6- mavzu: ijtimoiy pedagogika asoslari. Reja



Yüklə 72,44 Kb.
səhifə3/9
tarix28.12.2022
ölçüsü72,44 Kb.
#97994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Mavzu

III-Bosqich. Shunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan fanga kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda keng qullanila boshlagan. Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi.
XX asr inson sivilizatsiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob'ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng birinchi navbatda falsafa orqali o’z ta'sirini ko’rsatdi. Ijtimoiy pedagogikaning qator fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta'limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Aynan shu davrda “pedalogiya” — bolani har tomonlama o‘rganish hdqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning asoschilari E. Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner (1854 — 1932, Germaniya), Jon Dyui (1859 — 1952, AQSh), Vilgelm Naylarning (1862 — 1926, Germaniya) nomlarini alohida ta'kidlab o‘tish lozim. G. Kirsheniggeynerning pedagogik nazariyasi maktablarda bolalarning sust qabul qilishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko‘ra isloh qilish g‘oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy-pedagogik qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish kerakligi tashkil etadi. Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Amaliy natija hamda biznesda muvaffaqiyatga erishish mazkur pedagogikaning oliy qadriyatlari hisoblanadi. Jon D'yui xizmatlari shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta'limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilganidadir. Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar orasidagi o‘rni borasida “Bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning bir sohasi bo‘lib qolaveradimi?”, degan masalada bahs-munozaralar davom etmokda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba'zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan.
Masalan G Noll va G Boymer (1920 — 1930 y.) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmagan huquqbo`zarlarning profilaktikasi, deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natorp (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta'riflagan. U ijtimoiy pedagogika xalqning madaniy va ahloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq etadi, deb hisoblagan. Bunaqd tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko‘proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika insonni hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdikdlagan.
XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbo`zarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniyada oliy ma'lumotli ijtimoiy pedagoglar tayyorlana boshlangan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy pedagogik muammolarning global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1959 yilning 20 noyabrida va 1989 yilning 20 noyabrida qabul qilingan «Bola huqukugari Deklaratsiyasi» guvohlik beradi. Unda alohida e'tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali va kam ta'minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga va boshqa bir qator muammolarni hal qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning an'ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmokda. Davlat ta'lim standartlarini va darsliklarni yaratish, mutaxassislar tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlari I to`zish mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida amalga oshirilishi kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQSh kabi davlatlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.

Yüklə 72,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə