5-mavzu. Workout – ko‘Cha fitnesi. Reja



Yüklə 208,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.12.2021
ölçüsü208,97 Kb.
#81137
5-ma'ruza



5-MAVZU. WORKOUT – KO‘ChA FITNESI. 

 

Reja: 

1. Ko‘cha sporti nima?  

2. Ko‘cha sporti madaniyati.  

3. Ko‘chada mashg‘ulotlar.  

4. Bazaviy ketma-ket bajariladigan mashqlar  

5. Malakalar va mohirlik bilan bajariladigan mashqlar.  

6. Dasturlar tuzish. Mashg‘ulotlar dasturi. 

 

Tayanch so‘z va iboralar: 

vorkaut, turnik, brus, djimbar, kalistenika, plansh 

mashqi, planka.

 

 

Street Workout (Vorkaut; o‘zb, ko‘cha mashg‘uloti; ko‘cha fitnesi) – ommaviy 

jismoniy  mashg‘ulotlarining  turi  hisoblanadi.  Ko‘cha  yoki  hovlidagi  sport 

maydonchalarida  bajariladigan  mashqlarni,  ya’ni,  turnikda,  brusda,  shved 

devorlarida, gorizontal narvonlarda, boshqa konstruksiyalarda yoki, umuman hech 

qanday  buyumlarsiz  (erda)  bajariladigan  mashqlarni  o‘z  ichiga  qamrab  olgan. 

Ba’zida bu yo‘nalishni sport turi deb atashadi, biroq rasman bu sport turi hech bir 

mamlakatning  sport  turlari  ro‘yxatiga  kiritilmagan.  Bunday  mashg‘ulotlar  bilan 

shug‘ullanuvchilar, o‘zlarini vorkautchilar yoki ko‘cha gimnastlari deb atashadi.  

Vorkaut (shu bilan bir qatorda Street Workout, Ghetto Workout, Calisthenics)  

–  sportda  yangi  yo‘nalish  bo‘lib,  o‘zida  ko‘pgina  boshqa  sport  mashqlarini 

birlashtirgan.  Hozirgi  kunga  kelib,  vorkaut  yo‘nalishining  dunyo  shaharlarida 

mashhurligi shiddat bilan o‘sib bormoqda.  

Ushbu turdagi mashqlar ilgari, Sobiq Ittifoq davrida, o‘z tanasi salomatligini 

mustahkamlash  maqsadida  bajariladigan  oddiygina  badantarbiya,  chigal  yozdi 

mashqlar,  turnik  va  bruslarda  bajariladigan  mashqlar  deb  atalar  edi.  2000  yillar 

internet 

tarmog‘ining  rivojlanishi  va  mamlakatlarning  o‘zaro  axborot 

almashinishning oshishi natijasida sayyoramizning turli burchaklaridagi yangiliklar 

va  ma’lumotlardan  foydalanish  imkoni  keng  ommaviylashdi.  Shu  vaqt  ba’zi 

saytlarda    ko‘chada  bajariladigan  o‘ziga  xos  mashg‘ulotlarning    (ingl.  Street 

workout)  havaskor  videoroliklar  paydo  bo‘la  boshladi.  Ba’zi  videoroliklar  getto-

mashg‘ulotlar deb nomlangan edi (ingl. Ghetto workout), bu, ushbu videoroliklarni, 

“getto”larda istiqomat qiladigan afroamerikaliklar tomonidan  internet tarmog‘iga 

tashlashlari  sababli  bo‘lishi  mumkin.  Shunday  qilib  Workout  –  sport  turi  sifatida 

AQShda  vujudga  keldi.  Ba’zi  roliklar  butun  dunyo  yoshlarida  katta  qiziqish 

uyg‘otdi. Bunday turdagi mashg‘ulotlarni har xil nom bilan atashadi: ko‘cha fitnesi, 

ko‘cha  mashg‘uloti,  yoki  oddiy  inglizcha  “mashg‘ulot”  so‘zining  ekvivalenti 

bo‘lmish  “workout”.  Internet  tarmog‘i  tufayli  mashhur  bo‘lib  ketgan  ushbu 

norasmiy sport turi, MDH mamlakatlarida ham ko‘pgina izdoshlar orttirdi. Shu bilan 

bir qatorda yaxshi va sifatli “ko‘cha mashg‘ulotlarini” o‘tkazish maqsadida ko‘pgina 

yangi  sport  maydonchalari  qurila  boshlandi.  Ushbu  sport  turining  rivojlanishiga 

quyidagi  jamoa  sportchilari  kuchli  turtki  bo‘lishdi:  "Barbarians",  "Barstarzz", 

"Beastmode","Bar-Tendaz" va boshqalar. Shular bilan bir qatorda Workout  sport 




turining boshqa mamlakatlarda rivojlanishiga Hannibal For King ismli sportchi juda 

katta hissa qo‘shdi. Uning videoroliklari yoshlarga o‘ta kuchli ta’sir qilib, ularning 

Workout  sport  turi  bilan  shug‘ullanishlariga  undadi.  Workout  butun  dunyoda 

mashhur  bo‘lib,  ko‘pgina  professional  sportchilarga  ega.  Professionallar  bilan  bir 

qatorda  ushbu  sport  turi  bilan  yosh  sportchilar  ham  shug‘ullanishib,  uning  aholi 

o‘rtasida keng tarqalishini ta’minlamoqda. 

Workout – bu nafaqat sport turi, balki to‘laqonli g‘oya, harakatdir. Shu bilan 

birga Workout inson salomatligiga asoslangan. Ushbu sport turi sog‘lom turmush 

tarzini tashviqot qiladi. Bu degani, Workout bilan shug‘ullanuvchi sportchilar, qat’iy 

alkogol,  tamaki  va  narkotik  moddalardan  voz  kechadilar.  Undan  tashqari  ushbu 

sport turi bilan shug‘ullanuvchilar biologik va kimyoviy qo‘shimchalarni iste’mol 

qilmaydilar.  

Workout  odamlarga  o‘z  tanasini  mashq  qildirish  va  mustahkamlashga 

ko‘maklashadi.  Tanani  doimiy  tarzda,  asta-sekin  oshib  boradigan  yuklamali 

mashqlar qildirish va chiniqtirish odam immunitetini oshiradi, bu esa o‘z navbatida 

salomatlikni mustahkamlaydi. Undan tashqari mashqlar yigit va qizlarga ideal qad-

qomatni, chiroyli tanani shakllantiradi.  

Agar Workout so‘zini ingliz tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilsa, Work – ish, out 

–  tashqarida  ma’nosini  hosil  qilamiz.  Ushbu  ikki  so‘zni  qo‘shsak  “tashqarida 

ishlash” degan iborani hosil qilamiz, bu degani, ushbu sport turi bilan nafaqat zallar 

va maxsus binolarda, balki ko‘chada ham shug‘ullanish mumkin degani. Workout 

sport turining birlamshi maqsadi odam tanasini ko‘cha sharoitida shakllantirish va 

mustahkamlash  bo‘lgani  uchun  ham  "Ghetto  Workout"  yoki  "Street  Workout" 

iboralari hozirda mashhur. 

Odatda  sportchilarning  mashg‘ulotlari  hech  bo‘lmasa  turnik  va  bruslar  bor 

maydonchalarda o‘tadi. Ko‘p yillar davomida ishlatilmagan, zanglagan turniklarni 

hozirgi  zamon  yoshlari  o‘rab  olishgan  va  har  qanday  ob-havo  sharoitida  ham 

mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.  



 

Nazorat savollari: 

 

1. Ko‘cha sporti va ko‘cha sporti madaniyati deganda nimani tushunasiz? 

2. Ko‘chada mashg‘ulotlar qanday maydonlarda o‘tkaziladi? 

3. Vorkautda bazaviy ketma-ket bajariladigan mashqlardan misollar keltiring. 

3.  Malakalar  va  mohirlik  bilan  bajariladigan  mashqlar  deganda  nimani 

tushunasiz? 

4. Dasturlar tuzish qanday amalga oshiriladi? 

5. Namunaviy mashg‘ulotlar dasturini tuzing.



 

 

 

Yüklə 208,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə