5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobotning asosiy elementlari, muhimlik


Auditorlik riskini aniqlash tartibi



Yüklə 34,2 Kb.
səhifə3/9
tarix22.06.2022
ölçüsü34,2 Kb.
#89902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Raxmatov Sherzod mustaqil ish Audit

3.Auditorlik riskini aniqlash tartibi.
Auditorlik riski — auditorlik tekshiruvi yakunlari bo'yicha auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo'lishi mumkinligini e'tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo'lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo'lishi mumkinligini e'tirof etish ehtimolligidir.
Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:
Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:
1. Ajralmas risk;
2. Nazorat riski;
3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski.
Ajralmas risk
Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi.
Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi. Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o'z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak. Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
1. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib
ko'rsatish ehtimolining darajasi katta bo'ladi.
2. Naqd pullar o'g'irlanishga moyil bo'ladi.
3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma'lumotlardan iborat bo'lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo'lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.

Yüklə 34,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə