6-mavzu: ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari reja



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/5
tarix18.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#106095
1   2   3   4   5
6-mavzu ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish x

Axloqiy norma va tamoyillarning ma’lum tizimini о‘zlashtirish jamiyat va boshqa odamlar oldida ma’suliyat hissi, hamdardlik qobiliyati, dо‘stlik va muhabbat ehtiyoji, о‘rtoqlik hissi va axloqiy-siyosiy hislar kabi yuksak axloqiy hislarga aylanadi.
  • Ilk о‘spirinlik davrida dо‘stlashish muammosi
  • Dо‘stlik – ilk о‘spirinlik davridagi shasxlararo munosabat va hissiy bog‘lanishning muhim turidir. О‘spirinlik Yoshida о‘quvchilarda о‘rtoklik hissining rivoj topishi xarakterlidir.
  • О‘spirinlik Yoshidagi dо‘stlik kо‘pincha butun umr bо‘yi davom etadi. Ilk о‘spirinlik davridagi dо‘stlikning psixologik qonuniyatlari о‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi.
  • О‘spirinlar dо‘stlik, samimiylik, emotsional sofdillik kabi hislatlarni birinchi о‘ringa qо‘yishadi. Dо‘stlar bir-birlari bilan yuraklarini bо‘shatadilar. Dо‘stlarga samimiy mehribonlik shaxsining reflektivlik darajasiga hamda uning emotsional hayot xususiyatlariga bog‘liqdir.О‘spirin hamma vaqt rostgо‘y, samimiy bо‘lishni istaydi
  • Ilk о‘spirinlik davridagi dо‘stlikning mezonlarini aniqlash uchun ularga quyidagi bir necha tugallanmagan gaplar taklif etiladi: “Dо‘st – bu...”, “Dо‘stim bilan men kо‘pincha....”, “Dо‘st va о‘rtoq bir emas, chunki ular ...”. Bunda dо‘stlikning ikkita bosh mezoni aniqlandi: birinchisi о‘zaro yordam kо‘rsatish va sodiqlik; ikkinchisi – psixologik yaqinlik (“...meni tushunadigan”; “ ...meni yaxshi kо‘radigan”, “...hamma narsa haqida gaplashish mumkin” va h.). Birinchi tipdagi javoblar kо‘p uchrasa-da, Yosh ulg‘ayishi bilan, ayniqsa 18-19 Yoshlilarda psixologik yaqinlik ehtiyoji ortadi. Bu ehtiyoj qizlarda о‘g‘il bolalarga nisbatan, shahardagi ilk о‘spirinlarda qishloqdagi tengdoshlariga nisabatn kuchli namoyon bо‘ladi.
  • Kattalar bilan dо‘stlashish ular uchun qadrlidir. Kattalar bilan emotsional aloqaga kirish ehtiyoji ba’zan о‘z hayotiy ideallarini topgandek, ularga berilib ketishga ham olib kelishi mumkin. Lekin tengdoshlari bilan dо‘stlashish ehtiyoji undan-da kuchli namoyon bо‘ladi. ”Kim bilan dо‘stlashishni hoxlarding, о‘zingdan kattalar bilanmi, tengdoshlaring bilanmi, yoki о‘zingdan kichiklar bilanmi?” degan savolga ilk о‘spirinlarning kо‘pchiligi (75-85 %) tengdoshlarini tanlashgan, kattalarni (11- 20%), hamda kichiklarni juda kam (1-4 % ) tanlashgan. Qizlar ham kо‘pincha tengdoshlarini tanlashgan, lekin kо‘pincha kattalarni ham tanlashgan(39-50%), о‘zlaridan kichiklarni hech tanlashmagan. (I.S.Kon va V.A.Losenkov tadqiqotlari natijalari)
  • Ilk о‘spirinlarda kuchli va chuqur his bо‘lgan sevgi hissi aks ettirilgan, kishiga yaxshi ta’sir kо‘rsatadigan badiiy adabiyot, kinofilm va teatrlarga zо‘r qiziqish paydo bо‘ladi. О‘z hissiyotlarini о‘zi ham qog‘ozda bayon qilish, kо‘pincha she’riy shaklda izhor etish ehtiyoji tug‘iladi. Mabodo ana shunday hislar akademik litsey va kasb-hunar kolleji о‘quvchilarida paydo bо‘lsa, unga qanday munosabatda bо‘lish kerak? Ayrim о‘qituvchilar о‘quvchilarda ana shu hisning paydo bо‘lishidan kо‘pincha chо‘chiydilar va asabiylashadilar. Ular bu tuyg‘uda “yomon berilib ketishlik”ni, “bemavrid va zararli sevgini” kо‘radilar, bu о‘qishga va jamoat faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, deb hisoblaydilar. Tanalar, boshqacha nazar bilan qarash va mashara qilishlar, “baloning oldini olish”, “ta’qiq etilgan munosabatlarga chek qо‘yish”, “yо‘l qо‘ymaslik” kabi nojо‘ya urinishlar boshlanadi. Bu hisga kо‘pincha salbiy munosabatda bо‘ladilar
  • О‘spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog‘liq.
  • Ikkinchidan - ishonadigan, suyanadigan va har qanday nozik masalalar bо‘yicha gaplashish mumkin bо‘lgan dо‘stga ehtiyoj;
  • uchinchidan - bu tabiiy insoniy ehtiyoj hisoblanib, inson kо‘pincha о‘zini yolg‘iz his qilganida kuchli emotsional bog‘liqlikka intiladi.
  • О‘spirinlar tasavvuridagi ideal kimnidir yoqtirishiga, sevishiga turtki bо‘ladi. О‘spirinlarning ideal obrazlari ba’zan real bо‘lmaydi, ya’ni ular hech kimni «unga» о‘xshatmaydilar. Bu esa ularda ishonchsizlik hamda yolg‘izlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin. Ilk о‘spirinlarga shu mavzuda badiiy adabiyotlar о‘qish, kinofilmlar, teatrlar tomosha qilishni tavsiya etish hamda Yoshi ulug‘ kishilar bilan suhbatlar о‘tkazish, ularga о‘zlarini kelgusi hayotlarini о‘zlariga mos turmush о‘rtoqlar topish masalasiga jiddiyroq yondoshishlariga yordam beradi.
  • О‘spirinlarni hali tо‘la katta deb hisoblab bо‘lmaydi, chunki ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va о‘z kelajaklariga munosabatlarida kо‘zga tashlanadi. Kо‘pchilik о‘spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondoshadilar. Bu davr о‘spirinning axloqan о‘zо‘zini anglashi va barqaror “Men” obrazining shakllanishi Shuningdek, axloqning yangi bosqichiga о‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu anglash oddiygina о‘sishdan iborat bо‘lib qolmasdan, u sifat jihatdan о‘ziga xos xarakterga ega bо‘ladi, bu hol о‘z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini qonkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog‘langandir. Ilk о‘spirinning о‘zini о‘zi anglashi о‘smirning о‘zini-о‘zi anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana shu narsa ilk о‘spirinlarda о‘zining psixik hayotiga, о‘z shaxsining sifatlariga, о‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, xuddi Shuning uchun ham о‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, о‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bо‘ladi

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə