6- mavzu: ijtimoiy pedagogika asoslari. Reja


Ota-ona qaramogida bo`lmagan bolalar



Yüklə 72,44 Kb.
səhifə7/9
tarix28.12.2022
ölçüsü72,44 Kb.
#97994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Mavzu

Ota-ona qaramogida bo`lmagan bolalar. Har qanday davlatda, har kanday jamiyatda ham ota-ona qaramorisiz qolgan bolalar bo`lgan, xozir ham mavjud va keyin ham buladi. Bunday xollarda davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi masʼuliyatini o`z zimmasiga oladi.
Ota-onasini yo`qotgan bola bu, haqiqatdan ham, fojia. Ota- onaga ega bulish extiyoji bolaning eng kuchli extiyojlaridan biridir. Ota-onasiz bolalar o`z-o`zidan “yetim”degan maqomni oladilar. “Yetim” va “ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir- biridan farqlanadi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bolalardir. Ijtimoiy yetim bolalar esa biologik ota-onalari bor-u, biroq Ular turli sabablarga ko`ra uning tarbiyasi bilan shurullanmaydilar. Bu xolatda ham unga gamxurlik kilishni davlat o`z zimmasiga oladi. Ijtimoiy yetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo xisoblanadi.
Bola muammolarini o`rganish bilan shurullanayotgan pedagog va psixologlar, xayotining ilk davrlaridanok yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini belgilab berishini aniqlashgan. Ota-onasidan va, umuman, yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojiga katta taʼsir kursatadi.
Bolalik insonning ruxiy bardoshlidigini, xayotga kizikishini, maqsadga intiluvchanligini taʼminlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Bu maʼnaviy xislatlar betartib shakllanmasdan, ota-ona mexri taʼsirida, oilaning bola oldidagi har tomonlama masʼuliyat va majburiyatlaridan kelib chiqib shakllanadi.Etimlikning barcha sabablarini sanab utish mushkul, chunki bu turli fan soxalarning (tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshkalar) olimlari shug`ullanayotgan ko`p jihatli muammolardan biridir. Biroq etimlikning asosiy uchta sababni ajratib ko`rsatishimiz mumkin:
1) ota-onalarning (odatda, onalarning) o`z voyaga yetmagan bolasidan voz kechishi, asosan, gudaklik davridagi boladan voz kechishi;
2) uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo`yilgandan so`ng oiladan majburan ajratib olish;
3) turli sabablar bilan ota-onalarning vafoti.
Bunday holatlarda yetim bolalarni boqish, ularga taʼlim-tarbiya berish va ximoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud.
Vasiylik — voyaga yetmagan yetim bolalarga ular voyaga yetguncha g`amxo`rlik qilish va ularga qolgan mol-mulkka qarab turish, yaʼni maʼnaviy otalik. “Vasiy” deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxsiy va mulkiy xuquqarini kafolatlovchi shaxs tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik kilish ikki yo`l bilan amalga oshiriladi: bolalikka olish yoki davlat qaramojga topshirish.Xomiylik — biror kimsani ximoya etish, tarafini olish. Shuninguchun, “homiylik” deganda, bu kabi majburiyat zimmasiga yuklatilgan shaxs yoki muassasa tushuniladi. Xomiylik yuklatilgan shaxs yoki korxona xomiy” deyiladi.
Shunday qilib, ota-onalar qaramogisiz qolgan bolalarga ota-onalari:
vafot etgan;
— ota-onalik huquqidan mahrum bo`lgan;
— bedarak yo`qolgan;
— muomalaga layokatsiz;
— axloq tuzatish koloniyalarida jazo o`tayotgan;
— jinoyat sodir etishda ayblanib, xisobda bo`lgan;
— bola tarbiyasidan bo`yin tovlayotgan;
— vaqgincha shifo ijtimoiy maskanlarga joylashtirilgan, biroq olib ketilmayotgan bolalar kiradi.
Bolani asrab oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi xisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi, oila esa unga boshqa ism hamberishi mumkin. Oila bolalikka olingan bolaning barcha huquq va majburiyatlarini o`z bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiradi. Bolalikka olish bir nechta bosqichda amalga oshirilishi mumkin bo`lib, bunda avval bolaga shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilinadi, agar buning imkoni topilmasa, u holda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashkarida kidiriladi.

Yüklə 72,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə