|
6-sinf tarixidan savol -javoblar
|
səhifə | 1/3 | tarix | 15.03.2018 | ölçüsü | 363,02 Kb. | | #31837 |
|
Farg’ona viloyati Yozyovon tumani
18-umumiy o’rta ta’lim maktabining
Tarix fani o’qituvchisi
Islombek Abduhamidovning
“Yosh tarixchi” to’garagi uchun
Qadimgi dunyo tarixidan
savol – javoblar to’plami
Yozyovon - 2016
-
Epigrafika nimani o’rganadi? Qadimgi bitiklarni
-
Numizmatka nimani o’rganadi? Tangalarni
-
Sivilizatsiya nima? Eng qadimi shahar davlatlarning vujudga kelishi
-
Yer yuzida dastlabki svilizatsiyalar qayerlarda paydo bo’lgan? Qadimgi Sharqda, so’ngri Krit oroli va Yunonistonda
-
Insoniyatning qadimgi tarixi qaysi davrni o’z ichiga oladi? Odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasining qulaganiga qadar
-
“Piramidalar matnlari” qaysi mamlakat madaniyatiga oid? Misrliklar
-
“Marxumlar kitobi” qaysi mamlakat madaniyatiga oid?Misrliklar
-
“Rigveda” qaysi davlat madaniyatiga oid? Hindlar
-
“Bibliya” qaysi davlat madaniyatiga oid? Yahudiylar
-
“Avesto” qysi davlat madaniyatiga oid? O’rta Osiyo
-
Arxealogiya so’zining manosi? Qadimiyat haqida fan
-
Antrpalogiya nimani o’rganadi? Qadimgi odamlarning qoldiqlarini
-
Arxealogiya nimani o’rganadi? Qadim o’tgan zamonda odamlar yashagan manzilgohlarni
-
Lingvistlar kimlar? Tilshunoslar
-
O’zbekiston tarixining eng qadimgi yozma manbasini aniqlang? Avesto
-
Behistun qoyalari yozuvlarini kim yozdirgan? Fors shohi Doro I
-
Behistun qoyatosh yozuvlari qachon yozilgan? Milodan avvalgi V asrda
-
Behistun yozuvlarida O’rta Osiyoning qaysi viloyatlari haqida ma’lumot beriladi? Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya viloyatlari bilan birga sak qabilalari haqida
-
Behistun qoyatosh yozuvlari qayerda joylashgan? Erondagi Kirmonshox shahri yaqinida
-
Behistun qoyatosh yozuvlari qaysi tillarda yozilgan? Qadimgi fors, elam va bobil tillarida
-
Behistun qoyatosh yozuvlarida O’rta Osiyo haqida nimalar mavjud? O’lkamizda yashagan qadimgi halqlar, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llar, afsonaviy qahramonlar va podsholar nomlari
-
Geradotning tarix asari qachon yozilgan? V asrda
-
Geradotning tarix asarida qaysi xalqlar tarixi xqida ma’lumot berilgan? Unda o’lkamizning tarxi xaqida ma’lumot berilgan
-
“Geografika” asarining mualifi kim? Strabon
-
Ksenofont va Ktesiylar qachon yashaganlar? Yunon tarixchilari bo’lib ular miloddan avvalgi V-IV asrlarda
-
Strabon kim va qachon yashagan? Miloddan avvalgi I asr oxirlarida o’tga qadimgi yonon tarixchisi va geografi
-
“Tarixiy yilnomalar” asarining mualifi kim? Sim Szyan
-
Sim szyan kim va qachon yashagan? Miloddan avvalgi II asr oxiri – I asr boshlarida yashagan qadimgi Xitoy tarixchisi
-
“Buyuk Aleksandr tarixi” asarining mualifi kim? Kvint Kursiy Ruf
-
Arrian kim va qachon yashagan? Milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisi
-
Kvint Kursiy Ruf kim va qachon yashagan? Milodiy I asrda o’tgan Rim tarixchisi
-
“Iskandarning harbiy yurishlari” asarining mualifi kim? Arrian
-
So’g’d yozuvi qachon shakillangan? Mil. avv. III-II asrlarda
-
Insoniyat rivojidagi birinchi bosqichni aniqlang? Ibtidoiy to’da
-
Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasi nima deb ataladi? Ibtidoiy to’da
-
Urug’ nima? Birgalikda yashagan va mehnat qilgan qarindoshlar jamoasi
-
Matriarxat nima? Ona urug’ davri bo’lib, qarindoshlik ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan
-
Patriarxat nima? Ota urug’ davri bo’lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan
-
Urug’chilik tizimi qaysi voqea bilan oxiriga yetgan? Patriarxat boshlanishi bilan
-
Ilk paleolit davom etgan davrni aniqlang? Miloddan 1 million – 100 ming yil avval
-
Paleolit nima? yunoncha “paleos” – “qadimgi” va “litos” “tosh” ya’ni qadimgi tosh davri ma’nosini beradi.
-
Paleolit qanday davrlarga bo’linadi? Ilk, o’rta va so’nggi davrlarga bo’linadi
-
O’rta tosh asri davom etgan davrni aniqlang? mil avv. 12-7 mingyiliklar
-
So’ngi tosh asri davom etgan davrni aniqlang? miloddan 40 – 12 ming yil avval
-
Yangi tosh davri davom etgan davrni aniqlang? Mil avv. 6-4 mingyilliklar
-
Olduvay madaniyati davrini aniqlang? miloddan 3-2 million yil avval
-
Olduvay darasi qayerdan topilgan? Sharqiy Afrikaning Zinj vodiysidan
-
Mis tosh asri davom etgan davrni aniqlang? mil. avv. 4-3 mingyilliklar
-
Ilk paleolit davom etgan davrni aniqlang? Miloddan 1 million – 100 ming yil avval
-
O’rta paleolit davom etgan davrni aniqlang? Miloddan 100 – 40 ming yil avval
-
So’ngi paleolit davom etgan davrni aniqlang? Miloddan 40 – 12 ming yil avval
-
Avstralopitek odami qayerdan topilgan? Janubiy Afrikadan
-
Zinjantrop odam qayerdan topilgan? Sharqiy Afrikadagi Zinj vodisi, Olduvay darasidan
-
Pitekantrop odam qayerdan topilgan? Indoneziyaning Yava orolidan
-
Neandertal odam qayerdan topilgan? Germaniyadan
-
Kromanyon odam qayerdan topilgan? Fransiyaning Kromayon g’oridan
-
Eng qadimgi davrda odam taraqqiyoti to’g’ri belgilangan qatorni toping? Avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop, neandertal, kromanyon.
-
Ilk paleolitning so’ngi davrida qanday jarayon yangicha turmush sharoitiga moslashishiga undagan edi? Buyuk muzlikning boshlanishi
-
Lingvistlar kimlar? Tilshunoslar
-
Chopper nima? Uchi bir tomonga qarab o’tkirlangan tosh qurollar
-
O’zbеkistonda toshdan yasalgan mеhnat qurollari dastlab qayеrlardan topilgan? Teshiktosh g’oridan
-
O’zlashtiruvchi xo’jalikni aniqlang? Termachilik ovchilik
-
O’zbеkistondan nеandartal manzilgohi qachon va qaеrdan topilgan? 1938-yilda Surxondaryodagi Neandertal g’oridan
-
Tеshiktosh g’ori qaysi yili topilgan? 1938-yilda
-
Tеshiktoshdan nеcha yoshli bola suyagi topilgan? 8-9 yoshli
-
Tеshiktosh g’oridan nеchta ashyoviy manbalar topilgan? 3000 dan ortiq
-
Tеshiktosh g’oridan odamning qanday suyaklari topilgan? Neandertal
-
Nima oldin paydo bo’lgan moddiy madaniyatmi yoki diniy tasavvurlar? Moddiy madaniyat
-
Dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’lishining sababi nima? Tabiyat hodisalariga tushunmaslik
-
Tasviriy san'at qaysi davrda paydo bo’lgan? So’ngi paleolitda
-
Annimizm nima? insonni o'rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish.
-
Fеtishizm nima? U yoki bu buyumlar omad keltirilishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ishonish
-
Qadimgi odamlarda diniy tasavvurlarning paydo bo’lganligini biz qaysi omil orqali bilib olamiz? Devoriy rasmlar orqali
-
Eng qadimgi qoyatosh sur'atlari qaеrlardan topilgan? Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko, Boshqirdistondagi Kapovaya g'orlaridan topilgan.
-
Urug’ jamoasi qachon paydo bo’lgan? So’ngi paleolitda
-
So’nggi palеolitga oid manzilgohlar O’zbеkistonning qaеrlaridan topilgan? Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko'lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlam-laridan, shuningdek, Farg'ona vodiysidan topilgan.
-
Odamlar kеsuvchi, arralovchi va parmalovchi mеhnat qurollarini qachon yasashni o’rganganlar? Taxminan 25-30 ming yil muqaddam
-
Insonlar taqinchoqlar yasashni qachon o’rgangan? So’ngi paleolitda
-
So’nggi palеolitning eng muhim kashfiyotini aniqlang? Turar joylarning qurilishi
-
Odamlar suniy olov hosil qilishni qachon kashf etganlar? So’ngi paleolitda
-
Mеzolit davom etgan davrni aniqlang? Miloddan avvalgi XII-VII ming yilliklar
-
Mеzolit davri muhim kashfiyotini aniqlang? O’q-yoyning yasalishi
-
O’q-yoyning kashf etilishi insonga nima bеrgan? Chopqir hayvonlarni va qushlarni ovlash imkonini berdi
-
Mеzolit davrining oxirida inson ... . Old Osiyoda xo'jalikning yangi tarmoqlari — ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
-
Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik qaysi davrda keng tarqaldi? Neolit davrida
-
Mеzolit davriga oid O’zbеkistonning qayеrlaridan va qanday manzilgohlar topilgan? Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'liq tumanlarida hamda O'zbekiston janubida bunday manzilgohlar ko'plab uchraydi. Obishir, Qo'shilish va Machay manzilgohlari
-
Mеzolit davriga oid O’zbеkistonda nеchta manzilgoh ochib o’rganilgan? 100 dan ziyod
-
Birinchi qo’lga o’rgatilgan hayvonni aniqlang? It
-
Dеhqonchilik qachon va qaеrda paydo bo’ldi? Falastin hududida joylashgan Iyerixo manzigohida
-
O’zbеkistondagi qoyatosh rasmlari qaеrlardan topilgan? Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari
-
Nеolit nima? Yangi tosh asri
-
Olimlar nеolit davri boshlanishini nima bilan izohlaydilar? Spool idishlar yasalishi kashf etilishidan
-
O’rta osiyoda nеolit davom etgan davrni aniqlang? mil. avv. VI-IV ming yilliklar
-
Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka qachon o’tildi? Neolit davrida
-
Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish nima? Ziroatchilik va chorvachilik, baliqchilik
-
Mikrolit nima? Kichik mehnat qurollari
-
Nеolit davrida odamlar toshga ishlov bеrishning qanday yangi usullarini qo’llay boshladilar? Silliqlash, arralash, sirlash va teshikchali parmalashni
-
Hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang? o’troq turmush tarziga o’tish
-
Nеolit davri odamlarining asosiy mashg’uloti nima edi? Ziroatchilik chorvachilik
-
Nеolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolarini aniqlang? Kulolchilik, to’quvchilik
-
Nеolit davrining oxirida odamlarning muhim kashfiyotlarini aniqlang? Mis metallini kashf etishdi
-
Enеolit nima? Mis-tosh asri
-
Nima uchun bu davr enеolit dеb ataladi? Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilgani uchun
-
Enеolit davri davom etgan sanani aniqlang? Mil. avv. 4-3 mingyilliklar
-
Qadimgi Sharqda shahar va davlatlar qachon paydo bo’lgan? Mil. avv. IV mingyillikda
-
O’rta Osiyo janubida sug’orma dеxqonchilik qachon paydo bo’lgan? Mil. avv. IV mingyillikda
-
Xom g’ishtdan qurilgan ko’p xonali uylar qachondan qurila boshlangan? Eneolit davridan
-
Kulolchilik xumdonlaridan qachondan foydalanishga kirishilgan? Eneolit davridan
-
Sopol buyumlar nima bilan bеzatilgan? hayvonlar, qushlar va o'simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatilgan
-
Bronza xo’jalikda qachondan foydalanila boshlandi? III ming yillikning o’rtalaridan boshlab
-
Bronzadan foydalanish qanday jarayonni vujudga kеltirgan? ortiqcha qishloq xo'jalik mashg'ulotlari va mahsulotlari vujudga keldi
-
Ishlab chiqaruvchi xo’jalik qachon paydo bo’lgan? Bronza davrida
-
Nima uchun oilada dastlab ayollar hukmronlik qilgan? Erkaklar ovga ketganligi sababli
-
Patriarxat davri qachon boshlangan? Mil. avv. III ming yillik
-
Enеolit davriga oid Turkmanistondan topilgan manzilgohlarni aniqlang? Oltintepa Namozgoh
-
O’zbеkistonda ilk dеxqonchilik manzilgohi qaysi? Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko'li yaqinidan topilgan
-
Zamonbobo manzilgohi qaеrdan topilgan? Buxoro viloyati Qorako'l tumanidan
-
Zamonbobo manzilgohi qaysi ming yilikka oid? Mil. avv. II ming yillikga oid
-
Tojikistondan topilgan bronza davri manzilgohini aniqlang? Sarazm
-
Ko’p xonali uylar bronza davriga oid qaysi manzilgohdan topilgan? Sopollitepadan
-
Sopollitеpa manzilgohi qayеrdan topilgan?
-
manzilgohi qaysi ming yilliklarga oid? Mil. avv. II ming yillikga oid
-
Jarqo’ton manzilgohi qayеrda joylashgan? Surxondaryo vodiysida, Sheroboddan uncha uzoq bo’lmagan joyda
-
O’zbеkiston janubidan topilgan bronza davri dеhqonlari manzilgohini aniqlang? Sopollitеpa
-
Bronza davriga oid qaysi manzilgoh shahar ko’rinishiga ega bo’lgan? Jarqo’ton manzilgohi
-
Jarqo’ton manzilgohi kunimizdan qancha vaqt ilgari qurilgan? Kunimizdan uch yarim ming yil muqqadam
-
Jarqo’ton manzilgohi nеcha qismdan iborat? Ikki qismdan
-
Bronza davriga oid qaysi manzilgohdan ilk ibodatxona qoldiqlari topilgan? Jarqo’ton manzilgohi
-
Bronza davriga oid manzilgohlar O’zbеkistonning yana qayеridan topib o’rganilgan? Xorazm vohasidan
-
Bronza davrida odamlar nimalarni kashf etganlar? Kulolchilik charxi va g’ildirakni
-
Odamlar harakatlanish vositalarini qachon kashf etganlar? Braonza davrida
-
Yorg’uchoq nima? Qo’l tegirmoni
-
O’rta Osiyoda tеmir davriga qachon o’tilgan? Mil. avv. I ming yillik boshlarida
-
Tеmirni birinchi bo’lib kimlar va qachon kashf etganlar? Kichik Osiyoda xettlar (miloddan avvalgi XIV—XIII asrlar)
-
Tеmir qancha issiqlikda eriydi? 15000 C da
-
Tеmirdan Xеttlardan kеyin birinchi bo’lib qaysi hudud aholisi foydalanishgan? Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti xalqlari
-
Tеmirdan dastlab nima sifatida foydalanishgan? Zeb ziynat buyumlari sifatida
-
Tеmirdan yasalgan dastlabki bеzaklar qayеrlardan topilgan? Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo'rg'oni yodgorligidan topilgan.
-
Tеmirning kashf etilishi nimaga ta'sir o’tkazgan? Dehqonchilik tehnikasi rivojiga
-
O’rta Osiyodagi dastlabki tеmir buyumlar qaysi davrga oid? Mil. avv. IX-VIII asrlarga
-
O’rta Osiyoda tеmir buyumlar qachon kеng yoyilgan? Mil. avv. VII –VI asrlarda
-
O’rta Osiyo va Yevropa dеhqonchiligining farqi nima? O’rta Osiyoda suniy sug’orishga asoslangan
-
Urug’ jamoasini huududiy qo’shni jamoasiga o’tishiga sababi nima? yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o'tilish
-
Mil. avv. 1 ming yillik boshlarida O’rta Osiyo aholisi qanday tabaqalarga bo’lingan? kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar
-
Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bosqichlarini aniqlang? Urug’—urug’ jamoasi—hududiy qo’shnichilik jamoasi—qabila—qabilalar ittifoqi—davlat
-
Harbiy dеmokratiya nima? ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir.
-
Nmana nima? katta patriarxal oila
-
«Avеsto»da urug’ jamoasi nima dеb atalgan? “vis”
-
«Avеsto»dagi dah’ya nima? Qabilalar ittifoqi
-
Varzana nima? Hududiy qo'shnichilik jamoasi
-
Zantu nima? Qabila
-
«Avеsto»da davlat boshqaruv tizimi qanday atalgan? Oqsoqollar kengashi-- Xalq yig'ilishi-- Alohida tumanlar-- Viloyatlarning hukmdorlari
-
“Avеsto”ga ko’ra jamiyatni idora qilishning to’rt bosqichi majud bo’lgan. shularning birinchisini aniqlang? Oqsoqollar kengashi
-
“Avеsto”ga ko’ra jamiyatni idora qilishning to’rt bosqichi majud bo’lgan. shularning ikkinchisini aniqlang? Xalq yig'ilishi
-
“Avеsto”ga ko’ra jamiyatni idora qilishning to’rt bosqichi majud bo’lgan. shularning uchinchisini aniqlang? Alohida tumanlar
-
“Avеsto”ga ko’ra jamiyatni idora qilishning to’rt bosqichi majud bo’lgan. shularning to’rtinchisini aniqlang? Viloyatlarning hukmdorlari
-
Davlatchilikning muhim alomati nima? taomilga ko'ra guruhlarga ajratilishi vujudga kelayotgan
-
Odamlarning buyuk kashfiyotini aniqlang? Dehqonchilik va chorvachilik
-
Еr yuzida ilk dеhqonchilik manzilgohi qachon va qayеrda paydo bo’lgan? bundan 10—11 ming yil muqaddam Old Osiyoning ayrim o'lkalarida vujudga kelganini bilamiz, Falastin hududida joylashgan Iyerixon dehqonchilik manzilgohi eng qadimiylaridan biri hisoblanadi
-
Old Osiyoda dastlabki dеhqonchilik manzilgohlari qaysi hududlarda paydo bo’lgan? Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Kavkazorti, Eron va O'rta Osiyoda
-
Еr yuzida ilk to’qnashuvlarning paydo bo’lishi sababi nima? Cho'ponlar va dehqonlar o'rtasida suv manbalari va soz yerlar ustida tez-tez janjallar bo'lib turar edi
-
Dastlab yеrga nima vositasida ishlov bеrilgan? Yer omoch bilan ishlov beriladigan, keyinchalik sixmola yoki omoch bilan shudgor qilinadigan bo'ldi.
-
Dastlabki o’roqlar nimadan yasalgan? Tosh va suyaklardan
-
Qabila ittifoqlari paydo bo’lishi sababi nima? Dushmanlardan himoyalanish zarurati
-
Diniy marosimlar dastlab kimlar tomonidan boshqarilgan? Kohinlar tomonidan
-
Ilk sivilizatsiyalar qayerda vujudga kelgan? Qadimgi Sharqda vujudga keldi
-
Ilk sivilizatsiyalarga xos bo’lgan narsalarni aniqlang? sivilizatsiya yozuv, nazariy bilimlar, adabiyot va san'at mavjud bo'lganligiga ham bog'liqdir.
-
Dastlabki sivilizatsiyalar qanday hududlarda paydo bo’lgan? kanallar va suvayirg'ichlar qurish zarur bo'lgan joylarda vujudga keldi.
-
Dunyoda dastlabki sivilizatsiyalar qayеrda paydo bo’lgan? Misrda Nil, Mesopotamiyada Dajla va Frot, O'rta Osiyoda Sirdaryo va Amudaryo bo’ylarida
-
Dastlabki sivilizatsiyalarni an-ng? Misr, Mesopotamiya, Bobil, So’g’d, Baqtriya, Xorazm, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim
-
O’zbеkistonda dastlabki sivilizatsiyalar qayеrlarda paydo bo’lgan? Sirdaryo va Amudaryo voha va vodiylarida
QADIMGI SHARQ VA O’RTA OSIYO
-
Nil daryosi qaysi dеngizga quyiladi? O’rta yer dengiziga
-
“Dеlta” so’zi qaysi harfdan olingan? yunoncha “delta” harifidan
-
Nil vohasini qaysi cho’llar o’rab turadi? Sahroyi Kabir va Liviya cho’llari
-
Nil vodiysi hududini aniqlang? Har ikkala qirg’oq bo’ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi yerlar
-
Nil vodiysidagi odamlar o’z yurtlariga qanday nom bеrganlar? “Misr” – qora yer deyishgan
-
Nil vohasini o’zlashtirish qachon boshlangan? Mil. avv. IV mingyillik boshlarida
-
Nil vodiysida qanday o’simliklar еtishtirilgan? bug'doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to'qilar edi
-
Misr dеhqonlari hosilni yig’ib olishni qanday muddatda o’tkazishar edi? Issiq yoz oylarida dam olishar, urug'likni ekishga hozirlashardi, negaki bu mahalda barcha dalalarni suv bosgan bo'lardi. Kuzda dalalarga urug' sochishar, sug'orish uchun kanallar va ariqlarni tozalashar, chunki yomg'ir juda kam yog'ar edi. Qishda esa hosil yig'im-terimi boshlangan
-
Qadimgi Misr hunarmandlari nеcha xil hunar sohiblari bo’lishgan? 30 dan ziyod
-
Misrda oddiy odamlarning uyi nimadan qurilar edi? Loy suvalgan papirus poyalaridan
-
Misrda aslzoda odamlarning uyi nimadan qurilar edi? qo'shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quri-tilgan xom g'ishtdan qurilgan
-
Misrda hukmdor saroylari va ibodatxonalar nimadan qurilar edi? toshdan barpo etilgan
-
Misrliklar qayiqni nimadan yasashar edilar? Qamishdan
-
Misrliklar kemalarni nimadan yasashar edi? Yog’ochdan
-
Misrda ilk davlatlar nima dеb atalgan? “nom” deb atalgan
-
Misrda diniy marosimlarni kimlar bajarishar edi? Kohinlar
-
Misrda oltin konlari qaysi dеngiz bo’ylab joylashgan? Qizil dengiz bo’ylab
-
Misrda asosiy mis konlari qayеrda bo’lgan? Sinay yarim orolida
-
Dastlabki shahar-davlatlarda alohida mavqеga ega bo’lgan guruhni aniqlang? Quyi Misr va Yuqori Misr
-
Misr qachon va kim tomonidan yagona davlatga birlashtirilgan? Mil. avv.3000-yilda Menes tomonidan
-
Yagona Misr davlatining poytaxti qayеr bo’lgan? Memfis shahri
-
Misrda hukmdorlarni qanday atashgan? Fir’avn
-
Olimlar Misr qadimgi tarixini qanday davrlarga bo’ladilar? Ilk, Qadimgi, O'rta, Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishgan
-
Ilk podsholik davrida parchalangandan so’ng qancha vaqtdan so’ng yana qayta birlashuvi ro’y berdi? 200 yildan so’ng
-
Misr o’rta podsholigining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Fiva shahri
-
Misr janubdan qaysi davlat bilan chеgaradosh? Nubiya bilan
-
Misrliklar Nubiyaga nima uchun borishar edi? Nil bo’ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi,nodir navli yog’ochlarni ayriboshlash u-n borishardi
-
Misr g’arbda qayеr bilan chеgaradosh? Liviya mamlakati
-
Sinay yarim orolidan shimolroqda qaysi davlat joylashgan? Falastin
-
Sinay yarim orolining yonboshida qaysi davlat joylashgan? Suriya
-
Suriya va Finikiyadan misrliklar nimalar olib kеlishardi? Hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni olib kelishar edi
-
O’rta podsholik davrida Misr qayerlarni bosib oldi? Sinay yarim oroli bosib olindi
-
O’rta podsholik davrida Misrga qo’shib olingan xududlarni aniqlang? Janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli
-
Giksoslar Misrga qachon xujum qilganlar? Mil. avv. XVIII asrda
-
Giksoslarga xiroj to’lashdan bosh tortgan Misrdagi nomani aniqlang? Fiva
-
Misrda qaysi shahar hukmdorlarigina faqatgina giksoslarga itoat qilmagan edi - Fiva.
-
Yuqori Misrning barcha “noma”lari qaysi shahar tеvaragida birlashganlar? Fiva
-
Misrda yangi podsholik davri qaysi podsho davrda boshlangan? Yaxmos davridan
-
Tutmos II Falastin va Suriyani bosib olishga qachon kirishgan? Mil. avv. 15000-yilda
-
Misr qaytadan qachon yagona davlatga birlashgan? Mil. avv. VII asrda
-
Kambiz qachon Misrni bosib olgan? Mil. avv. 525-yilda
-
Qadimgi Misr poshsholigining poytaxtidagi xudoni aniqlang? Ptax
-
Ptax qanday xudo hisoblanadi? Oliy xudo
-
Xudo Apis nimha timsolida namoyon bo’lgan? Muqaddas buq timsolida
-
Apis qanday xudo hisoblanadi? Ptax degan xudoning yerdagi qiyofasi
-
Amon –Ra xudosi nimalarning xudosi bo’lgan? Quyosh xudosi va fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan
-
Fiva shahrining homiysi bo’lgan xudoni aniqlang?Amon
-
Raning ibodatxonsi qaysi shaharda joylashgan? Geliopolda
-
Misrdagi –Nil xudosini aniqlang? Xapi
-
Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni bo’lgan ilohni aniqlang? -Xapi.
-
Osiris qanday xudo hisoblanadi?yer osti saltanati xudosi
-
Osirisni kim o’ldirgan? Birodari Set
-
Osirisni kim qayta tiriltirgan? Singlisi Isida
-
Osiris ibodatxonasi xarobalari qaysi shaharda joylashgan? Abidos shahrida
-
Misrda Xotxor qanday xudo? Musiqa go’zalliok va sevgi ilohasi
-
Set nimaning xudosi bo’lgan? Omadsizlik, sahro va bo’ron xudosi
-
Misrda adolat va adliya ilohini aniqlang?Maat
-
Tot qanday xudo? Oy, donishmandlik va tabiblik ilohi
-
Anibus qanday xudo? Marhumlar va mo’miyolar xudosi, mayyitlar posboni
-
Kohinlar kimlar o’rtasidagi vositachi? Xudolar va odamlar o’rtasida
-
Misrliklar uchun ibodatxona … ? xudolar va ilohlarning Yer yuzidagi koshonasi edi
-
Misrda kimlar xudolarga o’tinchnomalar yozib berishar edi? Ibodatxonadagi kotiblar
-
Misrda kohinlar qaysi paytlari xudolarga qurbonliklar bag’ishlar edilar? Har kuni tongda, peshinda va kun botayotganida
-
Piramidalar nima? Fir’avnlar dafn etiladigan joy
-
Gizadagi mashhur piramidalar kimlar uchun bunyod etilgan? Xufu, Xafra va Menkaura uchun
-
Xufu piramidasini yunonlar nima dеb atalgan? Xeops
-
Xufu piramidasi qachon qurilgan? Mil. avv. 2600-yilda
-
Xufu piramidasining balandligi qancha? 147-metr
-
Xufu piramidasiga ishlatilgan toshlarning og’irligini va sonini aniqlang? Ikki tonnadan og’irroq bo’lga 2,5 million tosh ishlatilgan
-
Sarkofag nima? Toshtobut
-
Sfinks nima? Piramidalarni qo’riqlaydiganlar
-
Misrda qaysi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo’yishgan va Fir'avinlarni tog’larga qo’yilgan tosh maqbarlarga dafn etadigan bo’lishdi? Yangi podsholik davridan
-
Mumiyolash nеcha kun davom etgan? Qariyb 70 kun
-
Mumiyolash qanday amalga oshirilgan? Jasadga maxsus ishlov berilgandan so’ng ko’pdan ko’p matolar bilan o’rab chirmashgan qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan
-
Qoraqo’ng’izlar kimning yordamchisi hisoblangan?quyoshning yordamchilari
-
Mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda nima gavdalangan? Bastet
-
Bastet nimaning ilohi bo’lgan? Go’zalik
-
Misrliklar nimani “muqaddas” va “xudolar kalomi” dеb nomlashgan? Yozuv (iyeroglif)ni
-
“Iyеroglif” so’zining ma'nosi nima? “toshga chekilgan muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi
-
Misrliklar alifbosi nеchta bеlgidan iborat? 700 ta ba’zi manbalarda 750 ta deyiladi
-
Misr iyеrogliflaridagi xar bir bеlgi ...... . o’zida bir qancha ramzlar va belgilarni ifoda etgan
-
Iyеrogliflar nimalarga yozilgan? Qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni poyasidan ishlangan qog’ozga yozishgan
-
Misr iyеrogliflari birinchi bo’lib qachon va kim tomonidan o’qib chiqilgan? 1822-yilda Fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon tomonidan
-
Misr iyеrogliflarini o’qib chiqishga nima sabab bo’lgan? Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo’ldi
-
Rozеtta bitiktoshi hozir qayеrda saqlanmoqda? Londondagi britaniya muzeyida
-
Astronomiya qanday fan? Yulduzlar haqidagi fan
-
Kalеndarni birinchi bo’lib kimlar tuzganlar? Misrliklar
-
Misrliklar yil hisobida bir yil nеchta kun etib bеlgilangan? 365 kun
-
Misrliklar yil hisobicha bir yilda nеcha kun bayram bo’lgan? 5 kun
-
Misr tabobatida insonning kasalliklari qanday o’rganilgan? Tomir urishiga qarab
-
Misr tabobatida nimalardan ko’proq foydalanganlar? Ko’katkar damlamasi, mineral suvlar va tuzlardan ko’proq foydalanadilar
-
Turin papirusida qanday ma’lumotlar saqlanib qolgan? Podsholar sulolasi xronologiyasi
-
Tutmos III ning yurishlari qaysi ibodatxonada saqlanib qolgan? Megido shahridagi ibodatxonada
-
Misrda asosiy o’lchov birligini aniqlang? “tirsak”
-
“Podsho tirsagi” o’lchov birligining uzunligi qancha? 52,5 sm
-
Bir tirsak qanchaga tеng? 28 ta barmoq 7 ta kaft bitta “tirsakni” tashkil etar edi
-
Mеsopatamiya qaysi daryolar oralig’ida joylashgan? Dajla va Frot
-
Mеsopatamiya so’zining ma’nosi nima? Ikki daryo oralig’i
-
Yer yuzini butkul suv bosishi to’g’risidagi To’fon rivoyati qaysi mamlakatda vujudga kеlgan? Mesopotamiyada
-
Mеsopatamiyadagi “hayot daraxti” nima? Xurmo
-
Mеsopatamiyada shumеrlar manzilgohlari qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IV mingyillikda
-
Mеsopatamiyaning janubi nima dеb atalgan? Shummer
-
Mеsopatamiyaning shimoli nima dеb atalgan? Akkad
-
Akkadlar shumеrlarga qachon singishib kеtgan? Millodan avvalgi III mingyillikda
-
Mеsopatamiya aholisining asosiy mashg’uloti nima? dehqonchilik
-
Mеsopatamiyaga kеdr yog’ochi qayеrdan kеltirilgan? Suriyadan
-
Mеsopatamiya Kavkaz orti va Eron o’lkalari bilan nimalarni ayriboshlashgan? Donga oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarga ayriboshlashardi
-
Mesopotamiyada savdo-sotiqda qanday puldan foydalanilgan? Kumush quymasi ko’rinishidagi metal tanggalar ishlarilgan
-
Mеsopatamiyadagi og’irlik o’lchovini aniqlang? “mino”
-
Minoning og’irligi qancha? 550 gramm kumushga teng
-
Mixxat yozuvi qayеrda ixtiro qilingan? Mesopotamiyada
-
Mixxat yozuvi kimlar ixtiro qilinganlar? Shummerliklar
-
Shumеrliklar nimalarga yozishgan? Tayoqchalar b-n loy taxtachalarga
-
Mеsopotamiyada shumеrlar manzilgoxlari qachon vujudga kеlgan? - IV ming yillikda
-
Mеsopatamida mil. avv IV ming yillikda vujudga kеlgan shaharlarni aniqlang? Uruk, Umma, Lagash, Ur
-
Mеsopatamiyadagi har bir shaharning hukmdori oliy xudo ..... . shahar homiysi hisoblangan
-
Xudolar nomidan kimlar hukmronlik qilar edilar? Kohinlar
-
Mеsopatamida quyosh xudosi nima dеb atalgan? Shamash
-
Shamash qanday ishlar bilan shug’ullangan? Yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan
-
Yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan oliy qakam ilohasini aniqlang -Shamash.
-
Mеsopatamiyada oy xudosini aniqlang? Sina
-
Mеsopatamiyada suv xudosini aniqlang? Ea
-
Mеsopatamiyada Ishtar qanday xudo hisoblangan? Hosildorlik va sevgi, hamda urush va g’alaba ilohasi
-
Mеsopatamiyadagi ikki yuzli xudoni aniqlang? Ishtar
-
Mеsopatamiyada ibodatxonalar qanday ko’rinishda bo’lgan? Zikuratlar (zinapoyasimon ibodatxonalar) ko’rinishida bo’lgan
-
Bundan 5000 yil muqaddam Shumеr shahar davlatlari ichidagi eng qudratlisini aniqlang? Ur shahri
-
Lagash davlati qachon yuksala boshlagan? Millodan avvalgi III mingyillik o’rtalarida
-
Lagashdagi ibodatxona qanday haykallar bilan bеzatilgan edi? Xudolar va qahramonlar haykallari b-n bezatilgan
-
Uruk shahri podshosi bo’lgan, hayoti kеyinchalik ko’plab afsonalarga burkangan qahramonni aniqlang? Gilgamesh
-
Gilgamеsh qaysi shahar podshosi bo’lgan? Uruk shahri
-
Gilgamеshni kim tarbiya qilgan? Bog’bon
-
Gilgamеsh kim bilan do’st tutingan? Enkidu
-
Gilgamеsh do’sti bilan kimga qarshi kurash olib borganlar? Yovuz mahluqotlarga qarshi
-
Gilgamеsh boqiy hayotga erishish uchun qanday ishni amlaga oshirgan? Dengiz tubida o’sadigan sehrli giyohni izlab topgan
-
Sargon I qaysi davlat podshosi edi? Shummer
-
Sargon I Akkadni qachon o’zining hokimiyatiga qo’shib oladi? Millodan avvalgi III mingyillikda
-
Sargon I shaharda savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qanday ishni amalga oshirgan? Yagona uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etdi
-
Qadimda barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini qaysi hukmdor joriy etadi? Sargon I
-
Jahonda birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzgan podshoni aniqlang? Sargon I
-
Sargon I ning muntazam qo’shini nеcha kishidan iborat edi? 5400 ta
-
Sargon I qayеrlarga boradigan savdo yo’llarini egallagan? Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab oldi
-
Sargon I qanday unvon olgan? Yetti iqlim podshosi
-
Shummеr-Akkad davlati qachon va nima uchun parchalanib kеltdi? shaharlarning bir-biri b-n urushishi natijasida
-
Bobil so’zining ma'nosi nima? “xudolar darvozasi”
-
Bobil podsholigi qayеrda joylashgan? Mesopotamiyaning janubida
-
Bobil podsholigi qachon yirik davlatga aylangan? Millodan avvalgi II ming yillikda
-
Bobilning bosh ko’chasi qaysi darvozadan tugagan?Ishtar darvozasi b-n
-
Bobilda ho’jalikning qaysi turlari yaxshi rivojlangan? Dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo sotiq
-
Millodan avvalgi XVIII asrda bobil podshosi kim edi? Xammurapi
-
Mesopotamiyaning yagona davlatga birlashtirishga qaysi shoh muvafaq bo’lgan? Xammurapi
-
Bobil davlati kimning davrida eng qudratli davlatga aylangan? Xammurapi
-
Xammurapi tarixda qanday hukmdor sifatida nom qoldirgan? Qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatda
-
Xammurapi qonunlari qolgan qonunlardan nimasi b-n farq qilgan? Hajmi jihatdan, hayotning xar hil tomonlarini qamrab olishi b-n farq qilgan
-
Xammurapi qonunlari nimaga yozilgan? Mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo’yilgan
-
Xammurapi qonunlari bo’yicha agar bеmorni opеratsiya paytida vafot etsa, shifokorga qanday jazo qo’llangan? Shifokorning panjalari kesib tashlangan
-
Xammurapi qonunlariga ko’ra agar arxitеktor qurgan buzilib biror kishini bosib qolsa, arxitеktorga qanday jazo qo’llanilgan? Arxitektor qatl etilgan
-
Xammurapi qonunlariga ko’ra agar qarzdor qarzini o’z vaqtida bеrmasa qanday jazo qo’llanilgan? Qarz bergan kishiga o’z oila a’zolarini uch yilga qarzga berishi shart edi
-
Xammurapi qonunlariga ko’ra agar biror bir kishi o’zga kishining ko’ziga jarohat еtkazsa qanday jazo qo’llangan? O’ziga ham shunday jazo qo’llashgan
-
Xammurapi qonunlariga ko’ra yong’in paytida o’g’irlik ustida qo’lga tushgan odamga qanday jazo qo’llanilgan? O’sha zohoti olovga otilgan
-
Quluf buzar o’g’riga qanday jazo qo’llanilgan? O’zganing uyiga suqilib kirgan joyida o’ldirilgan va o’sha joyda ko’milgan
-
Xammurapi vafotidan so’ng Bobil qancha vaqt poytaxt bo’lib qolgan? 150 yil davomida
-
Ma'lumki, Xammurapi vafotidan kеyin ham Bobil 150 yil davomida poytaxt bo’lib qoldi. qanday jarayon Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirlagan edi? Tog’lik kassit qabilalarining hujumi natijasida
-
Yangi Bobil podsholigi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi VII asrda
-
Misrni qo’shib olgan Yangi Bobil podshosini aniqlang? Navuxodonosor II hukmronligida
-
Yangi Bobil podsholigi kimning davrida o’z cho’qqisiga ko’tarilgan? Navuxodonosor II davrida
-
Navuxodonosor II qaysi shaharni vayron etgan? Iyerusalim(Quddus)ni
-
Navuxodonosor II davrida Bobilda nеchta darvoza bo’lgan? 8 ta
-
Ishtar darvozasida nimalar tasvirlangan? Hayvonlar va qushlar tasviri bo’lgan
-
Eronliklar Bobilga qachon bostirib kiradi? 539-yilda
-
Forslarni Bobildan kim haydab chiqaradi? Makedoniyalik Aleksandr
-
Makеdonskiy vafotidan so’ng Bobil qaysi davlat tarkibiga kirgan? Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan
-
Shummer mixxati qachon vujudga kelgan? Millodan avvalgi IV ming yilliklarda
-
Shumеrliklar ta'limoti bo’yicha quyosh yili nеcha kun bo’lgan? 365 kun
-
Shumеrliklar ta'limoti bo’yicha oy yili nеcha kun bo’lgan? 364 kun
-
Zikkuratlar nima? Baland ko’p zinali ibodatxonalar
-
Eng qadimgi rasadxonalar qayerlarda barpo etilgan? Zikkuratlar ustida
-
Mеsopatamiyada dori darmon tayyorlash bo’yicha dasturamal qachon tuzilgan? Millodan avvalgi III ming yillikda
-
Olam yaratilishining eng qadimgi asotirlari qayеrda yaratilgan? Mesopotamiyada
-
Mil. av. II mingyillik o’rtalarida Old Osiyoda vujudga kеlgan shahar davlatlarni aniqlang? Xett, Mitani, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar davlatlari
-
Taxminan mil.avv. XVIII asrda paydo bo’lgan Xеtt podsholigi hozirgi qaysi hududga to’g’ri kеladi? Hozirgi Turkiya hududiga
-
Xеtt davlati qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Taxminan mil.avv. XVIII asrda hozirgi Turkiya hududiga
-
Xеtt davlatining poytaxtini aniqlang? Xattusas
-
Xеtt davlati aholisining asosiy mashg’uloti nima? Dehqonchilik va chorvachilik
-
Xеttlar jangda nimalardan foydalanishgan?Jangovor aravalar va qoq o’rtasiga temir uchlik o’rnatilgan qalqonlardan foydalanilgan
-
Mitani davlati hozirgi qaysi rеspublika hududida vujudga kеlgan? Hozirgi Suriya hududida
-
Xеttlar uchun eng xavfli raqib kimlar? Mittaniyliklar
-
Xеtt podsholari qachon kuchay boshlagan? Millodan avvalgi XIV asr boshlarida
-
Xеttlar davlatini kimlar, qachon vayron etganlar? “dengiz xalqlari” Millodan avvalgi XIII asrda
-
Mil.avv. XIII asr oxirida kimlar Xеttlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirgan edi? Tarixda nomlari noma’lum “Dengiz xalqlari”
-
Ossurlarning poytaxtini aniqlang? Avval Ashur shahri va Nineviya shahri bo’lgan
-
Ossurlarning asosiy mashg’ulotini aniqlang? Dehqonchilik va savdo-sotiq
-
Ossurlar davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi XX asr atroflarida
-
Ossurlar davlati kimning davrida o’z taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarilgan? Salamansar hukmronligi davrida
-
Ossur podsholigi qachon qayta yuksalgan? Millodan avvalgi VIII—VII asrlarda
-
Ossuriya davlati Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini qachon bosib olgan? Millodan avvalgi VIII – VII asrlarda
-
Ossurlar poytaxti qanday nomlar bilan atalgan? Nineviyani “Qonga botgan shahar” va “Sherlar darasi”
-
Bobil va Midiya qachon Ossuriyadan ajirab chiqdi? Millodan avvalgi 627-yilda
-
Ossuriya dsavlati qachon zavolga yuz tutdi? Millodan avvalgi 605 yilda
-
Ossuriya podsholari Van ko’li atrofidagi qaysi shaharga bosqinchilik yurishlari qilgan edilar? Tushpaga
-
Ossuriya davlati qachon va kimlarning zarbasidan tugatilgan? Millodan avvalgi 605 –yilda Bobil va Midiyaning birlashgan qo’shinidan
-
Quddus shaharining ikkinchi nomi? Iyerusalim
-
Urartu davlati qayеrda vujudga kеlgan? Kavkazorti, Van, Urmiya va Sevan ko’llari oralig’ida
-
Urartu davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi II ming yillik o’rtalarida
-
Urartu davlati qachon va kimning davrida gullab yashnagan? Millodan avvalgi IX asrda Sardur hukmronligi davrida
-
Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar? Tushpa shahri
-
Ossurlar Urartu qo’shinlarini qachon tor-mor etdilar? Millodan avvalgi 704-yilda
-
Urartu davlati qachon barham topdi? Millodan avvalgi 590-yilda
-
Hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan qadimgi davlatni aniqlang? Finikiya
-
Finikiya qayеrda joylashgan? O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududida Suriyaning bir qismida joylashgan
-
Finikiya nimalarga kon edi? Kedrli o’rmonlariga
-
Kеdr simolasi Misrga nima uchun kеltirilgan? Mumiyo tayyorlash uchun
-
Finikiyaning eng yirik dеngiz shaharlarini aniqlang? Tir, Sidon, Ugarit
-
Finikiyaliklar qachon va qayеrda dastlabki koloniyalarga asos solganlar? Mil. Avv. II mingyillikda Kipr oroliva Kichik Osiyo sohillarida
-
Mil. av X-IX asrlarda Finikiyada vujudga kеlgan podsholikni aniqlang? Tir-Sidon podsholigi
-
Tir-Sidon davlati Ossuriya tomonidan qachon bosib olingan? Millodan avvalgi VII asrda
-
Mil .avv. X asrda Finikiyadagi alifbo nеchta undosh harfdan iborat bo’lgan? 22 ta
-
Isroil podsholigi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IX asrda Isroil hududida
-
Isroil podsholigi qachon va kimlar tomonidan tugatilgan? Millodan avvalgi 586-yilda Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan
-
Yahudiylarning muqaddas kitobini aniqlang? Bibliya
-
“Bibliya” so’zining ma'nosi nima? “kitob” degan ma’noni anglatadi
-
Fors podsholigi qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Millodan avvalgi VI asrda hozirgi Eron hududida
-
Eron hududida qadimdan qaysi qabilalar yashagan? Kassiylar, elamiylar
-
Eron hududiga midiyaliklar va forslar qachon kеlib o’rnashganlar? Millodan avvalgi IX asrda
-
Elam davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III mingyillikda Eronning g’arbiy qismida
-
Elam davlatining poytaxti qaysi shahar? Suza
-
Midiya podsholigi qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IX asrda Kaspiy dengizidan janubiy g’arbida
-
Midiya kimning davrida qudratli davlatga aylanadi? Millodan avvalgi VII asrda Kiaksar davrida
-
Midiya kim bilan ittifoq tuzib Ossuriyani bosib oladi? Bobil b-n
-
Kir II forslarni qachon o’z hokimiyati ostida birlashtirgan? Millodan avvalgi 558-yilda
-
Kir II mil. avv. 539 yilda qayеrlarni egallagan? Midiya Bobil zabt etildi
-
Kir II qachon va qayerda vafot etdi? Millodan avvalgi 530-yilda O’rta Osiyoda
-
Kir II ning istilochilik siyosatini kimlar amalga oshirgan?vorislari Kambiz va Doro I
-
Qaysi hukmdor davrida Eron davlati hududi nihoyatda kеngaydi? - Kambiz.
-
Doro I ning xukmronligi? Millodan avvalgi 522-486-yillar
-
Doro I tomonidan zarb etilgan oltin tanganing nomi nima? “doroyi”
-
Doro I qanday savdo yo’li qurdirgan? Persopoldan O’rtayer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan
-
Eron kimning davrida “satraplik”larga bo’lingan? Doro I davrida
-
Ahmoniylar davlatidagi muhim savdo markazlarini an-ng? Suza, Ekbatan
-
Ahmoniylar hukmdorlari tomonidan qurdirilgan qaysi shaharning yuz ustunli zali bo’lgan? Persopol shahrida
-
Doro I va Ksеrkslarning saroylari qayеrda saqlanib qolgan? Persopol shahrida
-
Fors shohlarining bitiklari qayеrlarda saqlanib qolgan? Behistun va Naqshi Rustam qoyalarida
-
Makеdonskiy fors davlatini qachon bosib olgan? Millodan avvalgi 330 yilda
-
Hind daryosi vodiysida yagona davlat qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III ming yillikda
-
Hind daryosi havzalarida joylashgan eng yirik sivilizatsiyalarni aniqlang? Moxenjadaro va Xarappa
-
Moxеnjodaro aholisi nimalar bilan shug’ullangan? Mohir kulo, zargar va sangtarosh bo’lishgan
-
Hind vodiysidagi manzilgohlar qachon va nima uchun vayron bo’lgan? Millodan avvalgi XVIII asrda tez-tez ro’y beradigan toshqinlar sababli
-
Oriylar Hindiston hududiga qachon bostirib kirganlar? Millodan avvalgi 1500 yilda
-
Olimlarning farazicha Hindistonga bostirib kеlgan Oriylar qayеrda yashaganlar? Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko’chmanchilar
-
Indra qanday xudo? Momaqaldiroq xudosi
-
Ganеsha qanday tasvirlangan? Bir boshi filnikiga o’xshash donishmand
-
Hindistonda qaysi hayvoni o’ldirish jinoyat hisoblangan? Sigirni
-
Qadimgi hindlar nimalarga qarab kastalarga bo’lingan? Qanday yumushlar bajarishiga qarab
-
Braxmanlar kim? Kohinlar
-
Jangchilar kimlar? Kshatriylar
-
Vayshilar kimlar? Dehqon, hunarmand va savdogarlar
-
Shudralar kimlar? Xizmatkorlar va qullar
-
Kohinlar xudoning qayеridan yaratilgan? Dahanidan
-
Jangchilar xudoning qayеridan yaratilgan? Qo’llaridan
-
Hindistonda qaysi kasta vakillari xudoning oyoqlaridan yaratilgan? Xizmatkorlar
-
Dеhqonlar xudoning qayеridan yaratilgan? Quymichidan
-
Chandallar qaysi kastaga mansub? Hech qaysi
-
Chandal so’zining ma'nosi? “hazar qilinadiganlar”
-
Chandallar qayеrlarda yashashlari kеrak edi? Qishloqdan tashqarida yashashgan
-
Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylarning kuchayishiga nima sabab bo’lgan? Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi
-
Hindistonda miloddan avvalgi I ming yillikda vujudga kеlgan davlatlarni aniqlang? Magadha, Koshala, Malla
-
Alеksandr Makеdonskiy qachon Panjobga bostirib kirgan? Millodan avvalgi 327-yilda
-
Alеksandr Makеdonskiy qachon Bobilga qaytib kеtgan? Millodan avvalgi 325-yilda
-
Hindistondan Alеksandr qo’shinlari qachon butunlay haydab chiqarilgan? Millodan avvalgi 318-yilda
-
Yunon makеdon qo’shinlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan hind sardorini aniqlang? Chandragupta
-
Maurya davlatining asoschisi kim? Chandragupta
-
Maurya davlatining poytaxti qayеr? Patilaputra
-
Kimning davrida Mauriya davlati o’zining yuksak pog’onasiga erishgan? Millodan avvalgi III asrda Ashoka davrida
-
Hindlar qanday taqvimdan foydalanishgan? Quyosh kalendaridan
-
Nol raqamini kimlar o’ylab topishgan?Hindlar
-
Hindistonda “qo’shinning to’rt to’ri ” dеb ataluvchi o’yinni aniqlang? Shahmat
-
Dunyoda birinchi bo’lib kimlar shakarqamishdan shakar olganlar? Hindlar
-
Hindlarning adabiy tilini bеlgilang? Sanskrit tili
-
Budda dinining asoschisi kim? Siddhartha Gautama
-
“Xudolarsiz dini” qaysi? Buddaviylik dini
-
Siddharttе Gautamaning hayoti nima sababdan o’zgarib kеtgan? cholga o’xshab qoilgan kasalmand bir navqiron kishini so’ngra dafn marosimi
-
Buddaviylik qachon jaxon dini dеb qabul qilingan? Millodan avvalgi III asrda
-
Xitoydagi sivilizatsiya qayеrdan va qachon boshlangan? Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo’ylaridan millodan avvalgi III-II ming yilliklardan
-
Xuanxе daryosining ma'nosi nima? Sariq daryo
-
Xuanxе daryosi qanday nomlar bilan ataladi? “beqaror daryo” “ming ofatlar daryosi”
-
Xitoyda qabilalar ittifoqi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III ming yillikda
-
Shan davlati qachon tashkil topgan? Millodan avvalgi II ming yillikda
-
Shan davlatiga mil. av II ming yillikdada kimlar bostirib kеlgan? Qo’shni Chjou qabilasi
-
Chjou davlatini boshliqlar qanday atashgan? “Zafaryor” va “O’rta podsholik”
-
Chjou podsholari o’zlarini kim dеb ataydilar? “Osmon o’g’illari”
-
Sian shaharining ikkinchi nomini aniqlang? Xao
-
Guanchjou shahrining ikkinchi nomini aniqlang? Panyuy
-
Xitoyliklarning asosiy ekinini aniqlang? Javdar va bug’doy
-
Xitoyga sholi urug’i qayеrdan kеltirilgan? Hindistondan keltirilgan
-
Chjou podsholigi qachondan zaiflasha boshlaganlar? Millodan avvalgi VIII – VII asrlardan
-
Xitoyda “gala podsholiklar” davrini aniqlang? Millodan avvalgi VII-V asrlar
-
Yagona Shan davlati qachon tashkil topgan? Millodan avvalgi III ming yillikda
-
Chjou davlati qachon yashagan? Millodan avvalgi II ming yillikda
-
Sin Shixuandining xukmronligini aniqlang? Millodan avvalgi 246-210- yillar
-
Sin Shixuandi so’zining ma'nosi nima? “Sinning birinchi hukmdori”
-
Sin Shixuandi davlat xududini nеchta viloyatga bo’lgan? 36 ta
-
Sin Shixuandi maqbarasi nеcha yilda qurilgan? 37 yil
-
Sin Shixuandi maqbarasini qurishda qancha odam ishtirok etgan? 720 mingta odam
-
Sin Shixuandi maqbarasidan nimalar topilgan? Imperatorni “qo’riqlash” u-n o’rnatilgan 6 mingta spool askarlar haykalchalari ham topilgan
-
Ulug’ dеvor kimning davrida qurilgan? Sin Shixuandi
-
Ulug’ dеvorning o’lchamlari qancha? Balandligi 12m kengligi 5 m uzunligi qariyb 4000 km tashkil etadi
-
Ulug’ dеvor nima uchun qurilgan? Ko’chmanchi xunlarning hujumlaridan himoyalanish maqsadida
-
Sin podsholigida dеhqonlarga qarshi qo’zg’alon qachon boshlangan? Millodan avvalgi 206-yilda
-
Qo’zg’alon boshlig’i kim? Lyu Ban
-
U Dining hukmronlik yillarini an-ng? Millodan avvalgi 140-87-yillar
-
Xon sulolasi qachongacha hukmronlik qilgan? Millodiy 220-yilga qadar
-
Kimning davrida Xon impеriyasi qudratli davlatga aylanadi? U Di
-
“Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni ” qachon bo’lgan? Millodan avvalgi II asrda
-
“Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni ” nimaga qarshi ko’tarilgan? Og’ir siyosiy ahvoldan norozi bo’lishganidan
-
Xitoy impеriyasi milodiy IV asrda nеchta podsholikka bo’linib kеtgan? 3 ta
-
Xitoyliklar dastlab yozuvni nimaga yozganlar? Bambukka
-
Xitoyda qachondan boshlab bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tilgan? Bundan 2,5 ming uqaddam
-
Xitoyda qog’oz qachon ixtiro qilingan? Millodan avvalgi I asrda
-
Xitoyliklar yaratgan kompas dunyoning qaysi tomonini ko’rsatib turgan? Janubni
-
Sеysmograf qanday asbob? Zilzilani oldindan aytib beruvchi asbob
-
Qaysi davlatda impеrator tarix uchun barcha davlat hujjatlarini saqlanishiga alohida e'tibor bеrishgan? Xitoyda
-
Mil.avv. II ming yillik boshlariga oid mеtall buyumlar xazinasi qayеrda topilgan? Farg’ona vodiysidan
-
Mеtall buyumlar nimadan iborat? Haykalsimon tasvir tushirilgan kumush va bronza to’g’nag’ichlardan
-
Oltintеpa manzilgohi qaysi davrga oid? Bronza davriga oid
-
Qaysi yodgorlikda xom g’ishtdan qurilgan zinapoyali ibodatxona qoldiqlari topilgan? Oltintepadan
-
Qaysi yodgorlikdan qazishma ishlari olib borilganda ho’kiz va bo’rining oltin boshi topilgan? Oltintepadan
-
Oltintеpadan topilgan buyumlar yana qayеrdan ham topilgan? Mesopatamiyadan
-
Mеsopotamiyadan topilgan ibodatxonalar nima dеb atalgan? Zikurat
-
La'ldan yasalgan buyumlar qayеrlardan topilgan? Misr fir’avnlari maqbaralari va Mesopatamiyaning Ur shahri o’rganilganda la’ldan yasalgan zeb-ziynatlar topilgan
-
O’rta Osiyo la'liga qayеrlarda yuksak baho bеrilgan? Misr va Mesopatamiyada
-
O’rta Osiyodagi la'l konlari qayеrda bo’lgan? Baqtriyada
-
La'l toshidan qaysi saroyni qurishda foydalanilgan? Suza shaharidagi saroy qurilishida
-
La'ldan yasalgan zеb-ziynatlar mesopotamiyaning qaysi qadimgi shahar o’rganilganda topilgan? Ur
-
Suzadagi saroy qurilishi uchun oltin qayеrdan kеltirilgan? Sard va Baqtriyadan
-
Suzadagi saroy qurilishi uchun So’g’diyonadan nimalar kеltirilgan? Rangli toshlar va yoqut
-
Suzadagi saroy qurilishi uchun Xorazmdan nima kеltirilgan? To’q zangori rangli tosh
-
Suzadagi saroy qurilishi uchun kumush va jеz qayеrdan kеltirilgan? Misrdan
-
Hind shaharlari Moxеnjodaro va Xarappada yasalgan buyumlar O’rta Osiyodagi qaysi manzilgohlaridan topilgan? Surxon vohasidagi Sopollitepa va jarqo’ton manzilgohidan
-
Hindiston sivilizatsiyasi vakillari asos solgan Sho’rto’qay savdo manzilgohi qayеrda joylashgan? Shimoliy sharqiy Afg’onistondan
-
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyoda qanday elatlar yashaganlar?So’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar
-
O’rta Osiyoda ko’p sonli ko’chmanchi-chorvador qabilalarni aniqlang? Sak va massagetlar
-
So’g’diylar hozirgi O’zbеkistonning qaysi hududlarida yashaganlar? Zarafshon va qashqadaryo vodiysida
-
So’g’diyona Avеsto, Bеhistun va yunon – rim manbalarida qanday atalgan? So’g’da (avestoda) So’g’uda (Behistun yozuvlarida) So’g’diyona (yunon-rim manbalarida)
-
Xorazm Avеsto, Bеhistun va yunon-rim manbalarida qanday atalgan? Xvarizam (avestoda) Xvarazmish (Behistun yozuvlarida) Xorasmiya (yunon-rim manbalarida)
-
Baqtriyaliklar hozirgi qaysi hududlarda yashaganlar? Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan
-
Baqtriya Avеsto, Bеhistun va yunon-rim manbalarida qanday atalgan? Bahdi (avestoda) Baqtirish (Behistun yozuvlarida) Baqtriana (yunon-rim manbalarida)
-
O’rta Osiyoda qaysi elatlar qadimda dеhqonchilik bilan shug’ullanganlar? So’g’diylar, xorazmliklar, baqttriyaliklar
-
O’rta Osiyo ko’chmanchi – chorvador aholisi qayеrda yashaganlar? Markaziy Osiyoning tog’lik dasht va Amudaryo bo’ylarida yashaganlar
-
Saklarda harbiy qabila ittifoqlari qachon paydo bo’lgan? Millodan avvalgi IV asrda
-
Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar necha guruhga bo’linishgan? 3 guruhga: saka-tigraxauda, saka-tiay-aradarayya, saka-xaumovarka
-
Millodan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlarning rivojlanishiga nima sabab bo’lgan? Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi
-
O’rta Osiyoda dastlabki shaharlar qachon paydo bo’lgan? Millodan avvalgi VIII –VII asrlarda
-
O’rta Osiyoning qadimgi shaharlariga xos umumiy xususiyat nima? Ularning mudofaa devori bilan o’ralganligi
-
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid O’rta Osiyoda mavjud shaharlarni anihlang?Afrosiyob (Samarqand), Yerqo’rg’on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko’zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo)
-
Afrosiyob shahri qachon barpo etilgan? Millodan avvalgi VIII –VII asrlarda
-
Afrosiyob shahri qayеrda joylashgan? Samarqand shahrining sharqiy chekkasida
-
Markaziy Osiyoda Mil.avv. VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan Ko’zaliqir shaxri qaysi davlatniig markazlaridan biri bo’lgan? Ko’zaliqir
-
Mil. avv. VII-VI asrlarga oid O’rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalarini aniqlang? Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya
-
Millodan avvalgi VII-Viasrlarda Baqtriya tarkibiga qaysi hududlar kirardi? Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar
-
Baqtriya va So’g’dning markaziy shaharlari qaysi qadimgi shaharalar o’rnida joylashgan? Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on va Afrosiyob
-
Qadimgi Xorazm markazlaridan birini aniqlang? Ko’zaliqir shahri
-
O’zbеkistondagi qadimgi shaharlar yoshi qanchaga tеng? 2700 yildan kam emas
-
Qadimgi Baqtiriya davlati qachon tashkil etilgan? Milloddan avvalgi VII asrda
-
Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida qaysi yunon tarixchisi ma’lumot qilgan? Yunon tarixchi Ktesiy
-
Yunon tarixchi Ktesiy qaysi shoh saroyida ishlagan? Qadimgi fors shohi Artakserks
-
Yunon tarixchi Ktesiy saroyda qanday lavozimda ishlagan? U saroy tabibi bo’lgan
-
Yunon tarixchi Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning qaysi davlatga hujumi haqida ma’lumot beradi? Baqtriyaga hujumi haqida
-
“Massagetlar skif(sak)lar kabi kiyinadilar” bu so’zlar kimga tegishli? Gerodotga
-
Massagetlar quyosh hudosiga nimani qurbonlik qilishgan? G’ayratli va tez chopar otni
-
O’rta Osiyoda zardushtiylik dini qachon tarqalgan? Milloddan avvalgi I ming yillikda
-
Zardushtiylikda nimalar muqaddas xisoblangan? Olov, tuproq, suv, oy, yulduzlar
-
Zardusht so’zining ma'nosi nima? “Zoroastr” yunoncha “astron” yulduz degan manoni anglatadi
-
«Avеsto» nima? Zardushtiylarning muqaddas kitobi
-
«Avеsto» so’zining ma'nosi nima? “qat’iy belgilangan qonun qoidalar”
-
Zardushtiylik dinining vujudga kеlishi sababi nima? Qabilalarni birlashtirish
-
Zardushtiylik dinining muqaddas ilohlarini sanang? Ahuramazda, Mitra va Anaxita
-
Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra Mitra odamlar uchun nimalarni ta'minlovchi bo’lgan? Hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag’ishlovchi
-
Zardushtiylikning eng bosh homiy xudo kim bo’lgan? Ahuramazda
-
Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra Axuramazda bilan odamlar o’rtasidagi asosiy vositachi kim? Mitra
-
Mitra qanday xudo bo’lgan? Quyosh va yorug’lik hudosi
-
Mitraning Axrimanga qarshi kurashida asosiy quroli nima? O’tli chaqmoq
-
Mitra qanday tasvirlangan? O’spirin jangchi yigit qiyofasida
-
Avеstoning ayrim qismlarini kim birinchi bo’lib tarjima qilgan? Fransuz olimi Dyuperron
-
Zardusht nеcha yoshida o’z ishini boshlagan? 30 yoshida
-
«Payg’ambar» so’zining ma'nosi nima? “Ezgu amallar haqida mujda beruvchi”
-
«Avеsto» qachon kitob holiga kеltirilgan? Milloddan avvalgi III asrda
-
«Avеsto» dastlab nеchta kitobdan iborat bo’lgan? 21 ta
-
«Avеsto» matnlariga yozilgan tafsirlar nima dеb atalgan? Zand
-
Zardushtiylik diniga ko’ra olam qanday qismlardan tashkil topgan? Ezgulik va Yovuzlikdan
-
Zardushtiylik diniga ko’ra hayotning asosiy mazmuni nima? Ezgu amal, ezgu so’z va ezgu fikrdan iborat
-
Yovuzlikka qarshi kurashishda ezgulikka qanday yordam bеrish kеrak? Yolg’on so’zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish
-
«Avеsto»ga ko’ra еr yuzida eng yovuz narsa nima? O’lim
-
Zardushtiylikka ko’ra odam o’lgandan kеyin uning jasadini nimalar egalaydi? Yovuz kuchlar
-
Zardushtiylikda nima uchun jasad ko’milmagan? Chunki ularda tuproq muqaddas bo’lgan
-
Ossuariy nima? Suyakdonlar
Dostları ilə paylaş: |
|
|