5-mavzu: nutq uslublari va ularning xususiyatlari



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/2
tarix01.06.2022
ölçüsü79,5 Kb.
#88518
  1   2
1.5


5-MAVZU:NUTQ USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Uslubiyat tilshunoslik faninining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jaroyonida til hodisalarning maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarining qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llaniladigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi.
O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim uslublarda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan nom ostida beriladi): durust, metro, ko‘k, tuzuk, (so‘zlashuv uslubi); moviy, metropolitelin itobiy).
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli idoraviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishda, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi.
Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.
Badiiy uslubning o‘ziga hos sintaktik belgilari umumxalq tilining boy imkoniyatlaridan qanchalik o‘rinli foydalanilganligini aniqlash orqali ochiladi.
Umumxalq tili yozuvchi ixtiyoriga gap qurilishining tayyor va qat’iylashtirilgan usullaridan tanlab foydalanish imkoniyatlarini ham beradi.
Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo‘llanishi, so‘z tarkibida teskari, subyektiv tartibga keng yo‘l qo‘yilishi ritorik so‘roq va undov gaplar, sintaktik shakllarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlidir


Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə