5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

4.1. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari


Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hoziigi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda.

Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.

V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q.

Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.

N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.

Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.

Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.

Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.

Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy evropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.

Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan bo’lib, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.

T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o’qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o’qitish yoki o’qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.

L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o’qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.

1. Pedagogik texnologiyada hali ko’p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish, o’qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bUan bog’liq.
Pedagogik texnologiya o’ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun, pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.

Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta’rfflarga to’xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə