5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Texnologizatsiyalash-bu obektiv jarayon bo’lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Texnologizatsiyalash-bu obektiv jarayon bo’lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri

Tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi.

Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ularning ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug’at (M., 1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:

1)ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shakliriing o’zgarish metodlari yig’indisi;



2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir o’tkazish usullari to’g’risidagi fan.
«Qomusiy lug’at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.»(M., 1979)

Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos- san’at, mahorat, logos-ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.



Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkill etish bo’yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi.

Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi.Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, ularning tasnifi,


mohiyatini ochib berish va o’quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə