5-mavzu: Unli va undosh tovushlar talaffuzi. Reja



Yüklə 55,42 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü55,42 Kb.
#164607
5-ma\'ruza matni (1)



5-mavzu: Unli va undosh tovushlar talaffuzi. 
 
 
Reja: 
1.
O‘qish sifatini jadallashtirishda tovushlarni aniq, tushunarli va to‘g‘ri 
talaffuz etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Unlilar va undoshlar talaffuzida yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar.
3.
Maktab yoshidagi bolalarda uchrovchi diffektik xatoliklarning vujudga 
kelishi.
4.
Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlashning metodik asoslari.
Qadimgi dunyoning mashhur so‘z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq jarayonida 
ohang eng muhim va eng ta’sirchan vosita ekanligini ta’kidlab bunday deydi: 
Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchilarning e’tiborlarini o‘ziga jalb 
etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko‘ngil qolmaydigan 
huzurbaxsh bo’lsin”. Shu ma’noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi 
bo‘lib, inson hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga 
xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg‘ular, nozik 
kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin. Nutq jarayonidagi 
fikr-tuyg‘ular, maqsad va intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishlari 
orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga 
keluvchi ana shu ovoz tovlanishlari (ovoz o‘zgarishi) intonatsiya deyiladi. Badiiy 
asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she’riy asarlarda misralarning 
joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar mazmuni, muallif maqsadi, 
fikr-tuyg‘usi va kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Asar g‘oyasini 
tushunishda intonatsiyaning o‘rni, ayniqsa, dramatik asarlarda o ‘ziga xoslik kasb 
etadi. Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‘azab, ta’kid 
kabi turli his-tuyg‘ularni ifodalaydigan ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi va 
shoirlar ko‘pincha nutqning emotsional ta’sirchanligini yanada oshirish uchun 
xitob, undov va so‘roq mazmunini ifodalaydigan intonatsion-sintaktik gap 
qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bunday nutq emotsional-ritorik 
intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli nutqda qo‘yilgan so‘roqlarga notiqning 
o‘zi javob bersa, badiiy nutqda emotsional-ritorik so‘roqlarga hech kim javob 
bermaydi. Shoir ritorik so‘roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish 
uchun foydalanadi. Bu turdagi asarlarni ifodali o ‘qish ijrochidan puxta 
tayyorgarlik va aktyorlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltirilgan 
doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin namunasidir:
Nazrul Johil olomonga
Qaradiyu oh chekib,


O‘zni otdi tik maydonga
Yoqasini chok etib.
Faryod qildi: “Ne vahshat bu?! 
Bas, xaloyiq!
Qotillikni to‘xtat, hindu,
G ‘azotni qo‘y, musulmon!
Hind, musulmon - Birodarmiz,
Farzand Odam Atoga!
Haq oldida barobarmiz,
Ayting, Ne bor nizoga?!
Xunrezlik qil demagan-ku,
na Vedayu, na Qur’on!
Tig‘ uradi nega hindu,
Bosh kesadi musulmon? (Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”)
Parchadagi Qotillikni to’xtat, hindu! Haq oldida barobarmiz, Ayting ne bor 
nizoga?! Tig‘ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? kabi undov va so‘roq 
gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ushbu 
misralami ifodali o‘qiyotganda bo‘layotgan xunrezliklarga kuchli taassuf, afsus va 
nadomat ohanglari sezilib turishi lozim. Badiiy asarda syujet voqealari, 
personajlaming ruhiy holatlari o‘zgarib, goh osoyishta, goh jo ‘shqin bo‘lib turgani 
uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo‘lgan mazmunga qarab 
turlanib turadi. Bayon ohangining o‘zgarib turishini ta’kidlaydigan bunday 
vositalarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik xitob 
kabi stilistik usullar kiradi. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri 
inversiyadir.
Inversiya lotincha so‘z bo‘lib, joyni almashtirish degan ma’noni bildiradi. 
Inversiya - nutq bo’laklarining grammatik normadan tashqari holatda qo‘llanishiga 
asoslangan stilistik usullardan biri hisoblanadi. O‘zbek tili stilistikasi qoidalariga 
binoan, ega sostavi jumlaning boshida, kesim sostavi esa, oxirida kelishi lozim. 
Ammo ba’zi hollarda muallif ma’lum so‘zlarni ta’kidlash va ularning 
ta’sirchanligini oshirish niyatida nutqda so‘zlarning grammatik qoidaga muvofiq 


bo‘lgan o‘rnini ataylab almashtirib qo‘llaydi. Shu ma’noda, ta’kidlanmoqchi 
bo‘lgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish va asar ta’sirchanligini 
oshirishda inversiyaning ahamiyati kattadir. Masalan:
Seni deb etaging tutdim men endi,
Boshqaning bahridan o‘tdim men endi,
Sen na yonimda bo‘lsang, ketdim men endi,
Sening bilan vatan etdim men endi. (“Ravshan” dostonidan)
Keltirilgan misralaming odatdagi tartibi quyidagicha bo’lishi lozim edi: Men 
endi seni deb etaging(ni) tutdim. Men endi boshqaning bahridan o‘tdim. Men endi 
sen na (qaysi) yo‘lda bo’lsang, (o‘sha yo‘ldan) ketdim. Men endi sen bilan bir 
vatan etdim. She’riyatdagi bu usul tasodifiy bo‘lmasdan, balki shoiming asar 
g‘oyasini yorqin aks ettirish niyati bilan, shuningdek, qofiya, radif, turoq, vazn 
talabi bilan ham chambarchas bog’liqdir. Takror san’ati ham intonatsiyani yuzaga 
keltiruvchi badiiy vositalardan biridir. Badiiy asarda bir so‘z yoki bir necha so‘z, 
ba’zan esa, butun bir satr takrorlanadi. Bu usul ma’lum bir fikr va tuyg‘uni yorqin 
ifodalash bilan birga, ta’simi kuchaytirish va intonatsiyani bo‘rttirib ko‘rsatishga 
xizmat qiladi. Masalan:
Senda, senda, sendadir yurak,
Ammo dilni tark etmas havas.
Botimi, ayt, qanaqa ko‘mak
Yovlaringdan aylaydi xalos? (Usmon Azim) 
Suvsiz cho’la mard Hasan
Yakka ketib boradi;
Suvsiz cho’lda mard Hasan 
Obro‘ ber deb keladi. (“Ravshan” dostonidan) 
Asablar, Asablar, Asablar...
Sababsiz sochilgan g‘azablar.
Gunohsiz chekilgan azoblar.
Ko‘z yoshlar... Bariga sabablar


Asablar, asablar, asablar. (Erkin Vohidov)
Demak, ifodali о‘qish jarayonida asar tarkibidagi bunday mantiqiy urg‘u 
olgan takroriy so‘zlarga alohida e’tibor va ulami o‘ziga xos intonatsiya bilan 
talaffuz qilish lozim bo‘ladi. Ritorik murojaat nido, xitob shaklidagi stilistik 
usullardan biri bo‘lib, shoirning poetik nutqda tantanavorlik, ko‘tarinkilik, 
g‘azabkorlik, kesatish ohanglarini ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimizning dalili 
sifatida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidan bir parcha o‘qib ko‘raylik.
Jangni qo‘ying, odamlar!
Sizning asli yovingiz kim?! 
Bilib qo‘ying, odamlar!
Ular uzoq yurtdan kelib,
Yerga bukib shonimiz,
Bizni bizga dushman qilib,
So‘rmoqdadir qonimiz.
Bosqinchining Qadimdanoq Falsafasi ayondir,
El ichida bo‘Isa nifoq,
Demak, zolim omondir. (Erkin Vohidov)
Parallelizm. She’riy asarlarda parallelizm ikki yoki undan ortiq hodisani 
yonma-yon qo‘yish orqali poetik mazmunni ochishda xizmat qiladi. Parallelizmlar, 
asosan, xalq she’riyatiga xos usul bo’lib, ular keyinchalik yozma adabiyotga ham 
o‘tgan. Parallelizm mazmunan hamda vazifasiga ko‘ra, to‘rt turga ajratiladi: 
tematik-psixologik, 
ritmik-sintaktik, 
intonatsion 
va 
leksik-morfologik 
parallelizmlar. Masalan: Intonatsion parallelizmlar - talafTuzda bir xil 
ohangdorlikka asoslangan usul bo‘lib, bir necha gap yoki bo‘laklar bir xil ohangda 
o‘qiladi. Masalan:
O‘z oldiga, ishadi,
Yo‘lsiz cho‘lga tushadi,
Issiq kunga pishadi 
Kuyib Hasan jo ‘nadi. (“Ravshan” dostonidan)


Mazmunan bir-biriga yaqin hodisalar va narsalar yonma-yon qo‘yilgan holda 
qiyosiy tasvirlansa, bu - tematik parallelizm deyiladi. Masalan: Bu tog‘lar qanday 
tog‘lar, Toshi bor, tepasi yo‘q. Va’dasida turmagan yoming Dardi bor, vafosi yo‘q. 
Parallelizmning barcha turlari poetik nutqning ifodali, tasviming jonli va yorqin 
bo‘lishiga xizmat qiladi. Anafora yunoncha so‘z bo‘lib, yuqoriga chiqarish degan 
ma’noni bildiradi. Anafora - she’riy misralaming boshida yoki nasriy asardagi 
gaplaming boshida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so‘z va iboralaming 
takrorlanib kelishidan iborat stilistik usullardan biridir. Masalan: Bir xil 
tovushlaming takrorlanib kelishi: Yo‘lbars yurmas yo‘llardan Yo‘rtib ketib boradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi Bir xil so‘zlaming ohangdosh bo‘lib kelishi: Qaysi 
bir ozorin aytay jonima ag‘yoming, Qaysi bir og‘ritqonin ko‘nglimni dey 
dildoming, Qaysi bir berahmlig‘ini tolei gumrohning . Qaysi hasrat birla armonin 
vafosiz vaslning Qaysi mehnat birla ranjin furqati xunxoming. (Bobur) Shoir 
“qaysi bir ’ birikmasini har bir misraning boshida qayta qayta takrorlar ekan, inson 
boshiga tushadigan dunyo sitamlarining beadadligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi. Ayni 
paytda g‘azalda anafora bo‘lib kelgan takroriy so‘zlar lirik qahramonning hasrat va 
nadomat tuyg‘ularini pog‘onama-pog‘ona yuqoriga ko‘tarib avj nuqtasiga 
yetkazgan va, shu bilan bir qatorda, she’ming badiiy mukammal chiqishiga ham 
yordam bergan. Demak, anafora badiiy asarda lirik qahramon kayfiyati, ichki 
kechinmalari, ruhiy holatini ochishda muhim vosita sanaladi. Shunday ekan, 
misralar boshida takrorlanadigan so‘z yoki so‘z birikmalari asaming g‘oyaviy 
mazmuni, muallif maqsadi bilan chambarchas bog‘liq holda o‘ziga xos intonatsiya 
bilan o‘qilishi zarur. 
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni 
davolashda avvalo talaffuzni o’rganish va yaxshilash uchun kompyuter 
texnologiyalari usullaridan foydalanishni maqsad qilib qo’ygan. Hozirgacha 
nutqning fonetik talaffuzini o’rganish uchun maxsus ishlab chiqilgan metodlardan 
foydalaniladi. Ovozli talaffuz holatini o’rganishda buzilgan tovushlar soni 
aniqlanadi, so’ngra nutqdagi turli xil nuqsonlarni (unli va undoshlarning talaffuzi, 
so’zlarni aytishning qisman yoki to’liq qobiliyatsizligi) bartaraf etish uchun 
oldindan tayyorlangan maxsus mavzuga asoslangan rasmlar va albomlar 
qo’llaniladi. Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy 
ko’zlagan maqsadlaridan biri o’zaro bir biriga ta’sir ko’rsatishdir. Ammo ko’pgina 
nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’ziga nisbatan bo’lgan ishonchsizligi bunga 
imkon bermaydi va o’z fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari 
sababli) qiynalishadi. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ko’pgina dasturiy 
ta’minotlarning yaratilishi yuqoridagi masalaga yechim topishga imkon beradi. 
Shu kabi muammolarga “Otsimo” mobil ilovasi bolalarning nutq ko’nikmalarini 


yaxshilashi mumkin bo’lgan aniq nutq faoliyatini ta’minlash uchun ovoz va nutqni 
spektral taxlil qila oladigan texnologiyadan foydalanadi. Otsimo nutqning 
kechikishi, duduqlanish, apraksiya, afaziya va artikulyatsiya kabi muammolarga 
duch kelgan yosh bolalar uchun mo’ljallangan. Dastur mobil qurilmalar uchun 
mo’ljallangan. “Proloquo2Go” gapira olmaydigan yoki tushunishga muhtoj 
bo’lgan yoshlar va kattalar uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minot bo’lib faqat IOS 
tizimida ishlaydi. U tabiiy tovushli ovozlarga ega va boshlang’ich va ilg’or 
kommunikatorlarni qo’llabquvvatlaydi. Ko’pgina ota-onalar, o’qituvchilar va 
terapevtlar Proloquo2Go-ni ajoyib xususiyatlari tufayli tanlashadi. Uning 
qulayliklaridan biri gapirishni istagan so’zingizga biriktirilgan rasmga teginish 
orqali muolaja davom etadi. Faqat bu emas, foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida 
ikkita tildan foydalanishlari mumkin, bu ularga ikki tilda gapirish imkonini beradi. 
[2 www.bibusha.ru web sayti bolalar uchun mo’ljallangan web platforma bo’lib, 
bolalar o’zlariga kerakli ma’lumot va bilimlarni ota onalari bilan birgalikda turli xil 
o’yinlar o’ynab olishlari mumkin. Bibushani “Nutqida nuqsoni bor bolalar” uchun 
ham nutqni rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli bo’limlari mavjud. Bu 
bo’limda bola o’rganayotgan so’zini rasm va audio xolida o’rganadi.[3] qisman 
yechim bo’lishi mumkin. Shu bois quyida yuqorida nomi keltirilgan dasturiy 
ta’minotlarni avzal jihatlarini umumlashtirgan va mobil texnologiyalardan 
foydalangan holda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar va kattalardagi eshitish 
idrokini va to’g’ri talaffuzni rivojlantirish uchun amaliy WEB platformaning 
ishlash tamoyili va olinadigan natijalar yoritib beriladi. Ushbu WEB dastur “Eshit, 
eshitganni tushun va gapir” metodologiyasini [4] mobil texnologiyalar asosida 
modernizatsiya qilishga asoslangan platforma xisoblanadi. Eshitishda nuqsoni 
bo’lgan odamlar uchun tovushlarini tanib olishni o’rganish, mos keladigan 
tovushlarni doimiy va takroriy tinglash, bu tovushlarni tushunish, bu tovushlardan 
amaliyotda foydalanish va talaffuz qilish zarurati mavjud. Taklif etilayotgan WEB 
platforma ulkan imkoniyatlar ochadi, chunki deyarli barcha odamlar mobil 
qurilmalarga ega va taklif qilingan metodologiyadan hamma joyda foydalanish 
mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lib implantatsiyadan keyin notanish tovushlarni 
tanib olish murakkab ish hisoblanib, bu masalani yechish uchun bir qancha 
zamonaviy kompyuter dasturlar mavjud. Bunday dasturlardan foydalanish 
talaygina qiyinchiliklarni yaratadi, masalan, barchada kompyuter tizimlari mavjud 
emas, bunday dasturlarni bepul topishni deyarli iloji ham yo’q, dasturlardan 
istalgan joyda foydalanishning iloji yo’q, dasturga yaratuvchilar tomonidan 
yangilanishlar kiritilsa albatta foydalanuvchilar dasturni qayta yuklashlari zarur 
bo’ladi va dasturlar internet tarmog’isiz ishlasa uning malumotlar bazasi katta 
hajmni egallaydi bu esa o’z navbatida foydalanuvchiga noqulaylik yaratadi. 
Bunday kamchiliklarni cheklab o’tgan xolatda yuqorida keltirilgan dasturlarga 


yordamchi bo’lgan WEB platformaning ishlash tamoyillari va qulayliklari haqida 
qisqacha malumotlar keltiriladi. Biz taqdim etadigan platforma global tarmoqda 
sof O’zbek tilida yaratiladi. Platformaning ishlash tamoillari quyidagicha: 
Reabilitatsiya jarayonidagi bemorlarga notanish tovushlarni tanitish idrok etish va 
muloqotda foydalanish uchun shifokorlar va yordamchi dasturlar bilan birga 
foydalaniladi, WEB platforma o’z bazasidagi tovushlarni rasmlar bilan birgalikda 
tovushli ko’rinishda foydalanuvchiga taqdim etadi. Foydalanuvchi bemor berilgan 
tasvirni ovozli ko’rinishda qabul qiladi [5] va bir necha bor qayta qayta tinglaydi 
va tovush nimani ifodalayotganini idrok etadi. Foydalanuvchi tovush mazmunini 
tushunganiga amin bo’lsa va bu tovushni talaffuz qilmoqchi bo’lsa, bu tovushni 
bazadagi tovush bilan solishtirish imkonini yaratuvcha "Tovushni tahlil qilish" 
tugmasi orqali tahlil qilishi mumkin. Tahlil natijasi yaxshi yoki a’lo darajada deb 
topilsa keyingi tovushga o’tishi va mashqlarni davom ettirishi mumkin. Qayd etish 
lozimki bolalarda tovushlarni o’zlashtirish uchun qo’shimcha o’yinli mashqlar 
yaratilishi ko’zda tutilgan. Web platformaning qulayliklari va yutuqlari 
quyidagilardir. Platforma global internet tarmog’ida mobil wap versiyada ishlaydi 
va bu versiya internet trafigini bir necha 10 mb/sek dan bir necha 10 kb/sek gacha 
kamaytiradi. Bunday kamayish foydalanuvchiga nima beradi? Foydalanuvchi bu 
orqali platformani internet tezligi juda past hududlarda qiyinchiliksiz va tezkor 
ishlatish imkoniyatini yaratadi. Web platforma o’z bazasiga ega bo’lib 
foydalanuvchining o’zlashtirish darajasi va qaysi bosqichdaligi albatda saqlanadi. 
Saytda bo’ladigan har qanday o’zgarishlar foydalanuvchilarga noqulaylik 
yaratmaydi va hech qanday yuklashlarni talab qilmaydi. Foydalanuvchilarga 
qulaylik yaratish maqsadida platformada idrokni mustaxkamlovchi o’yinli 
dasturlar, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni davolash maskanlari va ularga 
biriktirilgan shifokorlar, nutqni rivojlantiruvchi logopedlarning ma’lumotlari 
keltiriladi.Web dasturiy taminotning eng avfzal tarafi shundaki, saytdan bepul, 
qiyinchiliksiz va sof O’zbek tilida foydalanish mumkin. 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Unli va undosh tovushlarning ma’lum matnda o’qilishi qanday bo’lishi 
kerak? 
2.
Undosh tovushlarning noto’g’ri talaffuzi mazmunga qanday ta’sir qiladi? 
3.
Zamonaviy texnologiyalar asosida nutqida nuqsoni bor bolalar bilan 
qaysi platformalarda ishlash mumkin? 

Yüklə 55,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə