5-sinf botanika . Yakuniy test.(IV chorak)
1.Botanika so`zining ma’nosi nima? A)o`t, ko`kat B)yer shari C) tabiatni o`rganish D)Ava B
2.Mevasi o`n yillar davomida pishib yetiladigan , o`g`irligi 10 kg gacha yetadigan yong`oqlar qayerda o`sadi? A)Kanar orollari B) Seyshel oroli C)O`rta Osiyo D)Kanada
3.Yovvoyi yem-xashak o`simliklarini belgilang.
A)silen , iloq, keyreuk B)beda , g`umoy ,ajriq C)tugmachagul, sho`ra , sallagul D) A,B, C
4.O`zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o`simliklarni belgilang.
A)ituzum, salamalaykum , yalpiz B)gultojixo`roz, xrizantema , shivit C)lola, shirach , sallagul D)A,C
5.O`rta Osiyoda gulli o`simliklarning qancha turi uchraydi?
A)1000 B)2000 C)3000 D)4000
6.Yashil rangdagi plastida. A)xloroplast B)xromoplast C)leykoplast D) barchasi
7.O`simliklarga ta’m beruvchi, hujayra shirasi bilan to`la hujayra qimi.
A)plastida B)mag`iz C)vakuol D)sitoplazma
8.Nimaning to`xtovsiz harakati yufayli moddalar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o`tib turadi?
A)plastida B)mag`iz C)vakuol D)sitoplazma
9.Hujayra bo`linishida …..katta ahamiyatga ega. A)plastida B)mag`iz C)vakuol D)sitoplazma
10.O`simliklar bargi , tanasi , guli va mevalarining rangini belgilaydi.
A)plastida B)mag`iz C)vakuol D)sitoplazma
11.O`simliklar ildizida qanday plastidalar bo`ladi? . A)xloroplast B)xromoplast
C)leykoplast D) barchasi
12.Poya nima hisobiga eniga o`sadI?A)uchki kurtak B)kAmbiy C)naylar D) A,B,C
13.Saksovul o`simligining yillik xalqalari soniga qarab nimani aniqlash mumkin?
A)yoshini B)bahorning issiq yoki sovuq kelganini C)shimol tomonni D)yillk yog`in sonini
14.Shakli o`zgargan yerosti novdalariga nima kiradi? 1.piyoz 2.kartoshka 3.ajiriq 4.g`umoy 5,lavlagi 6.turp 7.sabzi A)1,2,3 B)4,5,6 C)1,3,5, D)5,6,7
15.Lub tolalari qaysi o`simliklarda yaxshi rivojlangan? A)tol,terak B)chinor, tut C)ajiriq, g`umoy D)kanop, zig`ir
16.Oddiy bargli o`simliklarni belgilang 1.lola 2.yong`oq 3.atirgul 4.bodiring 5. Olma 6.beda A)1,2,3 B)4,5,6 C)2,4,6 D)1,4,5
17.Murakkab bargli o`simliklarni belgilang 1.lola 2.yong`oq 3.atirgul 4.bodiring 5. Olma 6.beda A)2,3 ,6 B)4,5,6 C)2,4,6 D)1,4,5
18.Fotosintez jarayoni borishi uchun nima kerak? A) suv B)karbonat angidridi C)yorug`lik D)barchasi
19.Barglari parallel tomirlangan o`simliklarni belgilang.
A)bug`doy, chinor B)zubturum , sholi C)olma, o`rik D)barchasi
20. O`simliklar qaysi organlari yordamida nafas oladi?
A) ildiz B)poya C) barg D)barchasi
VI sinf ,botanika.Yakuniy nazorat ishi.
1.Gul shakli o`zgargan ….dir. A)poyadir B)ildizdir C)bargdir D)novdadir
2.Oddiy gulqo’rg’onli o’simlikning nomini toping. A)bangidevona B)sho’ra C)ituzum D)lola
3.Yo`sinlarda ildiz vazifasini nima bajaradi?A) rizoid B) sporofit D) gametofit E) ildizpoya
4.Anterediyda qanday hujayra yetiladi? A) tuxum B) spermatozoid D) spora E) hech qanday
5.Bakteriyalarni o`rganuvchi fan. A)mikrobiologiya B)sitologiya C)botanika D)zoologiya
6.Mikroblarning eng katta guruhi? A)bakteriyalar B)zamburug`lar
C)viruslar D)to`g`ri javob yo`q
7.Ituzumdoshlar oilasidan qaysi bir turi “Qizil kitob”ga kiritilgan? A)bangidevona B)mingdevona C)qora ituzum D)oloy xiyoli
8.Ularning poyasi o`rmalab yoki jingalaklari yordamida o`sadi.Barglari oddiy,ketma-ket o`rnashgan,yaproqlari panjasimon bo`lingan. Gullari to`g`ri, ayrim jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi.Qaysi oila vakillari haqida gap ketmoqda?
A)ra’nodoshlar B)karamdoshlar C)sho`radoshlar D)qovoqdoshlar
9.Qaysi oila gulli o`simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi?
A)ra’nodoshlar B)karamdoshlar C)qovoqdoshlar D)qoqio`tdoshlar
10.O`zbekistonda shuvoqning nechta turi o`sadi?
A)3ta B)12ta C)26ta D)39ta
11.Qaysi oila vakillari Avsraliyada uchramaydi?
A)loladoshlar B)piyozdoshlar C)bug`doydoshlar D)qoqio`tdoshlar
12.Uning bo`yi 10-15 sm keladi.Ingichka poyali va ingichka bargli, tubida piyozboshchasi bor ko`p yillik o`t. A)lola B)bosh piyoz C)boychechak D) bug`doy
13.Piyozdoshlardan qaysilari xushmanzara o`simlik hisoblanadi?
A)bosh piyoz ,sarimsoq piyoz B)osh piyoz , matur piyoz C)Oshanin piyoz, Suvorov piyoz D)cho`chqaquloq piyoz, qo`shbarg piyoz
14.Cho`llarda , sho`rlangan yerlarda qanday o`simliklar o`sadi?
A)saksavul, sho`ra,julg`un B)seret baliqko`z, sarsazan,qorabaroq
C)qora boyalish, buyurg`an,shuvoq D)ro`vak, shirinmiya, qo`ga
15.Yaylovlarda yastiq hosil qilib o`sadigan o`simliklarni belgilang.
A)lola, shirach B)qatrong`I,kamxastak C)zirako`t, kirpio`t D)sug`ro`t, sanchiqo`t
16.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga qancha o`simlik turi kiritilgan?
A)198ta B)204ta C)163ta D)301ta
17.Yopiq urug`li o`simlikllar qanday organizmlardan kelib chiqqan?
A)kuksoniyalardan B)urug`li qirqquloqlardan C)daraxtsimon qirqbo`g`imlardan
D)ochiq urug`li o`siimliklardan
18.Xona o`simliklaridan dorivorlarini belgilang
A)aloe, kalonxoe B)fikus, begoniya C)sarsabil, qirqquloq D)oleander, sansevara
19. Qaysi suvo`tining xromotofori spiral shaklida. a)spirogira b)ulotriks c)xara
d)kladofora
20. Qaysi o`simlikdan yozda shakar ajraladi?A) yantoq B) yeryong`oq D) no`xat E) yasmiq
7-sinf,zoologiya.Yakuniy nazorat ishi.IV chorak
1.Qaysi parazitning yopishuv organlari bo`lmaydi?
a) jigar qu`rtining b) chuchqa tasmasimon chuval c) exinakokning d) oskaridaning
2.Exinokokkning oraliq xo`jayini hisoblanadi:
A)odam, o`txo`r hayvonlar B)yirtqich hayvonlar, C)umurtqasiz hayvonlar D)mavjud emas
3. Tufelka qaysi tipga mansub?
a) soxta oyoqlilar b) xivchinlilar c) infuzoriyalar d) sodda hayvonlar
4.Baqachanoqning mantiya bo`shlig`iga suv qayerdan o`tadi?
a) chig`anoq pallalari ochilganda b) ichki sifon ochilganda c) pastki kirish sifon ochilganda d) yuqori chiqish sifon orqali
5. Tufelkaning katta yadrosi qanday shaklda?
A) Yumaloq. B) Uzunroq. C) Loviyasimon. D) Ovalsimon.
6.Gidra tanasidagi usuvchi hujayralari qayerda joylashgan?
a) endodermada b) mezodermada c) ektodermada d) barcha qismda
7.Yashil bronza qo`ng`izining mo`ylovlari…
A)yelpig`ichga o`xshaydi B)arrasimon C)patsimon D)tishsimon
8.Qaysi hashoratlarda ovoz chiqarish va eshitish organlari bor?
A)chigirtka, kapalak, ninachi B)ipak qurti,qandala, hasva C)suvarak,qo`ng`iz,ari D)chirildoq, temirchak, jizildoq
9.Chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi hashoratlar…
A)suvaraklar, ninachilar, chigirtkalar B)qandala, hasva , kapalak
C)qo`ng`iz, kapalak,chigirtka D)pashsha, burga, chumoli
10. To`liq o`zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar…
A)suvaraklar, ninachilar, chigirtkalar B)qandala, hasva , kapalak
C)qo`ng`iz, kapalak,chigirtka D)pashsha, burga, chumoli
11.Qaysi hasharot 10 yilgacha yashab, umri davomida 115 milliontagacha tuxum qo`yadi?
A)chigirtka B)qandala C)kapalak D)termit
12.Eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot qaysi?
A)kapalak B)pashsha C)asalari D)ipak qurti
13.Lansetnikni kim kasf qilgan.
A)To`laganov B)Kashkarov C)Sultonov D)Kovalevskiy
14.Bosh skeletsizlar kenja tipiga qaysi hayvon kiradi?
A)Lansetnik B)Zog`ora baliq C)Ko`l baqasi D)ko`k kaptar
15.Baliqlarning juft suzgichlarini belgilang.
A)ko`krak, dum B)orqa , anal C)anal,dum D)ko`krak , qorin
16.Baliqlarning umurtqa pog`onasi kalla suyagi bilan qanday birikkan?
A)harakatsiz B)harakatchan C)uzun bo`yni orqali D)kalta bo`yni orqali
17.Baliqlarning qaysi muskullari rivojlangan?
A)Bo`yin muskullari B)Suzgich muskullari C)dum muskullari D)qorin muskullari
18.Qaysi qushlarda yog` bezlari bo`ladi?
A)Suv qushlarida B)yirtqich qushlarda C)xonaki qushlar D)cho`l qushlar
19.Tunda hayot kechiruvchi hayvonlarga nimalar kiradi.
1.ilon 2.chayon 3.qurbaqa 4.gekkon 5.ukki 6.quyon 7.laylak 8.bo`ri 9.ko`rshapalak
A)1,2,4,5,6,7 B)2,,3,4,5,9 C)2,3,5,7,8,9 D)1,3,5,7,9
20.Go`sht yo`nalishida boqiladigan qoramol zotlarini belgilang.
8-SINF ,BIOLOGIYA.YAKUNIY TEST TOPSHIRIQLARI.
1.Odam organizmida qanday to`qimalar mavjud? A)epitiley,mexanik,jamg`aruvchi,biriktiruvchi. B) epitiley, biriktiruvchi,asosiy,muskul.
C) epitiley, biriktiruvchi, muskul,nerv. D) jamg`aruvchi,biriktiruvchi, asosiy,muskul
2.Biriktiruvchi to`qimalarni belgilang.
A)terining ustki yuzasi va ichki organlar yuzasini qoplovchi to`qima
B)ko`ndalang targ`il,silliq va yurak muskullari
C)suyaklar,qon,tog`ay,limfa D)nerv va neyrolgiya
3.Odam skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?
A)209ta,39ta toq 87ta juft B) 207ta,35ta toq 86ta juft C) 206ta,36 ta toq 85ta juft
D) 206ta,35ta toq 87ta juft
4.Naysimon suyaklarga qaysi suyaklar kiradi?
A)qovurg`a ,to`sh,o`mrov. B) qovurg`a,umurtqa,kaft C)yelka,bilak ,son D)jag`,peshona,ensa
5.Suyaklarda qaysi elementlar ko`p uchaydi?
A)O2,C,H2,N2 B)S,Mg,Fe,Cl C)Ca,P,C ,N2 D)Cu,Si,K,Y.
6.Odamlarning qaysi suyaklari hayvonlarnikiga nisbatan kuchli va baquvvat?
A)bosh,jag`, bilak B)qo`l,umurtqa, qovurga C)oyoq va qo`l D)bosh va umurtqa
7.Muskul tashqi tomondan yupqa parda bilan o`raglan bo`lib,bu parda …. Deb ataladi.
A)liqildoq B)boylamlar C)fassiya D)synovial suyuqlik
8.D vitamin yetishmasligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik qanday kasallikka olib kelishi mumkin?
A)raxit B)buqoq C)yassioyoqlik D)avitaminoz
9.Muskullarning dinamik ishini belgilang.
A)yurish,yugurish,sakrash,kuylash B)tik turish, sakrash,start oldi holati
C) yurish,yugurish,qaldirg`och holati D) sakrash,kuylash ,start oldi holati
10.Qon plazmasi tarkibida qancha suv bo`ladi?
A)90-92% B)7-8% C)0,9-0,8% D)2-3%
11.Hujayralar tuzilmasi,jumladan,oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi yemirilishi qanday ataladi? A)Assimlatsiya B)Dissimlatsiya
C)ikkalasi ham D)to`g`ri javob yo`q
12.1g oqsil parchalanganda qancha energiya hosil bo`ladi?
A)4,1kkal B)9,3kkal C)4,1kkal D) to`g`ri javob yo`q
13.Kerakli mikroelementlarni belgilang.
A)Na,Cl,Ca,Zn,Co,Al B)K,Fe, Co, O, P, Y C)Zn,Mn,Cu,F,Al,F D) to`g`ri javob yo`q
14.Vitamin so`zini birinchi bo`lib fanga kiritgan olim?
A)K.Funk B)I.Lunin C)I.Sechenov D)I.Pavlov
15.D vitatamini yetishmasa qaysi kasallik kelib chiqadi?
A)Beri-Beri B) Raxit C) Singa D)Asab
16.A vitamin qaysi mahsulotlar tarkibida ko`p bo`ladi?
A)bug`doy uni,loviya ,no`xat B) limon,apelsin,pomidor C) sut vasut mahsulotlarida
D)baliq yog`I,jigar,sabzi
17.Ayirish organlarini belgilang.
A)yurak,arteriya,vena qon tomirlari B) o`pka,Bronx,traxeya C)buyrak,teri,o`pka D)me’da,ichak,jigar
18.Aralash bezlarga qaysi bezlar kiradi?
A)gipofiz,epifiz B)buyrakusti,qalqon orqa C)me’da osti ,jinsiy bezlar D)qalqonsimon,ayrisimon
19.Nafas olish organlarini ketma-ketlikda sanang.
A)og`iz, burun bo`shlig`i,traxeya,Bronx,o`pka
B) burun bo`shlig`I,hiqildoq,traxeya,Bronx,o`pka ,plevra pardasi
C) og`iz, burun bo`shlig`I, o`pka ,plevra pardasi, Bronx
D) burun bo`shlig`I,hiqildoq, og`iz, Bronx,o`pka
20.Tinch turgn odam bir minutda necha marta nafas oladi?
A)10-13marta B)12-15marta C)16-18marta D)18-22marta
Biologiya, 9-sinf, IV chorak .Yakuniy test.
1.Biologiya fani nimalarni o`rganadi?
A)jonli va jonsiz tabiatni B)tabiatdagi o`zgarishlarni D)tirik organizmlarni C)bakteriya va molekulalarni.
2.Hujayrani o`rganuvchi biologiyaning bo limi.A)mikrobiologiya B)virusologiya C)anatomiya D)sitologiya
3.Katakcha, uyacha , hujra ma’nolarini bildiruvchi biologic atama .A)Hujayra B)organ C)to`qima D)atom
4.Qaysi olim 1665 yilda daraxt po`stlog`idagi po`kak to`qimani mikroskop yordamida ko`rib hujayrani kashf etdi?A)A.Levenguk B)R.Guk C)R.Braun D)M.SHleyden
5.Hujayra yadrosini qaysi olim kashf etgan ? A)A.Levenguk B)R.Guk C)R.Braun D)M.SHleyden 6.Katakcha, uyacha , hujra ma’nolarini bildiruvchi biologic atama .A)Hujayra B)organ C)to`qima D)atom
7. Quyidagi organizmlardan prokariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7 B)1,5,8 C)3,4, 6 D)1, 6,8
8. Quyidagi organizmlardan eukariotlarni ajrating.1.zamburug` 2.g`o`za gommozi 3.lola 4.yomg`ir chuvalchangi 5.xlorokokk 6.qo`ziqorin 7.nostok 8.chinor.
A)2, 5,7,8 B)1,3,5,6,8 C)3,4,5, 6,7 D)1,3, 4,6,8
9.Tugunak bakterialar bir yilda bir gektar maydonda qanchagacha azot to`playdi?
A)100 kg B)200kg C)300 kg D0 400 kg
10. O`lat kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriyalar qaysi sutemizuvchilarda uchraydi?
A)Kalamush va sichqon B)quyon va echkilar C)it va mushuklar D)qoramol va qo`ylar
11. 3n xromasoma to`plamiga ega bo`lgan hujayralar qayerda uchraydi?
A)Murtak xaltasidagi urug`chida B)markaziy hujayrada C)endospermda D) Bva C
12.Tuxum hujayraga irsiy axborotni olib boorish va uning funksiyasini tezlatish vazifasini nima bajaradi?
A)spermatozoid B)markaziy hujayra C)murtak varaqlari D)A,C
13.Meyozning qaysi bosqichida xromosomalar o`rtasida konyugatsiya sodir bo`ladi?
A)metafaza I B)metafaza II C)profaza I D)profaza II
14.Urug`langan tuxum hujayra nima deb ataladi?
A)xromasoma B)krossingover C)zigota D) endosperm
15.AaBbCcDDduragayda necha xil gameta hosil bo`ladi? A)6 xil B) 8 xil C)9 Xil D) 10 xil
16.Qaysi chatishtirishda belgilar fenotip va genotipda 1:1 nisbatda ajraladi?
A)tahliliy B)monoduragay C)diduragay D) poliduragay
17.Organizmlarning erkak va urg`ochilarida farq qilmaydigan xromosomalar …deb ataladi.
A) autosoma B)jinsiy xromosoma C) To`g`ri javob yo`q D)A,B
18.Odamdagi dominant belgilarni belgilang. 1.to`gri soch 2.jingalak soch 3.qo`y ko`z 4.normal bo`y 5. Sepkillar 6. Pakanalik 7. Sochning erta to`kilishi 8.malla soch
A)1,2,5,7 B)2,4,6,8 C)4,6,7,8 D)2,3, 5, 7
19.Odamdagi gen kasalliklarini belgilang. 1.Daun sindromi 2. Albinism 3. Klaynfelter sindromi 4.gemofiliya 5.fenilketonuriya 6.daltonizm 7.Shershevskiy-terner sindromi
A)2,4,5,6 B)1,2,5,7 C)4,5,6,7 D)1,2,3,7
20. Odamdagi xromasoma kasalliklarini belgilang. 1.Daun sindromi 2. Albinism 3. Klaynfelter sindromi 4.gemofiliya 5.fenilketonuriya 6.daltonizm 7.Shershevskiy-terner sindromi
A)2,4,5,6 B)1,2,5,7 C)4,5,6,7 D)1,3,7
Dostları ilə paylaş: |