5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Payvandlash robotlarining infraqizil nurli sensorlarini o‘rganish Ishni bajarishdan maqsad



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.03.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#102422
  1   2
PayRob 5-Amaliy 2021 dek



5-Amaliy mashg’ulot
 
Mavzu: Payvandlash robotlarining infraqizil nurli sensorlarini o‘rganish
Ishni bajarishdan maqsad:
Infraqizil nurli sensorlar haqida talabalarda umumiy bilimlarni shakllantirish, 
optika hodisalaridan payvandlab ishlab chiqarishda yuqori sezuvchanligi 
natijasida ish samaradorligiga erishishning nazariy va amaliy bilim 
ko’nikmalarini shakllantirish. 
Nazariy qism:
Infraqizil nurlanish — to‘lqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 - 2 mm gacha bo‘lgan 
ko‘zga ko‘rinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan 
(1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (to‘lqin uz. X=0,74—
2,5 mkm), o‘rta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga 
bo‘linadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va 
sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish spektri 
sohasi (0,4— 0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga o‘tishda 
keskin o‘zgaradi. Ko‘pgina moddalar ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish spektri 
sohasida shaffof bo‘lsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida 
shaffof bo‘lmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi 
tiniq suv qatlami todqin uz. X >1 mkm bodgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof 
bodmaydi; ko‘zga ko‘rinadigan nurlar spektri sohasida shaffof bodmagan 
germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof 
bo‘ladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qog‘oz 
Infraqizil nurlanish spektrining uzok, sohasida shaffof bo‘ladi. Ko‘zga 
ko‘rinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof bodmagan, lekin Infraqizil 
nurlanish spektri sohasida shaffof bo‘lgan moddalar Infraqizil nurlanish ni 
ajratishda yorug‘lik filtrlari sifatida ishla-tiladi. 
Ko‘pgina metallar ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil 
nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, ya’ni ularning qaytarish xususiyati 
birmuncha yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar to‘lqin uz. A.= 10 mkm 
bo‘lgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer 
atmosferasidan o‘tayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi 
kamayadi. 
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish 
spektri kabi chiziqli, yo‘l-yo‘l va uzluksiz bo‘ladi. G‘alayonlangan atomlar (yoki 
ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishidagina Infraqizil nurlanish spektri 
chizikli bo‘ladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish 
chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. 
G‘alayonlangan molekulalar yo‘l-yo‘l infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr 
molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bog‘liq (qarang Moleku-lyar 
spektrlar). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish 
spektri uzluksiz bo‘ladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga 
bog‘liq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish 
intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish 


manbai bo‘la olmaydi. Eng ko‘p ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram 
tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi. 
Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va ko‘pgina 
amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang Infraqizil fotografiya, 
Infraqizil qizdirish). Infraqizil nurlanish bilan qorongdda ob’yektlarni suratga 
olish, o‘chib ketgan xatni tiklash (o‘qish), signallarni uzatish va q. k. ishlar 
bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto- 
elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil 
nurlanish cho‘g‘lanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha 
qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; ba’zi lazerlar o‘zidan 
Infraqizil nurlanish chiqaradi. 
Infraqizil qizdirish - materiallarni elektromagnit nurlar (to‘lqin uz. 1,3 — 4 mk/m 
li infraqizil nurlar) yordamida qizdirish. Materiallarning bu nurlardan ma’lum 
qismini yutish xossasiga asoslangan. Infraqizil qizdirishda energiya manbai sifatida 
infraqizil nur ajratadigan trubali elektr qizdirgichlar, ko‘zguli quritish lampalari, 
volfram spiralli elektr qizdirgichlar ishlatiladi. Manbalarning qizish darajasiga 
qarab, ular past (700° gacha), o‘rta (700—1500°) va yuqori (1500° dan ortiq) trali 
xillarga bodinadi. I. q. qurilmalari kamera, tunnel yoki qalpoq tarzida tayyorlanadi
ularning shakli va ulchamlari qizdiriladigan buyumga moslab tanlanadi. I. q. lok-
bo‘yoq materiallarni, sabzavot, mevalarni quritishda, kauchukni vulkanizatsiya 
qilishda, termoplastik materiallarga shakl berish oldidan ularni qizdirish va b. 
maqsadlarda qodlanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə