6-mavzu: pedagogik kompetentlikni



Yüklə 136 Kb.
tarix01.02.2023
ölçüsü136 Kb.
#99897
6 (3)


6-MAVZU: PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA FAN VA TA’LIMNING IJTIMOIYIQTISODIY UYG'UNLASHUVI
Reja:
1. Pedagoguk kompetentlik fanini fan sifatida shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlardan foydalanish
2. Fan va ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy uyg'unligi
3.Modul-kredit - o’quv fanining talabalar tomonidan kredit birliklari asosida o’zlashtirilishini ta’minlovchi tizim.
4. Modul-kredit tizimi tamoyillari
Tayanch tushunchalar: Fan va ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy uyg'unligi, Modul-kredit tizimi, Bolonya jarayoni, “Kredit” atamasi, Modul-kredit tizimi tamoyillari
Modulli-kredit tizimi zamonaviy talimning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o’rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, xarbiy va madaniy sohalarda o’zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo’lga qo’yishning yangidan yangi yo’llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqoridada aytib o’utilganidek, insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va o’zaro birlik, hamkorlik, xamjihatlikka erishishdir.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bo’lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yo’lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Evropa kengashining Evropa madaniyati konvensiyasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. H,ozirda esa u jahonning ko’plab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari faoliyatining o’qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat bo’lib xizmat qilmoqda.
Mazkur Konvensiya foyalari Evropa hududida shaxs tafakko’rini shakllantirishda ko’p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. Konvensiyani imzolovchi tomonlar o’z hududlarida fuqarolar tomonidan Evropa hududida mavjud bo’lganr tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini o’rganish hamda o’z hududida boshqalarga o’z tili yoki boshqa tillarni o’rgatish imkoniyatini yaratib berish lari zarur edi.
Zamonaviy Evropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk qkadamlar 1949 yilda qo’yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Evropada ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat bo’lgan birinchi xalqaro tashkilot - Evropa Kengashi tashkil etildi.
Bolonya jarayoni yagona Evropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida Evropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va o’zaro uygunlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999 yilning 19 iyuni deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur tizim o’ziga 1954 yilda Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Evropa madaniyati Konvensiyasini ratifikratsiya qilgan (oliy davlat hokimiyati organi tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
Bolonya tizimining asosiy maqsadi ijtimoiy sub’ektlar tomonidan oliy ma’lumot olish imkonini kengaytirish, Evropa oliy ta’limining sifati va samaradorligini istiqbolli oshirish, talabalar hamda o’qituvchilarning harakatchanligi, faolligini rivojlantirish, shuningdek, akademik daraja va boshqa kasbiy malakalarning mehnat bozoriga yo’naltirgan holda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlashdan iborat. Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy o’quv yurtlarining Evropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida qatnashish, talabalar va o’qituvchilarni o’zaro akademik almashtirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo’lmoqdalar.
Tizimning umumiy asoslari Bolonya shahrida imzolangan deklaratsiyada o’z ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:

  1. Diplom ilovasiga ko’ra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Evropa oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniyatini yaratadigan o’zaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.

  1. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga o’tish. Ta’limning birinchi sikli uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish uchun yo’naltiriladi.

  1. Keng ko’lamda talabalar almashinuvini qo’llab-quvvatlash uchun mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Evropa tizimiga o’tish. Mazkur tizim talabalarning o’rganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega bo’lishlari uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr bo’yi ta’lim olish” konsepsiyasi doirasida qo’llash imkonini beradigan tizim - ESBT (Evropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.

  2. O’qituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Evropa hududida ishga sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda o’qituvchilar va boshqa. xodimlar almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini o’rnatish.

  3. O’zaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini ta’minlashda Evropa hamkorligini qaror topshirishga ko’maklashish.

  4. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi baholashga tortish.

  5. Oliy ta’limda, ayniqsa, o’quv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlik, talaba va o’qituvchilar almashinuvi va birgalikdagi ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni olib borish borasida zarur evropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga ko’maklashish.

Deklaratsiyaga a’zo bo’lish uchun quyidagi dastlabki talablar qo’yiladi:

  • oliy o’quv yurtigacha 12 yillik ta’lim;

  • ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;

  • o’quv jarayoni va o’qitish natijalarini baholash ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.

Bolonya deklaratsiyasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga asoslanadi.
1989 yilda Evropada Evropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS kabi dasturlar joriy etildi.
2001 yilda 29 ta Evropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS dasturi bo’yicha Evropa hamjamiyati universitetetlari o’rtasidagi talabalar almashinuvi 145 ta oliy o’quv yurtlarini qamrab olgan. Ular o’rtasida Evropa universitetlari ta’limi natijalarini o’zaro tan olish tizimi - ESTS (European Credit Transfer System) shakllantirilgan.
“Kredit” atamasi CTS-credit) - “sinovdan o’tdi” ma’nosini anglatib, talabaning o’quv yurtida ma’lum bir kurs (modul)ni muvaffaqiyatli yakunlaganligi to’grisida ma’lumot beradi
Modul-kredit tizimi - har bir o’quv fani (moduli)ning talabalar tomonidan ma’lum miqdordagi kredit birliklari asosida o’zlashtirilishini ta’minlovchi tizim.
Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi - auditoriya mashgulotlari, mustaqil ishlar va o’quv rejasida ko’zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o’z ichiga oladi. O’quv fani (moduli)ni o’rganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o’quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni o’rinda aytib o’tish zarurki, kreditlar auditoriya soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriyadan tashqari sharoitda ham o’quv fani (moduli)ni o’zlashtirish uchun sarflaydigan yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi.
Odatda o’quv rejasiga kiritilgan fanlar bo’yicha ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng. Ba’zan o’quv fani uchun ajratilgan kredit soni 3 tadan ko’p yoki kam bo’lishi mumkin. Kreditlar barcha (majburiy va ixtiyoriy) tanlangan o’quv fanlari bo’yicha taqsimlanadi.
Kreditlarning taqsimlanishida fan bo’yicha kurs loyihalari va amaliy ishlarining mavjudligi inobatga olinadi. O’quv fani uchun ajratiladigan kreditlar miqdori fanning murakkabligi hamda talabalar tomonidan uning o’zlashtirilishiga bogliq bo’ladi. ESTSda kreditlar yigindisi semestrda - 30 tani, o’quv yili davomida - 60 tani, bakalavriat davrida esa - 240 ni tashkil etadi.
ECTS kredit texnologiyasiga o’tishdan ko’zlangan maqsad talabalarga xorijda o’qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish; muayyan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Evropa oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarini o’rganish va shu asosida o’quv jarayonini takomillashtirish; talabalar qobiliyatini to’la rivojlantirish va o’qitishning yuqori natijalariga erishish.
Modul-kredit tizimi ham muayyan tamoyillarga tayanadi. Ular:

  1. Transferancy - ESTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to’siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot tarfiboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.

Axborot targiboti quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o’qish natijalari haqida bir-biriga o’z vaqtida axborot etkazib turish; 2) oliy o’quv yurtlarining o’z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birining imkonio’atlarini o’rganish; 3) oliy o’quv yurtlarida, ESTS haqida to’la ma’lumotlarning mavjudligi

  1. Agreement - talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining ESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o’quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o’quv rejalaridagi farqni bartaraf etish tartiblari haqida o’zaro kelishuvlarini anglatadi.

  1. Credits - Host (talaba qabul qiladigan) universitetida muvaffaqiyatli o’tilgan barcha fanlar Post (talabani boshqa OTMga yuborgan) universitetda hisobga olinishi zarur.

  2. Ta’limning insonparvarlashuvi - shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiyatining ochilishini anglatadi. ESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o’quv fanlarini va o’qituvchilarni tanlash imkoniyatini beradi.

  3. Ta’limning individuallashtiruvi har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70 % ni, majburiy fanlar esa 30 % dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70 % ni, auditoriyadagi ishi esa 30 % ni tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo’lib xizmat qiladi.

  4. Ta’limning samaradorligi guruhda individual o’qitishli auditoriya mashfulotlari va talabaning mustaqil ishlarini uyfunlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o’quv vaqtining 70% gacha qismini individual o’qo’ishga, shuningdek umumiy o’quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o’quv fanlarining talabalar tomonidan o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu asosida ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.

Zamonaviy o’qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o’qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo’lishi, o’qitishning yuqori sifatlari - ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O’quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
O’quv rejasi bo’yicha barcha o’quv fanlari ikki guruhga bo’linadi:

  1. majburiy fanlar;

  2. talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.

Ular taxminan 1:2 nisbatda bo’ladi.
Har bir talaba shaxsiy o’quv rejasiga ega bo’lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir ukuv fani bo’yicha o’qituvchini tanlash huquqiga ega.
Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda o’rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, ko’pi bilan 7 ta bo’lishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan ko’pligi o’ziga xos jihatlar sanaladi.

Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) - unifikratsiyalashgan hujjat bo’lib, yagona shaklga ega
Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi. Unda talaba o’kiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda o’z mamlakatida olgan baholari to’frisidagi ma’lumot beriladi.
O’quv fanlari bo’yicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy to’zilmaga ega bo’ladi:

  • o’quv fanining to’lik nomi va uning o’quv rejasidagi tartib raqami;

  • o’quv fanini o’rganishdan ko’zlangan maqksad;

  • o’quv fanining qisqacha mazmuni;

  • mashfulotlar jadvali ilovasiga asoslangan taqvimiy reja;

  • o’qitish texnologiyasi;

  • talabaning mas’uliyati va unga qo’yilgan talablar;

  • talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari;

  • asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati

  • modul-kredit tizimiga ko’ra o’quv mashfulotlari shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o’qib –o’rganishiga asoslanadi.

Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda ma’lumotlar mavjud bo’lib, ular talabalarga modul- kredit tizimi bo’yicha muvaffaqiyatli ta’lim olish shartlaridan xabardor bo’lish imkoniyatini yaratadi:

  • oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;

  • o’quv rejasi;

  • o’quv jarayonining grafigi;

  • o’quv fanlarining mazmuni;

  • OTMda mavjud bo’lgan o’qitish tizimining metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar:

-talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;

  • ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga oid ma’lumotlar;

  • OTM faoliyatining tarixiy taraqqiyoti va uning zamonaviy rivojiga oid ma’lumotlar;

- qo’shimcha ta’lim xizmatlari to’frisida ma’lumotlar
O’quv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriya o’quv yuklamasi 36, talabalarning haftalik mehnat sarfi o’rtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan.
Modul-kredit tizimi bo’yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv rejasi ta’lim jarayoni uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Aynan o’quv rejasiga muvofiq o’quv faoliyatining turlari buyicha talabalar tomonian sarflanadigan mexnat sarflari aniqlanadi. Ukuv faoliyati turlari buyicha mexnat sarflarini xisoblash taxminan shunday kechadi
O’quv faoliyati turlari bo’yicha kreditlar taqsimoti
(namuna)



DTS asosida o’quv faoliyatining nomi

O a ^ ola
ir t

Audito
riya
soatlar
i

Umumiy
O’quv
yuklamasi

Kredit

1.

Nazariy va amaliy ta’lim

136

[136-36]

136-54=7
344

7344-0,02
9=213

2.

Pedagogik
Amaliyot

8

288

432

13

3.

Bitiruv ishi

5

5-36=18
0

5-54=270

8

4.

Attestatsiya

19

-

-

6

5.

Ta’til

32

-

-




Jami: 204 5508 8262 240

Kreditlarni hisoblash va ularni o’quv faoliyatlari turlari, bloklar



va alohida fanlar bo’yicha taqsimlashda o’tish koeffitsienti (Kut)ni aniqlash talab etiladi:
Kut= 240:8262-0,029
Bu yerda: 240 - bakalavriatning ECTS bo’yicha umumiy mehnat sarflari yigindisi, soat.
Jami kreditlar soni talabalarning mehnat sarfiga ko’ra o’tish koeffitsienti (0,029)ga ko’paytiriladi.
O’quv faoliyatining turlari, bloklar va alohida o’quv bo’yicha kreditlarni hisoblash quyidagi namuna bo’yicha amalga oshiriladi :
Fanlar bloklari bo’yicha kreditlar taqsimoti



Fanlar
bloklari
nomlanishi

Auditoriya
Soatlari

Umumiy
o’quv
yuklamasi

Kredit

1.

Umumgumanitar va jtimoiy fanlar

1214 (-25 %)

1726

50

2.

Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar

846 (25 %)

1292

37

3.

Umumkasb fanlari

2034 (50 %)

3682

89

4.

Ixtisoslik fanlar

468(-10 %)

794

23

5.

Qo’shimcha fanlar

334 (-5 %)

450

14

6.

Malakaviy amaliyot

432
6

648
9

19

7.

Bitiruv ishi

180

270

8

Jami

5508

8262

240


O’quv jarayoni modul-kredit tizimi asosida tashkil etilganida, odatda

  1. balli yoki 100 foizli baho shkalasi qo’llaniladi. Ya’ni:

A-4 b; V-3,5 b; S-3 b; D -2,5; E-2 b; F- 1,5 b; F-1 b
100 foizli baholash tizimi taxminan quyidagicha taqsimlanadi:



  • mashfulotlarda qatnashishi - 5%;

  • joriy nazorat (test) - 30 % (odatda 10 % dan 3 marta);

  • mustaqil ta’lim - 15 % (o’rtacha 5 % dan 3 marta);

  • laboratoriya ishi - 10 %;

  • kurs loyihasi (ishi) - 10 %;

  • yakuniy imtihon - 30 %


Evropa mamlakatlarida modul-kredit tizimi bo’yicha faoliyat yuritayotgan universitetlarda baholash mezonlari va darajalari quyidagicha:



Baholar
Ta’rifi

Shartli
Belgisi

O’zlashtirish
%

Baholash mezoni

Tayyorgarlik
Darajasi

A’lo

A

90-100
(baholash)

Bilimlarni umumlashtira oladi, ma’lumotlarni baxolaydi,taxlil kiladi, tushunadi, biladi

4-daraja (ijodiy daraja)

Juda yaxshi

V

80-90 (sintez va taxlil)

Bilimlarni sintezlaydi, taxlil kiladi, kullaydi, tushunadi, biladi

  1. daraja (kunikma va malakalarga

  2. egalikni

  3. tula namoyish etish darajasi)

Yaxshi

S

70-80
Kullash

Bilimlarni kullaydi, tushunadi, biladi

3- daraja (ko’nikma va malakalarga egalik darajasi)

Qoniqarli

D

Tushunish

Bilimlarni tushunadi, biladi

2-daraja (bilimlarni qayta tiklash darajasi)

Yetarli

E

50-60 bilish

Bilimlardan xabardor

1-daraja (tasavvur etish darajasi)

Yetarli emas, qo’shimcha yana ishlash talab qilinadi

FY

40-50

Bilimlardan yomon xabardor

0-daraja (yomon tasavvur etish darajasi)

Yetarli emas, qo’shimcha yana juda ham ko’p ishlash talab qilinadi

F

40 kam

Bilimlardan mutlaqo xabardor emas

0-daraja (mutlako tasavvur eta olmaslik darajasi)

O’quv f’

)ani (moduli) materialining 90-100 % o’zlashtirilishi uchun

“a’lo” baho qo’yiladi. Bu kasbiy tayyorgarlikni 4-darajasiga teng bo’lib,
“ijod darajasi” deb belgilanadi. Agarda o’quv fani (moduli) dasturi bo’yicha materiallar kamida 50 % o’zlashtirilsa, u holda “yetarli” bahosi qo’yiladi va u o’zlashtirishning “tasavvur etish darajasi” deb belgilanadi. O’quv fani materiallarining 40 % dan kam o’zlashtirishi, tayyorgarlikning 0-darajasi (“mutlaqo tasavvur eta olmaslik darajasi”)ga teng hisoblanadi.
Har bir kurs yakunlangandan so’ng talaba kreditni yakunlaganligi to’frisidagi guvohnomaga ega bo’ladi.
Mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar:
1. Pedagoguk kompetentlikni shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlardan qo’llanmaning ahaniyati qanday?
2. Fan va ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy uyfunligini qanday tushunasiz?
3.Modul-kredit - o’quv fanining talabalar tomonidan kredit birliklari asosida o’zlashtirilishini ta’minlovchi tizim ekanligini qanday tushunasiz?.
4. Modul-kredit tizimi tamoyillarini tushuntiring.
Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə