5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobotning asosiy elementlari, muhimlik


Muhimlik darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkichlar tizimi



Yüklə 34,2 Kb.
səhifə7/9
tarix22.06.2022
ölçüsü34,2 Kb.
#89902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Raxmatov Sherzod mustaqil ish Audit

6.Muhimlik darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkichlar tizimi
Ko’rsatkichlarning bir qismi ushbu jadvalga kiritilmasligi mumkin. Masalan, mijoz-korxona joriy yil yakuni bo’yicha foyda olmagan yoki kam foyda olgan bo’lib, bu ko’rsatkich – korxonaning balans foydasi auditor fikriga ko’ra mazkur korxonada audit o’tkazish uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Korxona agar foyda olmaydigan, notijorat korxona yoki tovar, ish va xizmatlar realizatsiyasidan olingan tushumdan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilot bo’lsa, unda sotish jarayoni bo’lmasligi mumkin.
Auditor jadvalning 4 grafasida chiqarilgan miqdor ko’r-satkichlarini tahlil qilib chiqishi kerak. U boshqalaridan katta va (yoki) kichik tomonga keskin farq qiladigan miqdorlarni chiqarib tashlashi mumkin. Qolgan ko’rsatkichlarga asosan o’rtacha miqdor hisoblab chiqarilib, uni keyinchalik ishlashga qulay bo’lishi uchun yaxlitlash lozim. Ammo yaxlitlanganidan so’ng uning miqdori o’rtacha miqdordan u yoki bu tomonga o’zgarishi 20% dan oshmasligi kerak. Ushbu ko’rsatkich muhimlik darajasini tavsiflaydigan yagona ko’rsatkich bo’lib, auditor ulardan o’z ish faoliyatida asos sifatida foydalanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu Muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi (bilmasdan o’tkazib yuborilishi) jiddiy hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida jiddiy tus oladigan bir nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha jiddiy holatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlashtirilishi va iqtisodiyotning erkinlashuvi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi.

Yüklə 34,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə