5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə7/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.

Oliy ta’limni isloh qilish, bu masalalarga ilmiy asoslangan nuqtai nazardan yondashishga majbur etadi. Har qanday loyihalash, o’qitishning ilmiy asoslangan vositalari bo’lgani holda, uning texnologikligi hisoblanmaydi.



Loyihalash metodologik funktsiya bajaradi. U talabaning psixik rivojlanish qonuniyatlari, o’quv jarayonining rivojlanish xususiyatlari va pedagogik boshqaruv usullarining tadqiqot vositasi sifatida maydonga chiqadi.

Oliy o’quv yurtida ta’limni takomillashtirish maqsadida pedagogik muloqotning yangi shakllari, axborotlarning tarkibiy qismlarini qayta ishlab chiqish, o’quv faoliyatini boshqarishning yangi shakllari talab qilinadi.

Texnologik taraqqiyot, bugungi kunda ijtimoiy jarayonlarni kuzatib borishga qodir eng muhim komponentlardan biridir. Pedagogik ta’lim texnologiyasini yaxshilash jamiyat madaniy saviyasini va uning iqtisodiy qudratini shakllantirish shartidir.

O’qitish texnologiyasi ta’limning faoliyatini ta’minlaydi, bilimlarni mehnat jarayonigatatbiq etishni ta’minlaydi, pedagogning ongliligini qolipga tushiradi, uning jadal harakat qilishiga va hayot yo’liga ta’sir ko’rsatadi.

Kasbiy o’qitish texnologiyasi shaxsni intizom, iroda va ixtisoslikka bo’lgan qiziqishni yuzaga keltiradi. Mutaxassisga bo’lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga tezlikda moslangan psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni amalga oshirishga yo’naltiradi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə