyorlashda ishlatiladi; C)Yasaladigan detallni chizmasini tayyorlashda ishlatiladi; D)Yupqa listli metallarni rejalashda ishlatiladi.
12.Metallarni rejalashda ishlatiladigan Kerner asbobi nima vazifani bajaradi?
A) Metallarga reja chizig’i chiziladi; B)Rejalanadigan yuzalarda teshiklarning markaz nuqtalari hosil qilinadi; C)yupqa listli tunukalarni teshishda; D)Metallarni kechish uchun.
13.Metallarni qirqishda qanday asboblardan foydalaniladi?
A)Zubilo,kreysmeysil; B)Otvyortka,freza; C)Zubilo,ombur; D)Dastakli chilangar arrasi,kerner.
14.Zubilo tig’ining kengligi necha mm bo’ladi?
A)3 mm dan 10 mm; B)4 mm dan 12 mm; C)5 mm dan 25 mm; D)2mm dan 8 mm.
15.Metall tashgi kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirsa-yu sinmasa,uni qanday metall deyiladi?
A)Plastik; B)Elastik; C)Mo’rt; D)Qayishqoq.
Dostları ilə paylaş: |