5 Mavzu. Apoptoz Reja



Yüklə 382,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü382,51 Kb.
#155481
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu



5
- Mavzu.Apoptoz
Reja:
1.Apoptoz haqida umumiy tushunchasi.
2.Apoptoz farq qiluvchi belgilar.
3.Fizologik va patologik jarayonda apoptozning ishtiroki.
Apoptoz
-yunoncha “arortosis”- bargning uzilib tushishi yoki to„kilishi,
ya‟ni o„z-o„zini halok
qilish degan ma‟noni anglatadi. Hujayraning dasturlashtirilgan o„limi
to„g„risidagi tadqiqotlar 1960 yil oxirida boshlanib, apoptoz terimini 1-marta
1972 yildan boshlanib, inliz olimlaridan Dj.Kerra, E.Uayli va A.Kerrilarning
ilmiy maqolalarida qo„llanila boshlandi. 2002 yilda 1-marta S.Brennerrer,
Dj.Salston va R.Xorvitslar apoptozning molekulyar mexanizmini o„rganib Nobel
muko-fotiga sazovor bo„lishdi. Hozirgi kunga kelib, apoptoz -hujayraning
dasturlashtirilgan o„limi mexanizmini tibbiyotda bir qator -onkologik,
avtoimmun va neyrodegenerativ kasalliklarni davolashda qo„llash etakchi
olimlarning asosiy qiziqishlaridan biridir.
Apoptozning biologik ahamiyati
Tirik organizm to„qimalarida hujayralarning nobud bo„lishi tamoyil
jihatidan o„zaro
farqlanuvchi, 2 xil tartib asosida amalga oshishi mumkinligi qayd qilingan –
apoptoz
va 
nekroz

Nekroz

bu hujayralarning zo„riqish ta‟siri oqibatida,
noqulay hayot sharoitlari va
jarohatlanishlar ta‟sirida nobud bo„lishi hisoblanadi.
Apoptoz 

bu hujayralarning o„z – o„zini dasturlashtirilgan tarzda nobud
qilishi hisoblanib,
embriogenez jarayonida bu jarayon shakllar xosil bo„lishida talab qilinuvchi
elementlardan biri sifatida o„rin tutadi va voyaga etgan organizmlar to„qimalarida
hujayra gomeostazi (doimiyligi) ta‟minlanishida muhim ahamiyatga ega
jarayonligi ta‟kidlangan.
Hujayrada amalga oshuvchi boshqa turdagi boshqarilish mexanizmlarida
kuzatilgani kabi apoptoz jarayoni amalga oshishida xam hujayra ichki qismida
signal uzatilishida hujayraning morfologik o„zgarishlari va muhim biologik
natijalarga olib keluvchi maxsus retseptor tizimlari ishtirok etishi aniqlangan. Bu
jarayonda hujayralar nobud bo„lishi salbiy ahamiyatga ega emas, bunda
organizmning ijobiy yo„nalishda yutib chiqishi qayd qilinadi.
Apoptoz jarayoni universal va evolyusion jihatdan konservativ jarayon
hisoblanadi. Bu jarayon deyarli barcha to„qima hujayralarida aniqlangan bo„lib,
volvoksdan tortib odam organizmi hujayralarigacha kuzatiladi. Ontogenez
jarayoni davomida voyaga etgan organizmning murakkab darajada takomillashgan
tuzishiga ega bo„lishi, bevosita mitoz va apoptoz jarayonlari o„rtasidagi
mutanosiblik muvozanatining boshqarilish jarayonlari bilan bog„liq hisoblanib, bu
jarayonlar 
hujayralarning 
dasturiy 
differensiallanishini 
(ixtisoslashuvini)
ta‟minlaydi.
Voyaga etgan organizmda apoptoz jarayoni vositasida jarohatlangan va o„z


funksiyasini bajarib bo„lgan, qari hujayralar yo„qotiladi. Apoptoz jarayonining 

Yüklə 382,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə