6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
6MAVZU


6.Xonliklar davri tarixiy geografiyasi

Tayanch iboralar: Shayboniylar, ashtarxoniylar, xonliklar, xonliklarning ma’muriy-hududiy chegaralari mustamlaka boshqaruv tizimi, general gubernatorlik markaziy boshqaruvi, uezdlar boshqaruvi, harbiy gubernator, sud palatasi, volostlar boshqaruvi, uchastkalar va ovul jamoalari boshqaruvi, “Vaqtli Nizom loyihasi”,  “Shahar Nizomini qо‘llash”, assimilyatsiya, О‘rta Osiyo temir yо‘li, sanoat sohasining shakllanishi. 


    1. Buxoro xonligi

Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi (1510-1601 yy). XV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlariga kelib Movarounnahr va unga tutash Dashti Qipchoq hududlaridagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Bunga bir tomondan temuriylar davlatida yuzaga kelgan siyosiy tarqoqlik va hokimiyat hamda hududiy da’volar orqasidan kelib chiqqan о‘zaro ichki nizolar ta’sir kо‘rsatgan bо‘lsa, ikkinchi tomondan Dashti Qipchoqda tarqoq kо‘chmanchi qabila va urug‘larning birlashuvi va kuchli markazlashgan davlatning yuzaga kelishi ta’sir kо‘rsatgan edi.

Bu vaqtga kelib G‘arbiy Sibir va Sirdaryogacha bо‘lgan hududlarni birlashtirib, Dashti Qipchoq va Movarounnahr orasidagi savdo tarmoqlarining markazlari sanalgan Sig‘noq, Oqqо‘rg‘on, Arquq, Sо‘zoq va О‘zgand shaharlarini yagona hokimiyatga bо‘ysundirgan Jо‘chining beshinchi о‘g‘li Shaybon urug‘idan bо‘lgan Abulxayrxonning temuriylar davlati hududlariga ham ta’siri kuchayib boradi. Garchi bu ta’sir dastlabki vaqtlarda temuriylarning murojaatlari orqasida kelib chiqqan bо‘lsa, keyinchalik Abulxayrxon Sirdaryoning sо‘l qirg‘og‘idagi hududlarga ham о‘z siyosatini о‘tkazish va hokimiyatini joriy qilishga intiladi. Shunday vaziyatlardan biri 1447 yilda Shoxruxning vafot etishi bilan yuzaga keladi va Ulug‘bekning mamlakatda yо‘qligidan foydalangan Abulxayrxon Samarqand va Buxoro atroflarga harbiy bosqinchilik uyushtiradi.

Ulug‘bekning vafoti bilan Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat yanada chigallashadi va Samarqand taxti uchun kurashlar kuchayadi. Shunday jarayonda temuriyzoda Abu Said Mirzo (1451-1469 yy)ning murojaati bilan Movarounnahrga kirib kelgan Abulxayrxon temuriylarning ichki kurashlarida ishtirok eta boshlaydi va shu bilan Movarounnahr ichki siyosiy hayotida shayboniylar omili boshlanadi. Bu siyosat Abulhayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon davrida ham davom etdi.

Abulhayrxonning о‘g‘li Shoh Budog‘ Sultonning farzandi bо‘lgan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon (1451-1510 yy) bobosining о‘limidan (1468 y) sо‘ng tarqoqlikka uchragan Shaybon ulusiga mansub urug‘ va qabilalarni nafaqat qaytadan birlashtirishga, balki uni kuchli va markazlashgan, harbiy jihatdan qudratli davlatga aylantirishga erishdi. Ayni vaqtda Movarounnahrga chegaradosh bо‘lgan va Sirdaryo bо‘ylab joylashgan О‘tror, Sayram, Turkiston (Yassi) hududlarini ham о‘z ta’siriga oldi.

Bu vaqtda temuriylar orasida ichki nizolar kuchayib boradi. 1494 yilda vafot etgan Sulton Ahmad (1451-1494 yy) о‘rniga ukasi Sulton Mahmud (1452-1495 yy) Samarqand taxtini egallaydi, biroq kо‘p о‘tmay Boysung‘ur mirzo (1477-1499 yy) tomonidan taxtdan tushiriladi. Bu hol Samarqand va uning atrofidagi siyosiy kuchlarning ikkiga bо‘linishiga, ayni vaqtda Muhammad Hoja (Hoja Ahror avlodidan) va Hoja Yahyo kabi din peshvolarining ham har ikki siyosiy kuchlarni qо‘llab quvvatlashiga olib keladi. Siyosiy kurash bilan bir vaqtda mafkuraviy kurash va qarama-qarshilik ham avjiga chiqadi.

1496-1497 yillarda Samarqand taxti uchun Boysung‘ur Mirzo, uning ukasi Sulton Ali Mirzo, akasi Sulton Mas’ud Mirzo, Andijon hokimi Umarshayxning о‘g‘li Bobur Mirzolar о‘rtasida shiddatli janglar boradi, shahar qamal holatida qoladi. Og‘ir ahqolda qolgan Boysung‘ir Mirzo yordam sо‘rab Shayboniyxonga murojaat qiladi. Fursatdan foydalangan Shayboniyxon 1497 yilning kuzida Samarqandga qо‘shin tortadi. Biroq ittifoqchilar о‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat tufayli Mirzo Bobur qо‘shinlari tomonidan qaytarilgan Shayboniyxon qо‘shinlarini olib ortga qaytadi va Samarqand 1497 yilning noyabr oyida Mirzo Bobur tomonidan egallanadi. Biroq bu muvaffaqiyat Boburning Farg‘onadagi hokimiyatining zaiflashuviga va hokimiyat uchun kurashlarning yanada kuchayishiga olib keldi.

Mamlakatda yuzaga kelgan о‘zaro ichki kurashlar umumiy holda siyosiy vaziyatning izdan chiqishi va iqtisodiy hayotning tanazzulga uchrashiga olib keldi. Bu Movarounnahrdagi hokimiyatni qо‘lga kiritishga intilayotgan shayboniyxon uchun ayni muddao bо‘lib, ayrim mahalliy hukmdorlar va din peshvolari ham turli yо‘lar bilan uni qо‘llab quvvatlamoqda edilar.

1497–1500 yillar oralig‘ida yuz bergan bir necha tо‘qnashuvlar va talonchilik yurishlaridan sо‘ng Shayboniyxon 1500 yilda Samarqandga hujum boshlaydi. Bu yurishda unga ukasi Sulton Maxmud, jiyanlari va amakilari Ubaydullo Sulton, Hamza Sulton, Mahdi Sulton, Kuchkinchixon, Suyunchxо‘jaxonlar juda katta yordam beradilar.

1500 yilda Samarqandni egallab, keyinchalik uning hukmdori Sulton Alini qatl ettirgan Shayboniyxonga qarshi Bobur Mirzo о‘z qо‘shinlari bilan qarshilik kо‘rsatishga harakat qiladi va kuz oylarida Samarqandni egallaydi. Biroq bir necha qamal va janglarda holdan toygan va og‘ir ahvolda qolgan shahar aholisini qiynamaslik uchun Shayboniyxon bilan olib borilgan muzokaralar va sulh natijasida shaharni tashlab chiqib ketadi.

Keyingi siyosiy vaziyat asosan Shayboniyxon foydasiga о‘zgaradi va u bir necha yо‘nalishda janglar olib borib turli yillarda Movarounnahr va Xurosonning bir qator viloyatlarini bosib oladi. Jumladan, 1501-1502 yillarda Jizzax, О‘ratepa, Shosh, Shoxruxiya, Sayram, 1504 yilda Hisor, 1505 yilda Urganch va Xorazm, 1507 yilda Xirot va Xuroson bosib olindi.

Shayboniyxonning Xurosonga yurishidan foydalangan qozoq sultonlari Buxoro va Samarqandga talonchilik yurishi uyushtiradilar, bu esa Shayboniyxoning 1508-1509 yillarda Dashti Qipchoqqa, qozoq sultonlariga qarshi yurishga majbur qiladi. Bu yurish natijasida Shayboniyxon Sig‘noq, Yassi, Savron va qozoq sultonlari hududlaridan Qora Abdal yerlarini qaytadan qо‘lga kiritadi.

Temuriylar davlatining asosiy viloyatlarini о‘z ichiga olgan Movarounnahr va Xuroson egallagan Shayboniyxon о‘zining keyingi harbiy yurishlarini Eronga qarshi qaratadi.

1509 yilda Marv shahrini egallagan Shayboniyxon Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. 1510 yili Marv yakinidagi Chibukobod mavzesida Eron shohi Ismoil Safaviyning 70 ming kishilik qо‘shiniga qarshi 17 ming askar bilan jangga kirgan Shayboniyxon qо‘shinlari mag‘lubiyatga uchratiladi va uning о‘zi jangda о‘ldiriladi. Bu mag‘lubiyat natijasida Shayboniylar о‘zlarining Xuroson va Xorazmdagi mulklaridan mahrum bо‘ladilar.

Muhammad Shayboniyxon о‘limidan sо‘ng taxtga Kо‘chkinchixon (1510-1530 yy) о‘tirdi. Ayni vaqtda vaziyatdan foydalangan temuriy Bobur mirzo Ismoil Safaviy bilan ittifoq tuzgan holda Samarqandni egallash uchun shayboniylarga qarshi yurish boshlaydi.

Garchi u 1511 yilda Samarqandni egallab olgan bо‘lsada, biroq uni saqlab qola olmadi. 1512 yil noyabrida Najmi soniy (Amir Ahmad) boshchiligida Movarounnahrga yurish qilgan eronliklar esa Qarshida Ubaydulla sulton va Temur sultonlar boshchiligidagi shayboniylar tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi.

Ubaydulaxon hukmronligi vaqtida (1533-1539 yy) poytaxt Samarqanddan Buxoroga kо‘chirildi. Biroq uning vafotidan sо‘ng taxtga о‘tirgan Abdullaxon I esa hokimiyatni о‘z qо‘lida saqlab qola olmadi va mamlakat bir necha hokimliklarga bо‘lindi, jumladan Buxoroda Abdulazizxon (1540-1550 yy), Samarqanda Abdulatifxon (1540-1551 yy), Toshkent va Turkistonda Navrо‘z Axmadxon (Baroqxon, 1540-1556 yy) hokimiyatni о‘zaro bо‘lib oldilar.

Mamlakatning birlashtirilishi va markaziy hokimiyatning kuchaytirilishi Iskandar sultonning (1560-1583 yy) о‘g‘li Abdullaxon II faoliyati bilan bog‘liq. О‘z siyosiy faoliyatini 1557 yilda Buxoro hokimi sifatida boshlagan Abdulaxon II (1583-1598 yy) umrining oxirigacha mamlaktni birlashtirish va uning hududlarini kengaytirish uchun kurash olib bordi, uning say-harakati bilan О‘rta Osiyoda Amir Temur davlatidan keyingi yirik va qudratli Buxoro xonligi tarkib toptirildi. Biroq 1598 yilda Abdullaxon II о‘z о‘g‘li Abdulmо‘min tomonidan zaharlab о‘ldirilgandan sо‘ng mamlakat inqirozga uchray boshladi va sulolaning sо‘nggi vakillari hokimiyatni о‘z qо‘llarida saqlab qola olmadilar. 1601 yildan boshlab Buxoro xonligi taxtida Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi hukmronligi boshlandi.

Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qо‘lida bо‘lib, ular ham о‘z boshqaruv tizimiga ega bо‘lgan. Unga qо‘shinga boshchilik qiladigan, shariat qonunlarining tо‘g‘ri bajarilishini hududqiladigan, aholidan soliqlarni yig‘ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar о‘z navbatida kichik ma’muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bо‘linib idora qilingan. Mahalliy boshqaruvning eng quyi bо‘g‘ini oqsoqol (kalon taron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi. Xonlik viloyat (ulus)ga bо‘lib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorakо‘l, Miyonkol, Shosh, Turkiston, Farg‘ona, О‘ra-tepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil topganligi kо‘rsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, har-biy yurishlarda о‘zini kо‘rsatgan о‘zbek sultonlari muyassar bо‘lgan. Xonlikni chegaralari doimiy bо‘lmay tez-tez о‘zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan. Mamlakat siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida yirik sarkardalar, qо‘shin boshliqlarining о‘rni katta edi. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarida qо‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, qо‘shin boshliqlarining qо‘mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.

Shayboniylar qо‘shini asosan otlik va piyoda askarlardan tashkil topgan. qо‘shin urishda о‘q-yoy, uzun, nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy hujum qurollaridan foydalangan. Abdullahon II davrida qо‘shin Xorijdan keltirilgan pilta miltiqlardan qurollantirilgan. Shayboniylar qо‘shnida navkarlar himoya uchun qalqon (sipar)dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib tо‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva) – temir yoki pо‘latdan ishlangan maxsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abudllahon II davrida Yevropadan keltirilgan jovshan (sovut) ham bо‘lgan. Urushda yaroq va о‘q о‘tmasligi uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq gejm (kejim) yopishgan. Qо‘shin tarkibida Naftandozlar, manjaliqchilar va tosh otuvchilar ham bо‘lib, ular shahar va mudofaa qо‘rg‘onlarini egallashda katta о‘rin tutgan. XVI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullahon II qо‘shinida chet ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydor bо‘ladi. Qо‘shin tarkibi, uning jangovor saflanishi, jang qilish tartibi, Chingizxon va Amir Temur qо‘shinlari harbiy tuzilishi, urish taktikasiga asoslangan bо‘lib, unga Shayboniyxon davrida kо‘chmanchi о‘zbeklarga xos bо‘lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. Shayboniylar qо‘shini asosan, qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong‘or (о‘ng qanot) va javong‘or (sо‘l qanot) qismlaridan hamda xirovul (qо‘shinning orqa qismi)dan tashkil topgan. Ularga xonning о‘zi va tajribali о‘zbek sarkardalari boshchilik qilgan. Qо‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda о‘g‘lon deb yuritilgan. Qо‘shini oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism - ilg‘or bо‘lgan. Shayboniylar qо‘shinida umumiy qism oldida boruvchi «qoravul» deb atalgan maxsus qism, qо‘shinining о‘ng va sо‘l qismlari oldida boruvchi "kichik" g‘о‘l deb yuritilgan bо‘linmalar va ortidan boruvchi maxsus yordamchi bо‘linma-chanoh bо‘lgan. Qо‘shin tarkibida tug‘chi qism, yа’ni bayroq ostida ehtiyotda turuvchi (tug‘ni qо‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy bо‘linma hamda zabongilari – Yа’ni dushman tomonidan yashirish ravishda “til” tutib keluvchi maxsus bо‘linma va xabarchi-dushman tо‘g‘risida umumiy ma’lumot keltiruvchi bо‘linmalar ham bо‘lgan. Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari о‘tkaziladigan maxsus joy-bargoh hozirlashgan. Qо‘shinda saralangan о‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning qо‘riqchilari ham katta rol о‘ynagan.

Shayboniylar qо‘shini ham Chingizxon va Amir Temur qо‘shinlaridek 10 minglik korpuslar – tumanlarga bо‘lingan. Unga Nuyon deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar о‘z navbatida minglik, yuzlik, о‘nliklarga bо‘lingan. Qо‘shinni jangga hozirlash, ularning maoshini tо‘lash va boshqa tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor – tavochi shug‘ullangan. Qо‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga ma’sul bо‘lgan amaldorlar –jevachi bо‘lib, u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bо‘lgan. Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qо‘lgan kiritiladigan о‘ljadan ham berib turilgan. Harbiy sohaning bunday tartiblanishi deyarli о‘zgarishlarsiz XIX asr о‘rtalarigacha davom etdi.




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə