6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi


 Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
New words
1. Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari 

va ustuvor yo’nalishlari.

 

 

O’zbekistonning  hayoti  deyarli  130  yil  mobaynida  chor  Rossiyasiga,  Sovet  tuzumiga, 



hokimiyat  tepasiga  kelib-ketib  turgan  rahbarlarning  g’ayriinsoniy  siyosatiga,  jamiyatdagi 

hukmron partiya tutgan yo’lga bog’liq bo’lgan.

 

Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik 



turmushiga daxldor bo’lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o’z zimmasiga olgani 

uchun  mamlakat  taraqqiyoti  sustlashib,  xalq  turmush  darajasi  kundan-kunga  pasayib  borgan. 

Davlatlatlashtirilgan  iqtisod  defitsitli  iqtisodga  aylandi.  Mustaqillik  arafasida  eng  zarur 

tovarlarning  ilgari  sezilmagan  taqchilligi  shiddat  bilan  kuchayib  bordi.  Defitsit  za-monaviy 

tovarlar  u  yoqda  tursin,  hatto  kundalik  ehtiyoj  tovarlarni  ham  qamrab  oldi,  inflyatsiya  jarayoni 

kuchaydi.  Iqtisodiyotdagi  obyektiv  qonuniyatlarning  ko’r-ko’rona  inkor  egilishi  ishlab 

chiqarishning o’sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo’rayishiga 

sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o’rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan 

oqilona  foydalana  bilmaslik,  uning  o’rniga  ma‘muriy  taqsimlashga  asoslangan  partiya-davlat 

boshqaruv  tizimining  cheksiz  hukmronligi  xalqning  bunyodkorlik  xislatlari  yo’lida  to’g’anoq 

bo’ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo’jalik aloqalarining uzilishi ishlab 

chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.

 

Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O’zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan 



mavjud  vaziyatdan  chiqib  ketishi  ancha  qiyin  edi.  Chunki  respublikada  ko’p  yillar  davomida 

shakllangan xalq xo’jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o’rnatilgani, xom ashyo 

resurslarinint  Ittifoq  ehtiyojlari  uchun  ayovsiz  ishlatilishi,  texnologik  jihatdan  oxiriga 

yetkazilmatan  va  ishlab  chiqarishning  xom  ashyo  yoki  yarim  tayyor  mahsulotni  tayyorlashga 

moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa 

bir  qator  sabablar  respublikaning  markazga  qaramligini  mustahkamlab,  import  mahsulotlarga 

bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.

 

Respublikada  yuzaga  kelgan  bunday  holatni  O‘zbekiston  Respublikasi  (keying  o‘rinlarda 



O‘z.R)ning  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  tahlil  qilib,  shunday  degan  edi: 

"Bir  necha

 

o’n

 

yillar  davomida  respublikada  ssenariysi  uzoq  markazda  to’qilgan  qarorlar  amalga  oshirildi, 

"kampaniya"lar  o’tkazildi.  O’zbekistonning  chinakam  manfaatlari,  o’ziga  xos  sharoiti  va 

imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo 

tuzilmasi  shakllandi.  Respublika  ayrim  xom  ashyo  turlarini,  yoqilg’i,  asbob-uskunalar  va 

texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini 

chetdan  keltirishga  majburdir" 

(Karimov


 

I.A.


 

O’zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,



 

mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 61).

 

Mustamlakachilik siyosati oqibatida O’zbekiston iqtisodi zaif bo’lgani holda, o’z yeridagi 



boylikni  o’zi  tasarruf  etish  huquqidan  ham  mahrum  edi.  O’zbekistonning  yer  osti  boyliklari 

umumittifoq  mulki  deb  qaralar,  hatto,  "




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə