5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə81/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Blokli o’qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o’quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va egallagan bilimlaridan o’quv vazifalarini echishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi.

Quyidagi izchil bloklar farqlanadi:

axborot bloki;

test-axborot (o’zlashtirishni tekshirish);

korreksion-axborot (noto’g’ri javob qaytarilganda qo’shimcha o’qitish);

muammoli blok: olingan bilimlar asosida vazifalami echish;

tekshirish va korreksiya bloki.

Modulli o’qitish. U modullar bo’yicha tuzilgan o’quv programmalari asosida o’qitishni tashkil etishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to’la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o’zida barcha ehtimol ko’rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so’z bilan berilishi mumkin.

O’qitish moduli o’quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo’lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi:









  1. aniq ifodaga ega bo’lgan o’quv maqsadi (maqsadli programma);

axborotlar banki: o’qitish programmasi shaklidagi ayni o’quv materiali;

maqsadlarga erishish bo’yicha metodik qo’llanma;

zaruriy malakalarni shakllantirish bo’yicha amaliy mashgulotlar;

qo’yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.



Bilimlarni to’la o’zlashtirish texnologiyasi.

O’quv materiallari bir necha bo’laklaiga bo’linadi: o’zlashtirilishi tegishli bo’lgan o’quv unsurlari, undan so’ng bo’limlar bo’yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so’ng o’qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o’zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o’qitish.


Xotima. Hozirgi davr o’quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir.

Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalariningilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni eksperiment qilish bilan bog’liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi.

Pedagogik texnologiyaga yaxlit hodisa sifatida qaraladi. Texnologiyaning interfaol sifatlari, tarkibiy qismlari, tuzilmasi,funktsional tavsifi, kommunikativ xususiyatlari, tarixiyligi va uzviyligi tadqiq qilinmoqda.

«Texnologiya»,pedagogik texnologiya» tushunchalari hamon tadqiqotlar bo’lishini taqozo etadi.

Pedagogik texnologiyalar tasniflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilishi, bu texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish yo’llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar va vazifalar

1. Pedagogik texnologiyaga ta’rif bering.

2. Pedagogik texnologiyalarning tasniflarini asoslab bering.

3. Muammoli o’qitishning mohiyati nimada

4. Muammoli o’qitish metodikasining o’ziga xosligini yoritib bering.

5. Siz o’yinli texnologiyalarning qaysi turlarini bilasiz

6. Pedagogik o’yinlar tasnifini aytib bering.

7. Mualliflik texnologiyalari namunalarini aytib bering va ularning mohiyatini so’zlab bering.



Pedagogik jarayon tizim sifatida. Pedagogik texnologiya tizimli yondashuv sifatida.Ta’lim texnologiyalarining tarkibiy qismi. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari. Pedagogik texnologiyalar tasnifi. qo llanilish darajasiga ko ga, falsafiy asoslariga ko‘ra; asosiy omillari bo‘yicha; ilmiy kontseptsiyalar bo‘yicha; bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko‘ra va b.
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə