6-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish. Reja


-Mavzu: Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish



Yüklə 53,51 Kb.
səhifə3/9
tarix08.01.2022
ölçüsü53,51 Kb.
#82705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Mavzu Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarn (1)

8-Mavzu: Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish.

Reja:

1. Ta’lim jarayoniga alohida yondoshish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullari

2. MTMning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtirish.

Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e’tibori barcha bolalarning maktabgacha ta’lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to‘liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta’limiga to‘laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o‘ziga xosdir. Bu o‘ziga xoslik maktabning ta’ lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko‘chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o‘qitish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni og‘ishmay shakllantirishga yo‘llangan faoliyat va xulq-atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.

Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xii faoliyatlarida: o‘z-o‘ziga xizmat qilishda, navbatchi likda, tabiat qo‘ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo‘la boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.

Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg‘ulotlarni bajonidil bajarish, o‘z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o‘stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak.

Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilib boradi.

Ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta’limiga xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jaryonlarini rivojlantiradi. Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar ma’lum izchillik bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko‘rsatmasi va namunasi bo‘yicha ish-harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda qo‘llashga, o‘zining xulqi, ishi, hatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri baholashga o‘rganib boradilar.

Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish va ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o‘z ishida yaxshi natijaga intilishi, ma’lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.

Tarbiyachi mashg‘ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o‘ziga xos xususiyatlami e’tiborga oladi.

Ta’lim jarayoniga alohida yondoshish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, bola biror narsani o‘zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi o ’zllashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi.

Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llaniladigan metodlarning o‘ziga xos tomoni bor. Ko‘rgazmali metodlar bu erda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash faol iyatini faollashtirish uchun ham qo ’llaniladi. Masalan, manzarali rasm chizish mashhg‘ulotida namunan ko‘rsatishdan mashg‘ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashug‘lotning oxirida esa o‘zining bajargan ishini, rasmni to‘g‘ri bajarganini tekshi rish uchun namuna bilan taqqoslab ko‘rish maqsadida foydalaniladi.

Bilimlarni bolalar puxta o‘zlashtirib olshishlari, ta’lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o‘yin metodlarini ko‘rgazmali metod bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishda og‘zaki metod katta ahamiyatga ega. O‘yin metodlari, ayniqsa didaktik o‘yinlar metodi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi . Chunki ta’lim o‘yinlar, ayniqsa didaktik o‘yinlar orqali olib borilgan bolalar o‘quv vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi.

Bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda tahlil qilish: solishtirish, taqqoslash, nazorat qilib borish o‘quv faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi namuna beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin bolalar o‘zlari va o‘rtoqlarining ishini mustaqil tahlil qil ib, uni baholaydigan bo‘lib qoladilar. Balalardagi o‘z-o‘zini tekshirish malakasini tarbiyalash uchun tarbiyachi bolalarga o‘rtog‘i ishni qanday bajarganligini gapirib berishni taklif etadi va yo‘l-yo‘lakay "Sen uning ishni qanday bajarganini qayerdan bilib aiding?", "Nima uchun shunday deb o‘ylaysan?" kabi savollarni berib boradi.

Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning mashg‘ulotda uyushqoqlik bilan shug‘ullanishlariga talab ortadi. Bolalarning ish joyini tayyorlab olish, kerakli materiallarni to‘g‘ri joylashtirish, ishni ma’lum ketma-ketlik bilan bajarish kabi malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi. Shuning uchun bolalarni bo‘lajak faoliyat uchun zarur bo‘ladigan ana shu ishlarga o‘rgatib boriladi. Bolalami magshg‘ulotlardagi xulqiga ham talab ortadi. To‘g‘ri o‘tirish, o‘zini batartib tutish diqqat bilan quloq solish, boshqalarning gapini bo‘lmaslik, o‘rtoqlarining javobini to‘ldirish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.

Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi murakkablashadi o‘z tengdoshlari va kattlar bilan munosabati shakllantiriladi, insoniy xislarni tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab olishlariga, kundalik hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni hal qilishga e’tibor beriladi.

Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va MTMning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomilda 3 marta o‘tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular MTM bolalariga o‘zlarining maktabdagi o‘qishlari, ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarini bajarayotganl iklarini ko‘ rsatadilar.

O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni bog‘cha bolalariga sovg‘a qilishadi;

maktabda o‘qiyotgan bolalar o‘z bog‘chasiga kelishadi;

"Maktab" o‘yinini tashkil etish.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va bosh lang‘ich sinf o‘quvchisi faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTM o‘rtasidagi aloqa mustaxkam bo‘lgandagiga bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishi mumkin.


Yüklə 53,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə