6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzular bo`yicha



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/44
tarix18.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#82963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
6-SINF SAVOL JAVOB

9-§. Piramidalar va daxmalar.

1. Pirаmidа – bu…? fir'avnlar dafn etiladigan joy —maqbaralar bo`lgan.

2. Pirаmidаlаr qаysi pоdshоliklаr dаvridа bаrpо etilgаn.? Qadimgi va O`rta podsholiklar davrida

3. Memfis shаhri аtrоfidа jоylаshgаn eng mаshhur ibоdаtхоnаlаr qаysi.? Xufu, Xafra va Menkaura

4. Eng katta piramida.? Xufu

5. Хufu pirаmidаsi qаchоn qurilgаn, bаlаndligi.? Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida har biri ikki tonnadan og`irroq bo`lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniqlik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o`rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydi. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud bo`lgan.

6. Sаrkоfаg – bu…? fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut

7. Dаhmаlаr ichidаgi bitiklаrdа nimаlаr yozilgаn.? munojotlar va qarg`ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir'avnni himoya qilishi va o`zga hayotga o`tayotganida unga yordam berishi mo`ljallangan.

8. Yirik piramidalarni o`rtacha necha yil ichida qurilgan.? 20 yil davomida

9. Piramidalarni nima qo`riqlaydi.? sfinks

10. Sfinks – bu…? tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo`lgan ulkan haykallar qo`riqlaydi.

11. Yangi pоdshоlik dаvridа pirаmidаlаr qurmаy qoyishdi, fir’аvnlаrni…? tog`larga o`yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo`lishdi. Ularga kiraverish yo`llarini bekitib tashlashgan.

12. Eng mashhur maqbara fir'avn ... tegishli bo`lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig`maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan.? Tutanxamonga

13. Оsiris mаrhumlаrni qаndаy sud qilgаn.? Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo`yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo`ladi, u vafot etganidan so`ngra ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo, yurak og`irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo`lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo`ladi.

14. Odatda mumiyolash qariyb necha kun davom etgan.? 70 kun

15. Kimning sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami aholisi ishtirok etgan.? Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga

16.Bаstеt – bu…? go`zallik ilohasi ( gavdasi mushuk ko`rinishida)

17. Qumursqalar orasida alohida hurmat-e'tiborga sazovorga ega. Misrliklar Yer shari ham …. dumalatib borayotgan dumaloq narsa singari osmon kengliklarida aylanib, kezib yuradi, deb hisoblashgan.? qoraqo`ng`izni



10--
Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə