6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
...  oltin,  qimmatbaho  va  rangli  metallar,  strategic 

ahamiyatga  ega  materiallar,  jahon  bozorida  o’ta  xaridorgir  bo’lgan  boshqa  qimmatbaho 

mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  sotishdan  keladigan  foyda  O’zbekiston  xazinasiga  tushmas 

edi"

(Karimov I.A. Biz kelajagimizni



 

o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j. -T.:



 

O’zbekiston, 1996.



 

B. 


371).  Faqat  sovet  davrining  so’nggi  15  yili ichida  kamida  35  milliard  dollarlik  boylik  paxta  va 

oltin  Markaz  ehtiyoji  uchun  olib  chiqib  ketilgan.  Ular  O’zbekistonning  milliy  manfaatlariga 

xizmat qilmas edi, albatta.

 

Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o’zining ko’plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi 



mavjud  yetishmovchiliklarni  o’z  bo’ynidan  soqit  qilish  maqsadida,  oziq-ovqat,  xalq  iste‘moli 

mollari  va  moddiy  resurslar  bilan  ta‘minlashni  ittifoqdosh  respublikalar  zimmasiga  majburan 

yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash 

tadbirlarining  natura  (mahsulot  bilan  ayirboshlash)  shakliga  o’tishiga  olib  keldi,  mintaqaviy 

xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jarayonlarga turtki bo’ldi.

 



Yillar  davomida  to’planib  qolgan  va  hal  etilmagan  ana  shunday  ijtimoiy-iqtisodiy  va 

ekologik  muammolar  oxir-oqibatda  respublikada  tanglik  holatini  yuzaga  keltirdi. 



"Bugun  ochiq

 

aytaversak ham bo’ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko’p narsalarda uzilish bo’lib, 



juda  og‟ir  ahvolga  tushib,  naq  ocharchilik  ostonasida  turar  edik" 

(Karimov  I.A.



 

O’zbekistoi: 

milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 3).

 

O’zbekistonni  bunday  iqtisodiy  tanglikdan  taraqqiyot  yo’liga  chiqarish  uchun  mamlakat 



iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o’tish taqozo 

etilardi.  Shunday  o’ta  og’ir  vaziyatda,  Islom  Karimov  O’zbekiston  rahbari  etib  saylanganining 

ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so’zlab, respublikada vujudga kelgan 

murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  vaziyatga  obyektiv  baho  beradi  va  uning  kelib  chiqish  sabablarini 

chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: 

"Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz

 

va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” 

(Karimov I.A.

 

O’zbekiston



 

mustaqillikka 

erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston, 2011. B. 32-45).

 

O’zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. 



O’zbekistonning  yangi  tarixida  birinchi  dastur  1990  yil  oktabr  oyida,  O’zbekiston  SSR  Oliy 

Sovetining  uchinchi  sessiyasida  qabul  qilindi,  u  "O’zbekiston  xalq  xo’jaligini 

barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb 

nomlanadi.

 

Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:



 

-

 



aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;

 

-



 

respublika 

fuqarolarining 

hamjihatligini 

ta‘minlash, 

millatlararo 

do’stona 

munosabatlarni mustahkamlash;

 

-

 



O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng 

huquqli va o’zaro manfaatli asosda qayta qurish;

 

-

 



boshqarishdagi  buyruqbozlik  usulidan  voz  kechib,  iqtisodiy,  ya‘ni  manfaatni  hisobga 

oladigan boshqarish usullariga o’tish;

 

-

 



moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko’rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi 

yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;

 

-

 



turli mulkchilik shakli va xo’jalik yuritishga o’tish;

 

-



 

suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;

 

-

 



o’z  tabiiy  va  moddiy  resurslariga  tayangan  holda  ishlab  chiqarishning  bir  yoqlama 

rivojlanishiga chek qo’yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.

 

Dasturda  yuqorida  sanab  o’tilgan  chora-tadbirlarni  3  bosqichda  amalga  oshirish 



mo’ljallangan edi:

 

birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni 



amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo’yish (1990-1992 yillar);

 

ikkinchi  bosqich  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  belgilarini  shakllantirish,  unga  asos  solish 



(1992-1993 yillar);

 

uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo’jalik yuritish usullarini keng quloch 



yoydirish (1994-1996 yillar),  

Bu dasturda yetti yil davomida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda 

tutilgan bo’lib, uni siyosiy mustaqillik yo’lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy 

tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. 

Ushbu dastur amalga oshmagan bo’lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O’zbekiston 

rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o’z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari 

kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining 

manfaati ustuvorligi alohida ko’rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy 

ahamiyati ham ana shundadir. 

O’zbekistonning  eng  yangi  tarixida  mamlakatning  aniq  va  puxta  rivojlanish  strategiyasi 

mustaqillikka  erishilganidan  so’ng  ishlab  chiqildi  va  izchillik  bilan  amalga  oshirilmoqda. 

Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so’ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, 

ko’plab  yangi,  o’tish  davri  bilan  bog’liq  muammolar  ham  yuzaga  qalqib  chikdi.  Bu,  albatta, 



ijtimoiy-iqtisodiy  sohada  qator  dolzarb  muammolarni  hal  qilish,  bozor  munosabatlariga  mos 

infratuzilmani  shakllantirish,  iqtisodiyotda  chuqur  tuzilmaviy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish, 

aholinish  ijtimoiy  himoyasini  kuchaytirishni  talab  qilar  edi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni 

boshqarishning  ma‘muriy  buyruqbozlik  tizimidan  erkin  bozor  munosabatlariga  asoslashgan 

modeliga o’tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.

 

Ushbu  modelning  asosiy  tamoyillari,  uni  amalga  oshirish  yo’llari,  bosqichlari  Islom 



Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o’z aksini topdi. 

Bu  tamoyillar  umumlashgan  holda  1993  yilda  Islom  Karimovning  "O’zbekiston:  bozor 

munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:

 

Birinchidan,  iqtisodiyotni  mafkuradan  batamom  xoli  qilish.  Iqtisodiyot  siyosatdan  ustun 



turmog’i  lozim.  Aynan  iqtisodiyot,  uni  yanada  rivojlantirish  muammolari  davlat  siyosatining 

asosiy mazmuniga aylandi.

 

Ikkinchidan, davlatning o’zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi 



bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori 

bo‘lishi,  iqtisodiy  taraqqiyotining  yetakchi  yo’nalishlarini  belgilashi,  iqtisodiyotda,  ijtimoiy 

sohada  va  suveren  davlatimizning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish 

siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak.

 

Uchinchidan,  Qonunning  ustuvorligi,  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoni  qonunlarga 



asoslanmog’i  zarur.  Iqtisodiy  o‘zgarishlar  amaliy  kuchga  ega  bo‘lgan  qonunga  tayangandagina 

sezilarli natija berishi mumkin.

 

To’rtinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishda  kuchli  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish, 



davlatning  aholini  ijtimoiy  nochor  guruhlarini  qo‘llab-quvvatlash  borasida  mas‘ul  bo‘lishidir. 

Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud 

turmush  darajasini  hisobga  olgan  holda  odamlarni  ijtimoiy  himoyalash  sohasida  kuchli  chora-

tadbirlarni  oldindan  amalga  oshirish  kerak.  Ijtimoiy  himoyalash  mexanizmi  mavjud 

bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.

 

Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o’ylab, bosqichma-



bosqich amalga oshirish lozim.

 

O’z. Rning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy model o’ziga xos bo’lib, 



unda  bozor  iqtisodiyotining  ma‘lum  bir  turi  yoki  muayyan  bir  davlat  yo’li  to’g’ridan-to’g’ri 

ko’chirib  olingani  yo’q.  Uni  tanlashda  mamlakatimizning  iqtisodiy  ijtimoiy  sharoiti  va 

salohiyatidan,  xalqimizning  tarixi,  milliy  urf-odatlari,  diniy  e‘tiqodidan  kelib  chiqildi.  Bunda 

ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o’rganildi va inobatga olindi.

 

Dunyo  amaliyotida  o’tish  davri  uchun  mukammal  modelning  o’zi  yo’q.  Negaki,  bir 



davlatning yo’li boshqalar uchun mutlaqo to’g’ri kelmasligi mumkin. Xar bir mamlakat o’ziga xos 

siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  geopolitik  va  tabiiy-geografik  sharoitga  ega.  Shu  ma‘noda,  har  bir 

davlat o’z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bo’lishi kerak.

 

Amalda  "O’zbek  modeli"  atamasi  O’zbekistonning  Markaziy  Osiyoda  barqaror 



rivojlanayotgan  davlatlardan  biriga  aylanishi  bilan  bog’liq  tarzda  paydo  bo’ldi.  Mutaxassislar 

tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo’llana boshladi, chunki shu davrdan boshlab O’zbekistonda 

olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o’zida iqtisodiy o’sish bilan hamohang tarzda 

ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  mujassamlashtirgan  edi.  Bu,  ayniqsa,  sobiq  Ittifoq  parchalangan 

davrning dastlabki yillarida ko’zga tashlanardi.

 

Tahlillar  hozirgi  davrgacha  o’zbek  modeli  o’z  rivojlanishida  bir  necha  bosqichni  bosib 



o’tganini ko’rsatmoqda.

 

Birinchi bosqich o’z ichiga 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya‘ni bu davrda sobiq Ittifoq 



tarkibiga  kirgan  har  bir  respublika  o’z  imkoniyati  va  umumittifoq  taqsimotidan  kelib  chiqib, 

mintaqaviy xo’jalik hisobiga o’tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan 

sotsialistik  munosabatlar  va  O’zbekistonning  real  imkoniyatlari  o’rtasidagi  ziddiyatlarda  o’z 

ifodasini topdi.

 

Ikkinchi bosqich mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya‘ni o’z istiqlol va taraqqiyot 



yo’lini  izlashning  eng  murakkab  va  qiyin  pallasi  hisoblanadi.  O’z  taraqqiyot  yo’lini  topish 


O’zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko’plab Yevropa davlatlaridan farqli o’laroq, 

xalqimiz o’ziga xos eksperiment obyektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar xukmronlik 

qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi, chunki 

buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.

 

Uchinchi  bosqich  1993-1995  yillar,  ya‘ni  o’zbek  modeli  amalga  oshirilishining  dastlabki 



davri.  Ushbu  bosqichda  bozor  infratuzilmasi  vujudga  keldi,  xususan,  uning  normativ-huquqiy 

bazasi,  xususiy  sektor,  bank-kredit  mexanizmi  uchun  xizmat  ko’rsatish  sohasi,  soliq  siyosati 

shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy fondi, ijtimoiy soha 

tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pullik xizmat ko’rsatish kabilarda) faol 

xususiylashtirish  jarayoni  boshlandi  hamda  yirik  korxonalarni  aksiyadorlik  jamiyatlariga 

aylantirishga tayyorgarlik ko’rildi. Eng muhimi, O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 

to’laqonli subyektiga aylandi.

 

To’rtinchi bosqich 1995-1999 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda aholi tanlangan yo’lning 



to’g’riligini,  olib  borilayotgan  islohotlar  real  yo’nalish  va  shaklga  ega  ekanligini  anglab  yetdi. 

Chunki o’zbek modeli islohot o’tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari 

talab darajasida ekanligini ko’rsatdi. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o’sishi 

iqtisodiyotda  yuqori  texnologik  tarmoqlar  ulushining  oshishiga  olib  keldi.  Bu  davrda,  ayniqsa, 

kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi ko’zga tashlandi. 

Qator strategik sohalar, xususan, don va energetika mustaqilligi ta‘minlandi. Bozor iqtisodiyoti 

infratuzilmasi shakllandi.

 

Beshinchi  bosqich  1999  yildan  boshlanib,  2010  yilgacha  davom  etdi.  Import  o’rnini 



bosuvchi  va  ommaviy  eksportga  yo’naltirilgan  iqtisodiy  tizimni  to’la  hajmda  shakllantirish, 

nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlikning  faollashuvi  bu  davrda  amalga  oshirilgan 

islohotlarning asosiy belgisi bo’ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan 

tarkibiy  o’zgartirish  va  diversifikatsiya  qilish,  qisqa muddatda mutlaqo  yangi,  lokomotiv  rolini 

bajaradigan  tarmoqlarning  barpo  etilishi,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish 

borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur  o’ylangan  va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlar o’z 

natijasini  berdi.  Ayniqsa,  mamlakat  qishloq  xo’jaligida  to’liq  fermerlik  tizimiga  o’tish  g’oyasi 

aynan shu bosqichda amalga oshirildi. Muhimi shundaki, ushbu bosqichda mamlakatda amalga 

oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  sinovdan  muvaffaqiyatli  o’tdi.  2008  yilda  boshlangan  jahon 

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda 

«Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi»  va  unda  ko’zda  tutilgan  tadbirlar  milliy  modelning  yanada 

takomillashishiga xizmat qildi.

 

Oltinchi bosqich 2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati, ustuvor yo’nalishlari Islom 



Karimovning O’z R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo’lib 

o’tgan qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati 

barpo  etish  ustuvor  maqsadimizdir"  nomli  ma‘ruzasida  o’z  aksini  topdi.  Ushbu  yondashuv 

rivojlanishning «o’zbek model»ini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni 

modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga 

ko’tarish imkonini berdi.

 

Istiqlol  yillarida  mulkchilik  tarkibida  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi,  amalda  ko’p  ukladli 



iqtisodiyot  shakllandi.  Uning  tarkibida  xususiy  mulk  salmoqli  o’rin  egalladi.  YAIM  tarkibida 

nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.

 

Sobiq  itgifoqdosh  respublikalar  orasida  faqat  O’zbekistonda  1996  yildan  boshlab  izchil 



iqtisodiy o’sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003 yillarda o’rtacha o’sish sur‘ati 4,3 foizni 

tashkil etgan bo’lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko’tarilib, yuqori darajada 

yiliga o’rtacha 7,5-9 foiz o’sishni tashkil etdi.

 

Mustaqillikning 



dastlabki 

yillaridan 

rahbariyat 

oziq-ovqat 

muammosini  o’z 

imkoniyatlarimiz  hisobidan  hal  qilish,  ayniqsa,  don  mustaqilligini  ta‘minlash  masalasini  kun 

tartibiga  qat‘iy  vazifa  qilib  qo’ydi.  Puxta  o’ylab  yuritilgan  iqtisodiy  siyosat  natijasida  ekin 

maydonlari tarkibi, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan kelib 




chiqqan  holda,  qayta  ko’rib  chiqildi.  Mamlakatda  paxta  yakkahokimligiga  barham  berildi. 

Natijada, oziq-ovqat xavfsizligi, g’alla mustaqilligi ta‘minlandi. O’tgan yillarda g’alla yetishtirish 

hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko’proq oshdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes 

va xususiy tadbirkorlikning salmog’i 54 foizdan oshib ketdi.

 

Istiqlol  yillarida  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi,  Sho’rtan  gaz-kimyo  majmuasi, 



Qo’ng’irot  soda  zavodi,  Dehqonobod  kaliyli  o’gitlar  zavodi,  Asakadagi  yengil  avtomobillar, 

Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy 

yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, 1991-2013 yillarda mamlakatda 

sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  3,4  barobar  oshdi.  Ishlab  chiqarilayotgan  sanoat 

mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilindi.

 

Davlat  statistika  qo’mitasi  uy  xo’jaliklari  tanlama  kuzatuvlari ma‘lumotlariga  ko’ra  2019 



yilda o’rtacha har 100 ta uy xo’jaligiga 47 ta yengil avtomobil to’g’ri kelgan. Shuningdek, 100 ta 

uy  xo’jaligiga  to’g’ri  keladigan  televizorlar  soni  160  ta,  kompyuterlar  soni  esa  55  tani  tashkil 

etgan. 100 ta uy xo’jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to’g’ri kelgan.

 

Eng  og’ir,  keskin  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  girdobida  turgan  o’tish  davrida  ijtimoiy 



yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo’yildi. Shu bois ham, milliy modelning 

o’ziga xos jihatlaridan biri taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilib, 

aholining kam ta‘minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoyaga ega bo’ldi. Bu o’tish davrining 

eng og’ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta‘minlash imkonini 

berdi.

 

Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. 



Xususan,  dunyodagi  nufuzli  nashrlardan  biri  –  Ekonomist  jurnali  O’zbekistonni  2019  yilda 

islohotlarni  eng  jadal  amalga  oshirgan  davlat  –  Yil  mamlakati  deb  e‘tirof  etdi.  Bunday  baho 

barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi, yangi marralarga ruhlantiradi.

 

O’zbekiston  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  qayd 



etilganidek, Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 

egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi. 

Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.

 

Yurtimiz Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 



2019  yilda  8  pog’onaga  ko’tarilgan  bo’lsa-da,  hali  juda  ham  orqadamiz.  Aksariyat  vazirlik  va 

idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.

 

Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va  mehnat 



resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun 

kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol 

o’tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi.

 

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni 



kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir 

illat – korrupsiya balosini yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab 

olishimiz darkor.

 

Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, 



natijadorlikni  oshirish,  bir  so’z  bilan  aytganda,  odamlar  turmushini  keskin  yaxshilash  mumkin 

(Oliy Majlisga Murojaatnomadan. 24.01.2020.).

 

Mamlakatimizda  ilm-fanni  yanada  ravnaq  toptirish,  yoshlarimizni  chuqur  bilim,  yuksak 



ma‘naviyat  va  madaniyat  egasi  etib  tarbiyalash,  raqobatbardosh  iqtisodiyotni  shakllantirish 

borasida  boshlagan  ishlarimizni  jadal  davom  ettirish  va  yangi,  zamonaviy  bosqichga  ko’tarish 

maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb 

nom berildi.

 

 

 





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə