6 Ma`ruza: Nafas-olish tizimi


O`pkaning tiriklik sig`imi



Yüklə 101,6 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2023
ölçüsü101,6 Kb.
#114388
1   2   3   4
6 Ma`ruza Nafas-olish tizimi

O`pkaning tiriklik sig`imi.
O`pkaning tiriklik sig`imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o`pkalarga, ya`ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch holda nafas olganda, uning o`pkalariga o`rtacha 500 ml havo kiradi va nafas chiqarganida 500 ml havo chiqariladi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olganida yuqoridagi 500 ml havodan tashqari, o`pkalarga yana 1500 ml havo kiradi. Chuqur nafas chiqarganda, xuddi shuncha (1500 ml) havo chiqariladi.Bunga qo`shimcha havo deyiladi. Agar odam chuqur nafas chiqarib, so`ngra chuqur nafas olsa, nafas havosi va qo`shimcha havodan tashqari o`pkaga yana 1500 ml havo kiradi. Bunga rezerv havo deyiladi. Shunday qilib, nafas havosi (500 ml) qo`shimcha havo (1500 ml) va rezerv havo (1500 ml) lar yig`indisi o`pkaning tiriklik sig`imi deyiladi. Bu erkaklarda o`rtacha 3500 ml, ayollarda 3000 ml bo`ladi.
O`pkalarning tiriklik sig`imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xil bo`ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O`pkalarning tiriklik sig`imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so`ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki tsilindrining yuqoriga ko`tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko`rsatgan raqamiga qarab, o`pkalarning tiriklik sig`imi qancha ekanligini bilish mumkin.
Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanuvchi, chiniqqan odamlarda o`pkaning tiriklik sig`imi ortib, 4500 -6500 ml ga etadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanmaydigan odamlarda o`pkaning tiriklik sig`imi, yuqorida ko`rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo`lishi mumkin. O`pkalar tiriklik sig`imini kam yoki ko`p bo`lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.
O`pkalar ventilyatsiyasi. Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 l atmosfera havosi o`pkalarga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda o`pkalarga kirgan dava miqdoriga ko`paytirilsa, o`pkalarning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch xolatda o`pkalarning minutlik ventilyaniyasi 8-9 litrga teng. Masalan, bir minutda 6 marta nafas olinsa, har bir iafas olganda o`pkaga 500 l havo kiradi: 16*500=8,000 ml.

Yüklə 101,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə