|
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifiAjratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
|
səhifə | 41/125 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 1,6 Mb. | | #147803 |
| 65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.orgAjratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan olinadigan schotlarning
(4100) bog‘lanishi
Mazkur guruh schotlari ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar va boshqalar), shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining yuklab jo‘natilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek sotilgan asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlar bo‘yicha barcha turdagi debitorlik qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schotlardan iborat:
4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schotlar";
4120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schotlar".
Bosh tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan korxona shu’ba korxonasi deb ataladi, ya’ni bosh tashkilot shu’ba korxonasining ustav kapitalida 50 %dan ko‘p bo‘lgan miqdordagi ulushga ega.
Agar jamiyatning ovoz berish huquqiga ega aksiyalarining 20 %idan ko‘prog‘i boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan taqdirda, ushbu jamiyat qaram xo‘jalik jamiyati deb e’tirof etiladi.
Korxonalar ushbu guruhdagi schotlarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha debitorlik qarzini ham hisobga olishi mumkin. Buning uchun korxona 4130 "Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha olinadigan schotlar"ni ochishi mumkin.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|