5-amaliy mashg’ulot bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik-psixologik tayyorgarligini tarkib toptirish modellari reja



Yüklə 16,55 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü16,55 Kb.
#86491
5-amaliy mashg'ulot


5-amaliy mashg’ulot

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELLARI



Reja:

  1. Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasi.

  2. Pedagog shaxsini tarkib toptirish modellari: kommunikativ model; faol izlanish modeli; bo‘lg‘isi pedagog shaxsini rivojlantirishning refleksiv modeli; imitatsion model; amaliy faoliyat modeli; kasbiy-fikriy o‘z-o‘zini rivojlantirish modeli.


SUQROT METODI

Suqrot metodi muammoning asl mohiyatini ochish, murakkab fikrlarni tushunib olish, shubhalarni qat’iy ishonchga aylan-tirish, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, biladiganlarimizni bilmaydiganlarimizdan ajratib olish , muhokamani boshqarish yoki bildirilayotgan fikrlarning mantiqiy ketma-ketligini ta’minlash kabi keng qamrovli, turli yo‘nalishdagi maqsadlar yo‘lida ishlati-lishi mumkin. Ushbu metoddan foydalanishning afzalliklari, so‘roq usulining tarmoqlanganligi, fikrlashning asosiy jihat-larini to‘liq qamrab olganligi hamda muammolarni hal qilish asos-larini o‘zida mujassamlashtirganidadir.

O‘qituvchining Suqrot metodidan foydalanishdagi asosiy maq-sadi tinglovchining ma’lum ilm sohasidagi bilimini qanchali darajada chuqur ekanligini aniqlash, uning mushohada yuritishini tekshirish, muammoli holatlarni bartaraf etishda amaliy usullar-dan qanchalik foydalanayotganligini ko‘z atish hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar Suqrot metodidan asosan ikki maqsadda foydalanishadi:

– savol berish orqali tinglovchining ma’lum sohani yoki ma’lu-mOtin i qay darajada tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;

– tinglovchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so‘roq-lash orqali muammoning asl mohiyatini ochishga o‘rgatish.

Suqrot metodi ta’limda savol berishning qanchalik darajada muhim va kerakli ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu metod orqali o‘rganish usuli izchil tarmoqlangan hamda tartibga solinmagan bilimlar o‘rtasidagi farq oydinlashtiriladi. U bizga fikrlari-mizni yanada chuqurroq mushohada qilishni o‘rgatadi.

Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar tomonidan Suqrot metodining quyidagi olti ko‘rinishidan foydalanish mumkin:

1. Tinglovchilarni o‘z fikrlarini aniqlashtirishga undash. Masalan, «Bu bilan nima demoqchisiz?», «Shu masalada qo‘shimcha tarzda yana nimalar deya olasiz», kabi savollar orqali bildirilayotgan fikrni to‘ldirish, boyitishga undash mumkin.

2. Tinglovchilarni taxmin qilishga o‘rgatish. Bunda «Bu fikr har doim to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?», «Nega bu taxmin shu fikrga nisbatan o‘rinli deb o‘ylaysiz?» kabi savollar orqali gap ketayotgan



munozaradan tashqariga chiqib, tinglovchining muammoga yana boshqa taxminiy echimlarni qidirishga harakat qilishiga undashi mumkin.

  1. Bahsning asosini isbot tashkil etishini o‘rgatish. «Nimaga asoslanib shunday deyapsiz?», «Bu fikrga shubha bilan qarashingizga asos bormi?» kabi savollar tinglovchilarni o‘z bildirayotgan fikr-larini isbot bilan mustahkamlashga undaydi.

  2. Qarshi fikr mushohadasini hisobga olish. «Bu aksincha bo‘li-

shi ham mumkinmi?», «Kimda bu holatga qarama-qarshi bo‘lgan fikr bor?» kabi savollar orqali gap ketayotgan mavzu mazmuniga qarama-qarshi fikrlarni o‘rganish, yuzaga keltirish mumkin.

  1. Fikrlashda o‘z viylikni ta’minlash. «Agar... sodir bo‘lganda, ...qanday natija bilan tugagan bo‘lardi?», «… qanday qilib…ga ta’sir ko‘rsatishi mumkin?» kabi bir tushunchaning boshqa bir tushunchaga ta’sir etishi, uning mazmun-mohiyatini to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatuvchi savollar fikrlashdagi o‘z viy-likni ta’minlaydi.

  2. Savolni so‘roqlashga o‘rgatish. «Nega bu savolni berdim deb o‘ylaysiz?», «nega men bergan bu savol shunchalik muhim?», «Savol-lardan qaysi biri ko‘proq foydali deb hisoblaysiz?» kabi berila-yotgan savollarni mushohada qilishga undovchi savollar nafaqat savolning o‘zini yaxshiroq tushunib olishga, balki uning berilishi sabablarini ham tahlil qilishga o‘rgatadi.

Suqrot metodidan foydalanish izchil fikrlashning asosi hisoblanadi, chunki u bahslashilayotgan fikrni mushohada etishning barcha jihatlarini qamrab oladi. Suqrot metodining asosiy maq-sadi haqiqatni topish uni yuzaga chiqarish bo‘lganligi sababli bu usulda o‘rganish sinchkov fikrlash usuli bilan bir xil. Har ikkala-si ham mavjud ma’lumotlarni ko‘z atish, rivojlantirish, qayta ishlash hamda qayta yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi. Ta’limda fikrlashga o‘rgatishning asosiy maqsadlari ham huddi shunday.
Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə