5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja



Yüklə 147 Kb.
səhifə1/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-ma\'ruza


5-MAVZU:INNOVATSIYALARNI TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI. MAKTABNI INNOVATSION BOSHQARUV MODELI.
Reja:

  1. Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etishga ehtiyojlarni tug’ilishi. Innovatsion jarayonlarning yaratilish bosqichlari.

  2. Innovatsiyalarni yaratish, to’plash, tanlash, qo’llash tizimini yaratilishi. Fanda o’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlarini yaratilishi.

  3. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli.

  4. Maktabni rivojlantirish dasturi. Rivojlantirish muhitida maktab ichki ishini tashkil etish.

  5. Zamonaviy, ilg’or innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga tadbiq etish.

  6. Maktab hayotini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va liberallashtirish. Boshqaruv madaniyati printsiplari.



Tayanch so`z va iboralar: interfaol, interfaollik, interfaol ta’lim interfaol ta’limga xos belgilar, interfaol ta’lim tamoyillari, interfaol ta’lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer.

“Innovatika” tushunchasi bundan 100 yil avval madaniyatshunoslik va lingvistikada madaniy diffuziya, ya’ni bir madaniy arealning boshqa hududga tarqalishini asoslab berish jarayonida paydo bo’lgan.


Innovatsion jarayonlar” tushunchasining to’liq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrog’i 1911 yilda iqtisodiyotchi I.SHumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi o’zgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim etilgan.
1930 yilllarda I.SHumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovatsiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970 yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi “innovatsion jamiyat” tushunchasining paydo bo’lishi yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo’ldi.
Pedagogik innovatsion jarayonlar G’arbiy Yevropada 1950 yillarda, Rossiyada 1980 yillarda hamda O’zbekistonda 2000 yillarda maxsus o’rganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi: pedagogik yangiliklarni yaratish; ularni amaliyotga joriy etish va o’zlashtirish; qo’llash va keng yoyishning birligi va o’zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi.
Bugungi kunda esa, mazkur yo’nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda innovatsion loyihalar tizimining yo’lga qo’yilganligi, innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion boshqarish sohalarida qator tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi buning yorqin misolidir.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə