5-mavzu. Xotira. Xayol va tafakkur. Xotira haqqida tushuncha Xotira



Yüklə 268,93 Kb.
səhifə34/37
tarix23.12.2023
ölçüsü268,93 Kb.
#156760
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
5-мавзу

Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, abstrakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlarni yoritib borish va shu bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob'ektlarning mohiyati, mazmuni mavjud bo’lishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.
Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma'lumotlarini, yer qimirlash o’choqlarini, voqea sodir bo’lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko’rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar.
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi.
Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni yaratilishiga yo’naltirilgan fikr yuritiladi. U qo’yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy xarakatlarni tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo’ladi. Masalan, talabalar faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir.
Muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob'ektiv dalillar bilan isbotlash o’rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko’pincha odamlarning muayyan soha bo’yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o’smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.

Yüklə 268,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə