65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə82/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni
hisobga oluvchi schotlarning (7200) bog‘lanishi
Mazkur guruh schotlari korxonaning uzoq muddatga kechiktirilgan majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


7210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar";
7220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar";
7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar";
7240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar";
7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar";
7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar".
7210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirmasi) va ustamasi bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi.
7220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi.
7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schoti tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablag‘larini olish va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari orasidagi farq bilan bog‘liq korxona majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan.
7240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" schotida qonunchilikka muvofiq vakolatli hokimiyat organlarining qarori bo‘yicha bir necha yilga kechiktirib to‘lashga ruxsat etilgan soliqlar bo‘yicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar va majburiy to‘lovlar aks ettiriladi.
7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" schotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiriladi.
Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra hisoblanadi. Ushbu xarajatlar korxona tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib hisoblangan foyda solig‘i xarajatlari va soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan to‘lanadigan foyda solig‘i o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinadi va 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" schotining kreditida aks ettiriladi.
7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" schotida 7210-7250 schotlarida ko‘rsatilmagan korxonaning boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
Ushbu schotlarning kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar shakllantiriladi, debetida esa ularning joriy qismga o‘tkazilishi aks ettiriladi.





Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə