6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzular bo`yicha



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/44
tarix18.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#82963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
6-SINF SAVOL JAVOB






Ushbu qo’llanma 6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzular bo`yicha savol – javobdan tarkib topgan.Qo’llanma abituriyentlarni 6-sinf Tarixi darsligi bo’yicha bilimini yanada mustahkamlashga ,takrorlash vaqtini tejashga yordam beradi va sinov jarayonida testlarga javob topishda omad kaliti vazifasini bajaradi.Qo’llanma barcha abituriyentlar va o’qituvchilar uchun mo’ljallangan.



Sizga omad yor bo’lsin!

BO`LIM I.

ENG QADIMGI TUZIMDAN SIVILIZATSIYA SARI

1 §. Qadimgi tarix - sivilizatsiyaning boshlanishi.

1. Аrхеоlоglаr kimlar…? qadim o`tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradigan olimlar.

2. Аntrоpоlоglаr kimlar …? qadimgi odamlarning ularning tashqi ko`rinishini qaytadan yaratadigan, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro`y bergan o`zgarishlarni o`rganadigan olimlar.

3. Etnоgrаflаr kimlar …? hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko`pgina udumlari, xojalik va madaniyat an'analarini o`rgangan olimlar.

4. Lingvistlаr kimlar …? ya'ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo`sunda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadigan olimlar.

5. Mоddiy mаnbаlаr bu…? mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo`li bilan yaratilgan hamma narsalar.

6.O`rtа Оsiyo tаriхi bo`yichа eng qаdimgi mаnbа…? zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir.

8. Behistun qoyalari Erondagi qaysi shahri yaqinida joylashgan.? Kirmonshoh shahri yaqinida

9. Behistun qoyalarida nimalar yozilgan.? zabt etgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, Sogdiyona, Baqtriya davlatlari sanab o`tiladi.

10. Mil. аvv V-аsrdа yashаgаn Gеrоdоt qаysi аsаrni yozgаn? to`qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi.

11. Mil. аvv I-аsr охiridа yashаgаn Strаbоn qаysi аsаrni yozgаn va qayerlik? yunon tarixchisi va geografi "Geografiya" asarini yozgan.

12.Yunon tarixchisi va geografi Straboning asari va u nima haqda.? "Geografiya" asari, unda ko`plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

13. M. аvv II-аsr охiri I-аsr bоshidа yashаgаn Sim Szyan qаysi аsаrni yozgаn va qayerlik.? Xitoy tarixchisi Sim Szyang Xitoy tarixiga doir "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan.

14. Xitoy tarixchisi Sim Szyang "Tarixiy yilnomalar" nomli asarida yana nimalar keltirilgan.? U yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to`grisida ham ma'lumot beradi.

13. Milоdiy I- аsrdа yashаgаn Kvint Kursiy Ruf qаysi аsаrni yozgаn va qayerlik.? Rim tarixchisi "Buyuk Aleksandr tarixi" degan asarni yozgan.

14. Milоdiy II- аsrdа yashаgаn Аrriаn qаysi аsаrni yozgаn va qayerlik.? yunon tarixchisi Arrian "Aleksandrning harbiy yurishlari" degan asarni yozgan.

16. Qaysi asrlarda yunonlar yurtimizning aholisi, viloyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo`lganlar.? Miloddan avvalgi VI—V asrlarda

18. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqichi ….? Ibtodoiy to’da

19. Ibtidоiy to`dа bu…? turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.

20. Urug` bu ...? birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy jamoa mehnat qurollari va qurol-yaroqlarga ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir.

21. Dastlabki urug` jamoalari kim boshqargan.? Ona boshqargan(Matriarxat).

24. Mаtriаrхаt bu...? eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bolib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug va oila boshligi ayol kishi bolgan.

25. Qaysi omil urug’ sardori erkak bo`lishi olib keldi.? mehnat qurollari va xojalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi.

26. Pаtriаrхаt bu...? insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bolib, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.

27. Insоniyat tаriхi ibtidоsi “tоsh dаvri” dеb аtаlаdi. Bu dаvr qаysi bоsqichlаrgа bo`linаdi?

— qadimgi tosh asri — paleolit (yunoncha "paleos""qadimgi" va "litos" "tosh" sozlaridan);

— o`rta tosh asri — mezolit ("mezos" "Orta");

— yangi tosh asri — neolit ("neos" "yangi");

— mis-tosh asri — eneolit (lotincha "eneus" "mis" va yunoncha "litos" "tosh" sozlaridan).

28.

29.

30.



2-§. Eng qadimgi odamlar rivojining ilk bosqichlari.
1. Odamning ilk ajdodlari qayerdan topilgan.? Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasi(Tanzaniya).

2. Janubiy Afrikadan — avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan, Olduvay darasidan — zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) — pitekantrop, Xitoy hududidan — sinantrop va Farg`ona vodiysidagi Selung`ur manzilgohidan, Germaniyadan — neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g`oridan — hozirgi qiyofadagi odam — kromanyon topib tekshirilgan.

3. Yer yuzida iqlim iliq bolgan kezlarda odamlar manzilgohlari qayerda bo’lgan.? kichkina daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan edi.

4. Ilk paleolitning so`ngi davrida…? Buyuk muzlash boshlandi.

5.O`rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlarda topilgan.? Farg`ona vodiysidagi Selung`ur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Kolbuloq manzilgohidan

6. Chopperlar bu…? qopol tosh qurollarining uchi bir tomonga qaratib otkirlangan tosh.

7. Tabiat insonga nimani inom etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg`uloti bu.? termachilik va ovchilik yani o`zlashtiruvchi xo'jalik deb ataladi.

8. Teshiktosh g`ori…?. Qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g`oridan 3000 mingga yaqin tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan.

Teshiktosh g`oridan qazib olingan, tosh asriga mansub 8—9 yashar bolaning suyaklari

qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odam suyak qoldiqlariga kamdan-kam hollarda duch keladilar. Bola jasadi qabriga ko`milgan. Jasad atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog`liq.

9. Dаslаbki оdаmlаrni hаyvоnоt dunyosidаn fаrqi.? fikrlash qobiliyati va tafakkurda

10. Аnimizm bu ..... insonni o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish.

11. Fеtishizm bu .....? Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ishonish.

12. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qayerlardan topilgan.? Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko, Boshqirdistondagi Kapova g`orlaridan topilgan.

14. Qоyatоsh rаsmlаri qаchоn vujudgа kеlgаn.? So`nggi paleolitda

15. Totemizm? Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon


yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga
ishonish


3-§. Urugchilik jamiyati.
1. So`nggi paleolit davri.? Miloddan avvalgi 40—12 ming yilliklar

2. So`nggi pоlеоlit ( 40-12 ming ) dаvridа tоshgа ishlоv bеrish …? texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o`zgardi. Odamning o`zi ham, tashqi qiyofasi ham o`zgarib bordi.

3. Хоzirgi qiyofаdаgi оdаm va qаchоn yashаgаn.? Kramanyon, Songgi pоlеоlit ( 40-12 ming ) dаvridа

4. So`nggi pоlеоlit dаvri оdаmi mаnzilgоhlаri qаysi hududlаrdа tоpilgаn.? Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko`lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek, Farg`ona vodiysidan topilgan.

7. So`nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi nima bo`ldi.? Turаr jоylаr qurish

8. Kiyim- kеchаk tаyyorlаsh qаchоn bоshlаngаn.? So`nggi paleolit davrida

9. Sun’iy оlоv qаchоn kаshf etilgаn.? So`nggi paleolit davri

10. Mеzоlit so`zining mа`nоsi.? O`rta tosh asri

11. Mеzоlit dаvri.? miloddan avvalgi 12-7 mingyilliklar

12. Mеzоlit (12-7 ming) dаvri bоshlаnishi bilаn ...? Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi.

13. O`q-yoy qаchоn kаshf etilgаn.? Mezolit davrida (12-7 ming )

14. Dastlabki qo`lga o`rgatilgan hayvon.? It

15. It qаchоn qo`lgа o`rgаtilgаn.? Mezolit davrida (12-7 ming )

16. Оld Оsiyodа ibtidоiy zirоtchilik vа chоrvаchilik qаchоn vujudgа kеlgаn.? Mezolit davri oxirida

17. Mezolit davri oxirida Оld Оsiyodа xo`jalikning yangi tarmoqlari... vujudga keldi.? Ibtidoiy ziroatchilik va choqvachilik

18. Muzlik chekinishi bilan urug` jamoalari nafaqat Osyo va Afrika hududlarida, balki … ham keng joylasha boshladilar.? Yevropa shimolida.

19. Mezolit davriga oid yuzdan ziyod manzilgohlar ochilgan. Bular..? Farg`ona vodiysining tog`oldi va tog`liq tumanlarida hamda Toshkent vohasi hamda O`zbekiston janubida bunday manzilgohlar ko`plab uchraydi. Obishir, Qo`shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o`rganilgan.

20. Оbshir, Qo`shilish, Mаchаy mаnzilgоhlаri qаysi dаvrgа оid.? Mezolit davrida

21. Zаrаutsоy dаrаsidаn nimа o`rgаnilgаn.? qoyatosh rasmlar.

22.Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlari, O`zbekiston hududidagi ko`llar va daryolar sohili mezolit davri kimlar ko`chib kelib o`rnashgan maskanlarga aylandi.? ovchilar va baliqchilar

23. Nеоlit dаvri (yangi tosh )asri qаysi yillаrni o`z ichigа оlаdi.? miloddan avvalgi VIIV ming yilliklarni

24.Arxeologlar neolit davri boshlanishini nima bilan belgilaydi.? Sopol idishlar yasashning kashf etish bilan.

25.O`zlаshtiruvchi ho`jаlikdаn ishlаb chiqаruvchi ho`jаlikgа qаchоn o`tilgаn.? Neolit davrida

26.Mеzоlit vа Nеоlit dаvridа оdаm …? toshdan kichik mehnat qurollari — mikrolitlar yasashni, toshga ishlov berishning odam tanish bo`lmagan usullarini: silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo`llay boshladi.

27. O`trоq turmush tаrzigа o`tish, dоimiy turаr jоylаr qurish qаchоn bоshlаngаn.? Neolit davrida

28. Pахsа imоrаtlаr qurish qаchоn bоshlаngаn.? Neolit davrida

29. Kulоlchilik qаchоn vujudgа kеlgаn.? Neolit davrida

4-


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə