65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə84/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni
hisobga oluvchi schotlarning (7300) bog‘lanishi
Korxonaning buyurtmachilarga qisman tayyor tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berishi yoki ish bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi uchun olgan bo‘naklari bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 7310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schotida amalga oshiriladi. Olingan bo‘nak summalari, shuningdek qisman tayyor mahsulot (ish, xizmat) uchun olingan to‘lovlar summasi 7310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schotining kredit tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar debeti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan uzoq muddatli bo‘naklar summasining joriy qismga o‘tkazilishi 7310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schotining debeti bo‘yicha 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.




T/r


Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni




Bog‘lanuvchi schotlar




Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar




debet




kredit


1

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan olingan bo‘naklar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan


3290

7310

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




2

Buyurtmachilarga yetkazib berilgan mahsulot va amalga oshirilgan ishlar uchun qisman to‘lov bo‘yicha tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun naqd pul bilan bo‘naklar olingan


5010

7310

Bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, shartnoma, kassa orderi




3

Buyurtmachilarga yetkazib berilgan mahsulot va amalga oshirilgan ishlar uchun qisman to‘lov bo‘yicha tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun hisob-kitob schotiga bo‘naklar olingan


5110

7310

Bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, shartnoma




4

Buyurtmachilarga yetkazib berilgan mahsulot va amalga oshirilgan ishlar uchun qisman to‘lov bo‘yicha tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun valyuta hisob-kitob schotiga bo‘naklar olingan


5210, 5220


7310

Bank valyuta hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, shartnoma


5

Buyurtmachilarga yetkazib berilgan mahsulot va amalga oshirilgan ishlar uchun qisman to‘lov bo‘yicha tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun maxsus hisob-kitob schotiga bo‘naklar olingan


5530

7310

Bank maxsus hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, shartnoma




6

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan olingan bo‘naklar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan


9620

7310

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




7

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) to‘liq ortib jo‘natilgan mahsulot, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

4010

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi




8

Boshqa debitorlarga (buyurtmachilarga) to‘liq ortib jo‘natilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

4890

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi




9

Uzoq muddatli bo‘naklar joriy qismining o‘tkazilishi aks ettirilgan


7310

6310

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




10

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) 100 % oldindan to‘lov sharti bilan ortib jo‘natilgan mahsulot uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

9010

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar




11

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) 100 % oldindan to‘lov sharti bilan ortib jo‘natilgan tovarlar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

9020

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar




12

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) 100 % oldindan to‘lov sharti bilan ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

9030

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi




13

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) to‘liq ortib jo‘natilgan (berilgan) asosiy vositalar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

9210

Bajarilgan ishlar dalolatnomasi




14

Xaridorlarga (buyurtmachilarga) to‘liq ortib jo‘natilgan (berilgan) boshqa aktivlar uchun schotlar taqdim etilganda, olingan bo‘naklar summasi o‘zaro hisob-kitob qilingan


7310

9220

Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi




15

Olingan bo‘naklarning naqd pul bilan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

5010

Chiqim kassa orderi, da’vo hujjatlari




16

Olingan bo‘naklarning hisob-kitob schotidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

5110

To‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




17

Olingan bo‘naklarning valyuta hisob-kitob schotidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

5210, 5220

To‘lov topshiriqnomasi, bank valyuta schotidan ko‘chirma, da’vo hujjatlari




18

Olingan bo‘naklarning maxsus hisob-kitob schotidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

5530

To‘lov topshiriqnomasi, bank maxsus schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




19

Olingan bo‘naklarning pul o‘tkazish yo‘li bilan qaytarilishi aks ettirilgan (bunga qadar summalar yo‘lda deb hisoblangan)


7310

5710

To‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




20

Olingan bo‘naklarning banklarning qisqa muddatli kreditlari hisobidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

6810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




21

Olingan bo‘naklarning banklarning uzoq muddatli kreditlari hisobidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




22

Olingan bo‘naklarning boshqa korxonalarning qisqa muddatli kreditlari hisobidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

6820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




23

Olingan bo‘naklarning boshqa korxonalarning uzoq muddatli kreditlari hisobidan qaytarilishi aks ettirilgan


7310

7820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, da’vo hujjatlari




24

Foydalanilmagan bo‘naklar da’vo taqdim etish muddatida hisobdan chiqarilgan (bo‘nak summalari 5 yil davomida balansdan tashqari schotda hisobda turadi)


7310

9390

Inqirozga uchraganligi to‘g‘risida qaror, tugatish to‘g‘risida qaror, inventarlash komissiyasining qarori, buyruq




25

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan olingan bo‘naklar bo‘yicha valyutadagi musbat kurs farqi aks ettirilgan


7310

6230

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




26

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan olingan bo‘naklar bo‘yicha valyutadagi musbat kurs farqi aks ettirilgan


7310

9540

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi







Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə