“5151400-Texnogen san’at: Kino, radio va televideniye ovoz rejissyorligi” yo’nalishi talabasi Erjigitov Abrorning “Kasbiy psixologiya”fandan kurs ishi Bajardi: Erjigitov Abrorning Fan o’qituvchisi


natija Muvaffaqiyat = ----------------------------



Yüklə 422 Kb.
səhifə3/3
tarix25.01.2023
ölçüsü422 Kb.
#99210
1   2   3
Erjigitov Abror

natija
Muvaffaqiyat = ----------------------------
qiziqishlar darajasi
Hozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ko'rsatadi:
- mutaxassis o'ziga ishongan bo'lishi kerak;
- maqsadga erishishga kuchli intilish kerak;
- nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak;
- ishga pozitiv yo'nalganlik;
- omad alohida muvaffaqiyatlarni ko'ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni his etish zarur.
Har qanday kishi o'z oldiga maktab davridayoq yuksak vazifalar qo'ya olishi kerak. U inson “maktabda fikrlashni o'rganishi lozim, hayotning mazmuni haqida o'ylash kerak”
( V.P.Zinchenko)
“Inson va uning faoliyati” orasida mutanosiblikni ta'minlovchi imkoniyat yaratish orqali mehnatga qiziqish uyg'otish mumkin va uni samara olish tuyg'usini hosil qilish kerak” (E.A.Klimov).
“Insonda qachon mehnat qilishga xohish vujudga keladi?” degan savolga, qachonki mehnat quvonch keltirganda inson yana ishlashga xohish sezadi.
(A. Maslou).
“Agar odam biror ish bilan sidqidildan mashg'ul bo'lishni xohlasa, u o'zining shaxsiy qadriyatlari asosida o'zini o'zi boshqarishni boshlashi, ya'ni o'z ishining maqsad va qadriyatlarini belgilashi zarur”.
( A.A. Puzirey).





Mani kasbim haqida gapirsak, ovoz rejissori kim? degan savolga qisqa javob eshita olmaymiz. Chunki, ovoz rejissori kino, televideniye, teatr, radio va ovoz yozish sohasida faoliyat yurituvchi va ovozning badiiy jihatiga javob beruvchi shaxsdir. Ovoz rejissori kasbi vujudga kelgunga qadar san’atda, ovoz rejissorinig ayrim vazifalarini bajaradigan turli yoʻnalishlar mavjud boʻlgan. Jumladan, musiqa tanlovchi - teatr, kino, televideniya va radioda musiqiy eshittirishlar, spektakllar va turli janrdagi musiqalarni fonotekadan foydalangan. Ovoz operatori - asosan texnika bilan bogʻliq ishlarni bajargan, yozib olish va qayta ishlov berish. Shovqin hosil qiluvchi tabiatda mavjud boʻlgan yoki narsa va buyumlarning tabiiy shovqinini sun’iy ravishda hosil qiluvchi. Musiqiy sayqallovchi - film, koʻrsatuv, spektakl va musiqiy dasturlarni turli xil musiqa, sempl ovozlar va inter shovqinlar bilan bezatuvchi. Yuqorida aytib oʻtigan kasb egalarining ish faoliyati hozirgi kunda ham davom etmoqda, faqatgina ovoz rejissor boshchiligida amalga oshiriladi. Ovoz rejissorligi kasbi bir qancha yoʻnalishlarga boʻlinib, birbiridan farqlanadi. Bular quyidagilar:

  1. teatr ovoz rejissori;

  2. musiqiy ovoz rejissori;

  3. kino ovoz rejissori;

  4. radio ovoz rejissori;

  5. televideniya ovoz rejissori;

  6. ommaviy tadbirlar ovoz rejissori;

Respublikamizda ovoz rejissorligi kasbi salkam bir asr mobaynida rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi. Bu davrda bir qancha yetuk ovoz rejissorlari jumladan: (radioda) Nabi Hasanov, Anvar Tojiyev, (kinoda) Yoʻldosh Abdukarimov, (televideniyada) Rixsixoʻja Umarxoʻjayev, Xayrulla Karimov, Choʻlpon Abbasov ovoz injeneri boʻlib hujjatli filmlar studiyasida ishlab ovoz rejissorligining rivojlanishiga katta hissalarini qoʻshib ketishgan, hozirgi kunda oliy toifali ovoz rejissori Atabayev Zokir, (kino) Karimjon Boʻribayev, Senchilo, Rovza Hakimova, (televideniya) Muxtor Oripov, Akbar Mirzayev, (teatr) Dalil Xadjayev, Husniddin Komilov teatrda, Igor Iosis ommaviy tadbirlarda va boshqa koʻplab mahoratli ovoz rejissorlari oʻz ishlari bu sohada respublikamiz dovrugʻini dunyoga tanitishdi. Ayniqsa, dublyaj sohasida 60-80 yillarda dublyaj qilingan xorij filmlari oʻzining sifatliligi mazmuni jihatidan butun dunyoda e’tirof etilganligi bilan respublikamiz ovoz rejissorlik sohasida ancha ilgʻor natijalarni qoʻlga kiritilganligini isbotlab berdi. Yuqorida qayd etib oʻtganimiz kabi ovoz rejissorligi ma’lum darajada murakkab kasb hisoblanadi. Uning klassifikatsiyasi (tasnif) nimada oʻz aksini topadi degan savol paydo boʻlishi tabiiy hisoblanadi. Bunga javob tariqasida klassifikatsiyaning mazmun-mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Klassifikatsiya oʻzi ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid oʻzaro bir xil tushunchalar sistemasi hisoblanib, har bir fanga xos muhim mantiqiy amal boʻladi. Uning vositasida shu fan doirasida toʻplangan bilimlar qatʼiy tartibga solinadi. Klasifikkatsiya yordamida esa, ovoz rejissorligi fanida muhim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sunʼiy klassifikatsiyalar bir-biridan farq qiladi. Barcha sohalarda boʻlgani kabi ovoz rejissorligi sohasida hamki, davr oʻtishi bilan oʻrganilayotgan obyekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Ovoz rejissorligi boshqa rejissura sohalari kabi ma’lum darajada jarayonni boshqarishi taqoza etadi. Shuningdek, u madaniyat va san’at sohasining barcha jabhalarining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bilan birga yana ba’zi manbalarda ovoz rejissorligi kasbi va uning ijodiy oʻziga xos xususiyatlari haqida quyidagicha fikrmulohozalar keltirilgan. Xususan, ovoz rejissorligi kasbi - ijodiy kasb - badiiy tovush obrazlarini yaratuvchi, tovushning dramaturgiyasini yaratuvchi, yangi tovushlarni yaratib ularni qayta ishlash kabi vazifalarni oʻz ichiga qamraydi. Bu kasbni egallagan inson albatta texnik bilimlarga ham ega boʻlishi kerak. Ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiya va takomillashtirish masalari juda murakkab va katta ilmiy-tahlil ishlarini talab qiladi. Ovoz rejissori doimo oʻz bilim, koʻnikma va malakasini zamonaviy xorij texnologiyalarini oʻrganish orqali boyitib borishi mumkin. Bundan tashqari - fizika, musiqiy akustika, psixologiya, psixoakustika va albatta musiqiy bilimlarga ega boʻlishi kerak. Ovoz rejissori - ovozni yozib oladi, qayta eshittiradi, qayta ishlaydi, texnik asboblar yordamida turli tovushlarni qoʻshadi. Bu kasb kinoindustriyada, musiqiy ovoz yozuvida, teatr, radio va televideniyada, konsertlarda, tovush restavratsiyasida talab qilinuvchi kasbdir. “Haqiqiy ovoz rejissori - haqiqiy artist, ijrochining sirdoshi, fikrdoshi boʻlishi muhim. U shunday sharoit yaratib berishi kerakki, ijrochi unda oʻzining bor imkoniyatlarini toʻkib socha olsin. Buning uchun ovoz rejissori chuqur bilim, betakror did, katta ishlash qobiliyati va albatta iqtidor egasi boʻlmogʻi lozim. Ovoz rejissorligi kasbi klassifikatsiyasining takomillashish masalalari oʻziga xos xususiyatlarga ega. Uni takomillashtirish mediaga oid boʻlib, bu madaniyat va san’at sohasi mahsulotlarining mukammaligiga erishiladi. Ovoz rejissorligining rivojlanishi nafaqat kinomatografiya taraqqiyoti uchun balkim dramaturgiya, grim, rejissura sohalarining ham rivojiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatgan. Bu jarayonlar xususida taniqli san’atshunos olima Abulqosimova “Kino sanʼati asoslari” asarida: kinoning rivojlanib borish jarayonida boʻlajak film syujetini oldindan yozib olishga ehtiyoj tugʻildi. Dastlabki ssenariylar boʻlajak film voqealarini kadrlar boʻyicha muayyan nomerlar bilan yozib olishdan iborat boʻlar edi (texnik ssenariy). Keyinchalik kino uchun asar yozadigan mualliflar teatr dramaturgiyasi tajribasiga murojaat qildilar, shu tariqa ssenariylar pyesaga oʻxshay boshladi. Toʻgʻri, bunday ssenariylarda soʻz juda oz oʻrin egallagan, chunki u vaqtlarda kino ovozsiz edi. Kino ovozli boʻlgandan keyin kinodramaturgiya jadal rivojlana boshladi - deya ta’kidlab oʻtganlar. Shuningdek, Sh. Amanmuradov, D.Mirsaidovalarning “Ovoz rejissyorligi mahorati” asarida ham ovoz kinamatografiyada namoyon boʻladigan elementar koʻrinishlardan avval paydo boʻlgan degan fikrni ilgari suradi. “Ovoz yozuvi kinomatografdan oldin paydo boʻlib, tasvir va ovozni sinxronlashga harakat esa kino yaratilishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Tomas Edisonning hammuallifi Uilyam Diksonning aytishicha, u 1889-yildayoq ovoz va tasvirni birgalikda koʻrsatadigan qurilma - “kinotofonograf’ni ixtiro qilgan ekan. Lekin uning soʻzlarini isbotlovchi hech qanday dalil yoʻq. Boz ustiga, XX asrning boshlariga qadar fonografni eng muhim ixtiro, deb yurgan Edison kinotoskopni fonograf bilan sinxronlash harakatlarini davom ettirgan, ammo qoʻlidan kelmagach, bu ishga boʻlgan qiziqishi soʻnmagan. Kinomatograf rivojlanishining ilk davrlarida ovozli kino hosil qilishga koʻp mamlakatlarda urinishlar boʻldi. Bunga ikkita asosiy muammo halal berardi: birinchisi tasvir va tovushni sinxronlash boʻlsa, ikkinchisi tovushni yetarli darajada baland chiqmasligi edi. Birinchi muammo tovush va tasvirni bitta uskunaga yozish bilan yechilgan boʻlsa, ikkinchisini yechish oson kechmadi. Chunki, tovush diapazonini elektr tebranishlarini kuchaytirib beruvchi qurilma hali kashf qilinmagan edi. Haqiqatan ham filmlarga ovoz kirib kelishi bilan tomoshabinlar auditoriyasi kengaydi, ifoda usullari tamoman yangicha mazmun kasb etdi. Kino hali ovozsiz boʻlgan dastlabki paytlarda aktyorlar ijrosi qisman teatrni eslatib turgan. Sababi, film mazmunini yoritishda asosan ijroga tayanilgan va aktyorlar mimikasi, ifodali harakatlari yetakshilik qilgan. Ovoz filmning ta’sir doirasini yana ham kengaytirdi, maxsus tasmalarga yozib olingan nutq, musiqa, shovqin va boshqa tovushlar yordamida kadrlar “tilga kirdi”. Raqamli va koʻp kanalli ovoz yozuvining rivojlanishi ovoz rejissoriga montaj jarayonida juda koʻp imkoniyatlar ochib bermoqda. Ularni amalga oshirish uchun chuqur musiqiy bilimlar va bejirim did egasi boʻlmoq lozim. Zamonaviy ovoz rejissorligining har qanday yoʻnalashi, yosh ovoz rejissorining shakllanishida individual yondoshishni talab qiladi. Rivojlanayotgan texnika va efirda ovoz bilan ishlashda qoʻllanilayotgan yangi texnologik usullar, TV va RV ovoz rejissoridan tezda yangiliklarga koʻnikish, yangi texnikani oʻzlashtirish va badiiy ta’sirchanlikni qoʻllashni bilishni talab qiladi. Ovoz rejissori sohaga oid barcha texnikani yaxshi bilishi kerak. Ayniqsa ijroning ovozli dizayni uchun ishlatiladigan mayda elementlardan tortib ovoz rejissurasiga oid vositalargacha. Ovoz rejissori texnik jihatdan qanchalik malakali boʻlsa, u shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi va ijodiy muammolarni hal qilishda texnik vositalardan foydalanish mahoratini rivojlantirib boradi. Masalan, teatrdagi ovoz rejissori ikkala ijodni birlashtirishi kerak. Ijodiy va texnik vositalarni boshqarishni. Shuningdek, dramaturgiya, rejissor, aktyorlik va sahna munosabatini aniq his qilishi va shunga qarab harakat qilish texnikalarini egalashi zarur. Hozirgi kunda zamonaviy radio uzatuvdagi ovoz rejissori kasbining koʻpqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat oʻtmishdagilarning boy tajribalarini qoʻllash, shu bilan birga ilgʻor chet davlatlarning tajribalarini ham qoʻllash lozim. Gʻarb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilgʻor ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus oʻquv yurtlarida oʻqitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat boʻlgan oʻquv hajmini belgilash lozim:
musiqiy-texnik bilimlarni egallash;
yangi radiouzatuv texnikasining paydo boʻlishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish.
Bu oʻz navbatida ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun xizmat qiladi. Teleradiouzatuv ovoz rejissorining shakllanishidagi foydali rolni tajribali mutaxassislarning master-klasslari oʻynashi mumkin. Ularning hayotiy misollaridan efirdagi tovush bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon qilishlari yosh ovoz rejissorlariga qoʻl keladi. Teleradiouzatuv yoʻnalishidagi ovoz rejissorlarini tayyorlash jarayonida akustika, musiqiy bilimlar asoslari, teleradio dasturlarni musiqalashtirish, tinglab tahlil qilish, orkestrlash tarixidagi yoʻnalishlar kabi bilimlar asoslari katta ahamiyatga egadir. Bu bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy vazifalarni ham bajarib borish muhimdir: teleradiouzatuv dasturlarining ovozlashtirilishini tahlil qilish va referat shaklida bajarish, kurs ishlari, jonli ijroning texnik ovoz yozuvi, qisqa video koʻrinishni mustaqil ovozlashtirish va boshqalar. Yangi Oʻzbekistonda ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun bir qancha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustda “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ - 3176-sonli qaroriga asosan, yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022- yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Sohada sifatli va milliy qadriyatlarimizga mos ijodiy ishlarni yanada koʻproq yaratish jarayonlariga xolisona qatnashadigan Badiiy kengashning yuqoridagi qaror asosida tashkil etilishi esa katta natija boʻldi. Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda ko’plab kasblar mavjud bo’lib, odam o’z qiziqishlariga, hayot davomida shu kasbidan pul topa olib, yashay olishini ko’ra olishi kerak. O’z kasbini tanlagandan keyin shu kasbni puxta va yaxshilab ham nazariy, ham amaliy o’rganishi kerak. Kasbi o’rganib bo’lgandan keyin aniq maqsad qilgan holda, kuchli intilish va harakat qilishi kerak.
Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə