6-mashg‘uIot. Baliqlar (Pisces) katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi vakili Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi. Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata Kenja tip


-rasm. Akula bosh skeletining ustki tomondan ko‘rinishi



Yüklə 277 Kb.
səhifə3/5
tarix21.06.2022
ölçüsü277 Kb.
#89852
1   2   3   4   5
6-lab zoo

22-rasm. Akula bosh skeletining ustki tomondan ko‘rinishi:
1-rostrum (tumshuq), 2-ko‘z kosasi, 3- eshituv kapsulasi, 4-ensa bo‘limi, 5-miya qopqogM, 6-tanglay-kvadrat tog‘ayi, 7-til osti yoyi, 8-jabra yoylari.

Visseral skelet bo‘g‘imlarga bo'lingan, harakatchan bir qancha juft tog‘ay yoylaridan iborat. U uch qismga: 1) jabra yoylari, 2) til osti yoyi va 3) jag‘ yoylariga boiinadi.


Aksari akulalaming til osti yoyi orqasida besh juft jabra yoylari bo‘ladi. Ularning har qaysisi bir-biri bilan harakatchan birikkan to‘rt juft tog‘ay elementlardan iborat. Har qaysi jabra yoylarining ustki elementlari elastik paylar orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. 0‘ng va chap tomonlardagi jabra yoy- larini esa ostki tomondan bir-biri bilan toq tog'ay — kopula birlashtiradi. Ko‘pchilik akulalarda kopulalar qo‘shilib, bitta toq plastinkaga aylangan, bu hoi jabra apparatining ostki tomondan mustahkam bo'lishini ta’minlaydi. Jabra yoyining oldida til osti yoyi, boshqacha aytganda gioid yoyi bor, odatda u faqat ikki juft va bitta toq tog‘aylardan iborat boiadi. Til osti yoyining ustki juft elementi boshqa boiaklarga qaraganda katta boiib, giomandibulyar tog‘ay, uning ostidagi juft tog‘ay giod tog'ay, o‘ng va chap giodlami pastki tomondan o‘zaro biriktiruvchi toq tog‘ay esa kopula deb ataladi. Miya qutisining eshitish boiimiga giomandibulyar tog'ayning ustki qismi, pastki qismiga esa harakatchan tarzda jag‘ yoyi birikadi.Shunday qilib, giomandibulyar tog‘ay osmalik vazifasini bajaradi, jag‘ yoyi uning yordamida miya qutisiga birikadi. Jag‘ yoyining bunday tipda miya qutisi bilan birikishi shos- tiliya tipdagi birikish deb ataladi.Jag‘ yoyi faqat ikki juft tog‘aydan iborat. Bu tog‘aylaming ustkisi yuqori jag‘ - tanglay-kvadrat tog'ay, pastki jag‘ vazifasini bajaruvchisi esa mekkel tog'ayi deb ataladi. O'ng va chap tanglay - kvadrat tog'ay va mekkel tog'aylari oldingi tomondan ham o'zaro bir-biriga qo'shiladi (23-rasm).


23-rasm. Akula bosh skeletining yon tomondan ko ‘rinishi:
1-eshituv kapsulasi, 2-ko‘z kosasi, З-hidlov kapsulasi, 4-rostrum tog‘avlari, 5- 8-jabra yoylari, 9-jabralararo to‘sqichni tutib turadigan qil tikanlar, 10-gioid, 11- giomandibulyar tog'ayi, 12-tanglay-kvadrat tog‘ayi, 13-mekkel tog‘ayi, 14-lab tog‘aylari.
Ko'pchilik akulalar jag‘ yoylarining har qaysi tomonida bir juftdan lab tog'aylari deb ataluvchi mayda tog'aychalar joylashgan. Lab tog'aylarning borligi jag‘ yoyi birinchi visseral yoy boimasdan, balki uchinchi visseral yoy ekanligini ko'rsatadi, chunki birinchi va ikkinchi jag‘ oldi yoylari reduksiyalangan.
Suzgich qanot skeletlari toq suzgich qanotlar skeleti bilan juft suzgich qanotlar skeletiga boiinadi.
Toq suzgich qanotlar (orqa va dum) ichki hamda tashqi skeletdan iborat (tikanli akulaning toq anal suzgich qanoti yo‘q).
Akula dum suzgich qanotining (24-rasm) pallalari bir xilda emas: ichida o'q skeletining davomi boigan ustki pallasi uzun va katta, ostki pallasi kichkina bo'ladi. Bunday tipdagi dum suzgich qanot geterotserkal qanot deb ataladi. Dum suzgi- chining ichki skeleti bir qator tayoqchasimon tog'aylar — ra- dialiyalardan iborat bo'lib, ular dum umurtqalarining yoyla- riga birikadi. Tashqi skeleti teridan hosil bo'lgan va suzgich qanotning o'zinigina tutib turadigan bir qancha elastik iplar- dan iborat.

Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə