5-mavzu. Dreamweaver dasturning asosiy oynalari, menyusi, komponentlari. Master va shablonlar bilan ishlash va web-sahifa yaratish (2 soat ma’ruza, soat laboratoriya ishi). Reja



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə1/7
tarix05.10.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#125396
  1   2   3   4   5   6   7

25-mavzu. Dreamweaver dasturning asosiy oynalari, menyusi, komponentlari. Master va shablonlar bilan ishlash va web-sahifa yaratish
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi).



REJA



  1. Dream Weaver dasturi interfeysi va unda ishlash

  2. Dream Weaver dasturi asosida ta’limiy sayt yaratish usuli

  3. Dreamweaver MX imkoniyatlaridan foydalanib o’rgatuvchi dasturlar yaratish.

  4. Dreamweaver MX da grafik formatdagi fayllar va rasmlar bilan ishlash metodikasi




  1. Dream Weaver dasturi interfeysi va unda ishlash

Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro aloqani taminlovchi vositalar va qoidalar yig’indisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy bo’lib qolgan grafik oynali interfeys printsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi o’sha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi. Palitralar, ko’p sonli klaviatura kombinatsiyalari va menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar to’xtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar ko’chib yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dteamweavet dasturi muloqot oynalarining ko’pchiligi ko’chib yuruvchi palitralar ko’rinishida ishlaydi.
Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar sifatida qo’llaymiz.
Deyarli barcha palitralar birlashish xususiyatiga ega. Bu har xil palitralarni bitta muloqot oynasida joylashtirish mumkinligini bildiradi. Birlashtirish amali turli mavzu yoki buyruqlarga tegishli boshqaruv vositalariga ega bo’lgan ko’p funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. Birlashish xususiyatiga ega bo’lgan palitralarni (ular dasturda ko’pchilikni tashqil etadi) modulli (dockable) palitralar deb ataymiz. Bir necha alohida modullardan iborat murakkab palitralar terma (tabbed) palitralar deb ataladi.
1-rasmda to’rtta ochiq muloqot oynali dasturning tashqi ko’rinishi ko’rsatilgan. Boshqaruvning eng talab qilinuvchi vositasi so’zsiz, Ptopetties inspectot (xossalar inspektori) palitrasi hisoblanadi. Uning yordamida HTML
sahifalarida obektlarni formatlash va HTML sahifasidagi obektlarni tahrirlash bo’yicha ko’plab amallar bajariladi. Behavietos (rejimlar) palitrasi – bu moduli ko’chib yuruvchi palitraga misol bo’ladi. Dreamweaver dasturi turli loyiha masalalarini hal qilishga mo’ljallangan unga yaqin shunga o’xshash obektlarga ega.

Dastur oynasining tashqi ko’rinishi
Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat bo’lgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obektlar: rasmlar, jadvallar, qatlamlar freymlar va boshqa obektlarni qo’yish uchun mo’ljallangan. Rasmda ko’rsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi asosida to’g’ri tashkil qilingan. Dteamweavet paketi formatlash va tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
Menyu qatori – bu Windows ning ixtiyoriy ilovasining zaruriy atributidir. U komandalarga, muloqot oynalariga, tugmalarga yo’l ochadi, ular yordamida hujjat yaratish, dasturni sozlash, vizuallashtirish jarayonini boshqarish kabi samarali ishlar bajariladi. Menyu qatorining har bir bandi vazifasi jihatidan bir- biriga yaqin kiritilgan menyu va kichik menyular ierarxiyasini hosil qiluvchi buyruqlar guruhini birlashtiradi. Bu bandlarning qisqacha tavsifini keltiramiz.

  • File menyusi (Fayl) fayllar bilan bog’liq buyruqlarni, gipermatnli hujjatlar shablonlari bilan ishlash, eksport qilish, import qilish va brouzer dasturlarida ko’rish buyruqlarini o’z ichiga oladi.



  • Edit (Pravka) menyusiga tahrirlash va qidirish bilan bog’liq buyruqlar kiradi.

  • View (Vid) menyusi interfeysning yordamchi elementlarini va gipermatnli hujjat obektlarining ko’rinishlari ustida ishlovchi buyruqlarni o’z ichiga oladi.

  • Insert (Vstavka) menyusiga har-xil obektlarni import qilish buyruqlari kiradi: rasmlar, jadvallar, formalar, katlamlar, maxsus belgilar va boshqa obektlarni import qilish.

  • Modify (Izmenit) menyusi o’z ichiga gipermatnli hujjat obektlari atributlarini o’zgartirish buyruqlarini oladi.

  • Text (Tekst) menyusi o’z ichiga matnli fragmentlarni hosil qilish va ularni formatlash bilan bog’liq buyruqlarni o’z ichiga oladi.

  • Commands (Komandы) menyusi gipermatnli hujjatlarni avtomatik qayta ishlash buyruqlarini o’z ichiga oladi.

  • Menyu qatorining Site (Sayt) bo’limi sayt bilan ishlash vositalari va gipermatnli hujjatlar bilan bog’liq murakkab tizimlar vositalarini o’z ichiga olgan.



  • Window (Okno) menyusi dasturga tegishli palitralar, panellar va muloqot oynalarini o’rnatish va olib tashlash bilan bog’liq buyruqlarni o’z ichiga oladi.

  • Help (Spravka) menyusida dasturdan foydalanish haqidagi interaktiv malumotlarni chaqirish, elektron qo’llanmani chaqirish kabi buyruqlar joylashgan.


Uskunalarlar paneli dasturning asosiy dispetcherlik (nozimlik) pulti vazifasini bajaradi. U eng ko’p ishlatiladigan buyruqlar va tahrirlash resurslarini chaqirish tugmalarini birlashtiradi. Bu ixchamgina panel kiritilgan menyu va kichik menyular tizimi navigatsiyasi bilan bog’liq sarf-harajatlarni anchagina qisqartiradi.


Unda joylashgan barcha boshqaruv elementlarini sanab o’tamiz (chapdan o’ngga).


  • Code View (Rejim razmetki) - gipermatnli hujjatning faqat belgili kodlari tasvirlanadi. (dizayni tasvirlanmaydi).

  • Code and Design View (Rejim razmetki i planirovki). Tugmasi bosilganda hujjat oynasi ikki qismga ajraladi: birinchi oynada belgili kodlar beriladi, ikkinchi oynada esa gipermatnli sahifaning dizayni, yani tashqi ko’rinishi beriladi.

  • Design View (Rejim planirovki). Dasturda ishlashning vizual – WYSIWYG rejimiga o’tish tugmasi.

  • Title (Zagolovok) – bu matnli maydon hujjatning sarlavhasini kiritishga mo’ljallangan.

  • File Management (Upravlenie faylami) – tarmoqda malumot almashish uchun xizmat qiladigan fayllar bilan ishlash buyruqlaridan tarkib topgan menyuni ochish tugmasi.

  • Pteview/Debug in Btowset (Prosmotr/otladka v brouzere) – tugmasi gipermatnli hujjatni ko’rish va undagi Java Sctipt kodlarini tanlangan brouzerda ishlash yoki ishlamasligini tekshiruvchi buyruqlaridan iborat menyuni ochadi.

  • Teftesh Design View (Obnovit stranitsu) - bu buyruq berilgandan so’ng, hujjatning belgili matnlarida bo’lgan barcha o’zgarishlar loyihalash rejimiga uzatiladi. Ana shu vaqtda kodlarni interpritatsiyasi va sintaksik tekshiruv boshlanadi. Xato fragmentlari sariq rangda ko’rsatiladi. To’g’rilari esa sahifada tasvirlanadi.

  • Tefetence (Spravka) – tugmasi elektron malumotli qo’llanmani ekranga chiqarib beradi. Bu qo’llanmada gipermatnli belgilash tili deskriptorlari ifodalangan.

  • Code Navigation (Navigatsiya po kodam) – tugmasi Java Sctipt tilida yozilgan belgili kodlarni tuzatishni boshqaruv buyruqlaridan tarkib topgan menyuni ochadi.

  • View Options (Parametrы otobrajeniya) – tugmasi hujjat oynasining qo’shimcha elementlari vizualizatsiyasini boshqaruvchi buyruqlar menyusini ochadi. Bu menyuga asosiy menyu qatoridagi View menyusining bir necha buyruqlari kiradi.

Edite Sizees (O’lchamlarni to’g’rilash) ning oxirgi bandi hujjat oynasining o’lchamlarini tanlash va ularni standartlar ro’yxatiga kiritish imkonini beradi. Ekranda Ptefetences (Sozlashlar) muloqot oynasi paydo bo’ladi, unda Width (kenglik, eni) maydonida-kenglik, Hight (balandlik) maydonda esa soha balandligi belgilanadi. YAngi standartning matnli tavsifi Desctiption (tavsiya) maydonida ko’rsatiladi.
Barcha o’lchamlar dastur oynasining xizmat elementlarini: o’lchov chiziqlari va menyu qatorini inobatga olmasdan hisoblab chiqiladi. Faqatgina hujjat va uning obektlari uchun ajratilgan ishchi soha hisobga olinadi. Dteamweavet dasturida holat qatorining balandligi, chap va o’ng maydonlar eng ommaviy brouzerlar Mictosoft Explotet va Netscafe Navigatot larning shunga o’xshash o’lchamlariga asosan tanlab olinadi.
Kоntеkstli mеnyu
Kontekstli menyu Windows operatsion tizimining xatto boshlovchi foydalanuvchilari uchun ham yaxshi tanish. Boshqaruvning bu standart usuli ushbu operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi ko’pchilik ilovalar (dasturlar) tomonidan ko’p qo’llaniladi. Uning mohiyati sodda. Sichqonchaning o’ng tugmasini hujjat oynasining obekti ustida bosilsa, ekranga obekt turiga bog’liq bo’lgan mazmunli menyu chiqadi. Bu menyuda shu obektga tegishli yoki ushbu holatda talab qilinishi ko’proq ehtimolligi bor bo’lgan buyruqlar to’plangan.
Dreamweaver dasturining barcha versiyalari kontekstli menyu bilan aloqada bo’ladi. Kontekstli menyuning o’lchamlari buyruklari safi kengaydi, qo’shimcha darajalarga ega bo’ldi va endi har qanday holatda chaqirilishi mumkin. 6-rasmda oyna ixtiyoriy bo’sh nuqtasida sichqonchaning o’ng tugmasi bosilsa dastur chiqarib beradigan kontekstli menyuga misol keltirilgan.
Property Inspectot pаlitrаsi
Property Inspectot (Inspektor svoystv) palitrasi — bu dasturning asosiy instrumentidir. HTML sahifasida joylashgan obektlar atributlarini o’zgartirish ishlarining asosiy qismini uning yordamida bajariladi. (7-rasm).
Property Inspectot palitrasi ko’chib yuruvchi palitradan iborat bo’lib, uning tarkibi bajarilayotgan operatsiyaga, tanlangan obekt turiga va kursorning holatiga qarab, mos ravishda o’zgarib turadi. Palitrani ekranga chiqarish uchun quyidagi Window > Properties (Okno > Svoystva) buyruqni berish yoki CTTL+F3 tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak. Bu buyruqni qaytadan berish palitrani ekrandan olib tashlaydi.
Dreamweaver o’zining bir qancha qo’shimcha funktsiyalari bilan foydalanuvchilarga manzur bo’ldi: birinchidan, Dreamweaver barcha palitralari erkin holatda turadi. Ularni qaerga surib qo’ysangiz o’sha erda joylasha oladi. Bu esa monitorning ish maydoni xududini boshqaruvning xizmatchi elementlari va hujjatning oynasiga eng optimal bo’lish imkonini beradi. Ikki monitorli tizimda ishlaydigan foydalanuvchilar barcha yordamchi oyna va palitralarni bitta monitorga joylab, ikkinchisida esa hujjatlar bilan ishlashi mumkin. Ikkinchidan, dastur palitralari birlashish xususiyatiga ega. Uchinchidan, barcha ochiq palitralarni dastur ish stolidan olib tashlovchi buyruq mavjud. Bu operatsiyalarni F4 tugmasini bosish bilan ham bajarish mumkin. Bu tugmani takror bosish esa yana tiklash imkonini beradi.
: Layout (Komponovka) va View (Vid). Ular maketlash rejimiga o’tish va sahifannig strukturasini tezda yaratishga imkoni beradi. Bu elementlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə