7 §. Gipotezalar tuzish va tekshirish asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari



Yüklə 146,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix15.05.2023
ölçüsü146,37 Kb.
#110309
  1   2   3
7-Mavzu



7-
 
§.GIPOTEZALAR TUZISH VA TEKSHIRISH ASOSIDA 
MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI 
 
Gipotezalarni tuzish va tekshirish asosida yechiladigan mantiqiy 
masalalar o`quvchilarning tadqiqot qilish ko`nikma va malakalarini 
rivojlantirib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 
1)
muammoning qo`yilishi; 
2)
qo`yilgan muammoni o`rganish; 
3)
tadqiqot gipotezasini tuzish; 
4)
gipotezani tekshirish(gipotezani tasdiqlash yoki rad etish); 
5)
xulosalarini ifodalash; 
6)
hosil qilingan xulosalarni tahlil etish va umumlashtirish. 
Bu bosqichlarni quyidagi masalani yechish asosida konkretlashtiramiz. 
1-
 
masala. 
Bolalarga ustozi quyidagi quvonchli yangilikni aytdi: “ 
Sizlardan biringiz terma jamoaga taklif qilindingiz”. Uztozining bu so`zini 
eshitib: 
Sobir: “O`ylaymanki, bu Botir yoki Vali bo`lsa kerak”,- dedi, Botir esa: 
“Menimcha, Vali bo`lsa kerak, chunki uning bo`yi baland”,-dedi, Vali esa: 
“ Meni taklif etishmasa kerak”,- deb e’tiroz bildirdi.Agar bolalarning 
bittasining mulohazasi to`g`ri bo`lsa, terma jamoaga kim taklif etilgan? 
Yechish. Masala shartini tahlil etish asosida birinchi bosqichda 
muammoning qo`yilishi va uni tahlil etish amalga oshiriladi. Buning uchun 
masala matnidan mulohazalar ajratilib, ular tuzilgan gipoteza bilan 
taqqoslanib, rost yoki yolg`on ekanligi o`rnatiladi. Masalada qo`yilgan 
savolga javobning (yechimning) to`g`riligi me’zoni sifatida uning sharti 
bo`yicha rost bo`ladigan mulohazalar soni bo`ladi. Berilgan masala uchun 
bu shart quyidagichadir: “Faqat bitta bola haq bo`lib chiqdi (rost gapirdi)” 
bo`ladi. 
Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni hisobga olmasdan, 
jadvaldan tasdiqlangan gipotezada rost bo`ladigan mulohazalar sonini topa 
olsa, u holda bu xulosa yechimni tahlil qilish va 


umumlashtirishning natijasi bo`ladi. Masala ustida bunday usulda ish olib 
borish o`quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish 
bilan bir qatorda, ularni gipotezalarni tuzish va tahlil etish asosida tadqiqot 
faoliyatiga jalb etish uchun asos yaratiladi. Masala shartiga asosan barcha 
mumkin bo`lgan gipotezalarni ko`rib chiqish o`quvchilarni to`la induksiya 
asosida xulosalar chiqarish bilan tanishtirishga sharoit yaratadi. 
Ikkinchi bosqichda tadqiqotning barcha gipotezalari ifodalanadi, ya’ni 
kim terma jamoaga taklif etilganligi haqidagi gipotezalar olg`a suriladi. 
Bolalar soni uchta va ularning har biri terma jamoaga taklif etilishi 
mumkinligidan, uchta gipoteza ifodalanadi. 
Uchinchi bosqichda har bir gipoteza ko`rib chiqilib, tahlil etiladi va 
tekshiriladi. Buni har bir bolaning mulohazasi rost yoki yolg`on ekanligini 
o`rnatish orqali amalga oshirish mumkin. Gipoteza ifodalangandan so`ng 
bolalarning mulohazalarini bir qiymatli baholash mumkin bo`ladi. Agar, 
masalan, terma jamoaga Botir taklif etilgan bo`lsa, Sobirning mulohazasi 
rost, Botirning mulohazasi esa yolg`on bo`ladi. Vali aytgan mulohaza ham 
rost bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, Botirning terma jamoaga taklif etilishi 
haqidagi gipotezada rost mulohazalar soni ikkita, shart bo`yicha esa terma 
jamoaga bitta bola taklif etilgan. Demak, bu gipoteza noto`g`ri. Xuddi shu 
kabi boshqa gipotezalar ham tekshiriladi. 
To`rtinchi bosqichda terma jamoaga kim taklif etilganligi haqida 
xulosa chiqarish mumkin bo`ladi. Bunda rost mulohazalar soni 1 ga teng 
bo`lishi zarur. O`zlarining xulosasini asoslash (gipotezani rad etish yoki 
tasdiqlash) orqali o`quvchilar dalillar asosida o`z mulohazalarini qurishni 
o`rganadilar. 
Beshinchi bosqichda masala yechimini tahlil etish jarayonida 
o`quvchilar bilan birgalikda uning yechimidan qo`shimcha natijalar keltirib 
chiqarish mumkin. Masalan, bolalardan kim haq bo`lib chiqqanligini 
o`rnatish mumkin. Bunday qo`shimcha savolga o`quvchining to`g`ri javobi 
ular tomonidan, mantiqiy masalalarni yechishga tadqiqot metodini ongli va 
tushungan holda qo`llash 


darajasini belgilaydi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni tashab 
yuborib, jadvalda tasdiqlangan gipotezaga javobi to`g`ri bo`lgan bolalarni 
topa olsa, u holda bu hulosa masala yechimini tahlil etish va umumlashtirish 
natijasi bo`ladi. Tadqiqot (ya’ni gipotezalar tuzish va tekshirish asosida 
yechiladigan) mantiqiy masalalarni yechimini jadval ko`rinishida ifodalash 
qulay bo`lib, jadvalni to`ldirish quyidagi reja asosida amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir: 
1)
Masala matnini diqqat bilan o`qish; 
2)
Masala matnida berilgan barcha mulohazalarni ostiga chizish; 
3)Jadvalning vertical ustuniga har bir mulohazani qisqacha 
yozish; 
4)
Jadvalning gorizontal satriga barcha gipotezalarni yozish; 
5)Jadvalning har bir ustunidagi rost mulohazalar sonini hisoblash; 
6)Xulosa keltirib chiqarish. 
Ushbu reja asosida yuqoridagi masala yechimi quyidagicha 
rasmiylashtirilishi mumkin. Terma jamoaga kim taklif etilganligi haqidagi 
gipotezalarni ko`ramiz, ya’ni tadqiqot gipotezasini quramiz. Bolalar soni 3 
ta va ularning har biri terma jamoaga taklif etilishi mumkinligidan, 3 ta 
gipoteza tuzib, uni tekshirishimiz zarur bo`ladi. 
Gipotezalarni tekshiramiz. Buni bolalarning har biri aytgan mulohazani 
rost yoki yolg`onligini o`rnatish orqali aniqlaymiz. Gipoteza ifodalangandan 
so`ng, bolalar javoblarini bir qiymatli baholash mumkin bo`ladi. 
Gipotezalar 
Bolalar mulohazasi 
Terma jamoaga… taklif etilgan 
Botir 
Vali 
Sobir 
Sobir:” Botir yoki Vali” 



Botir:” Vali” 



Vali:”Meni taklif etishmagan” 



Rost mulohazalar soni 



Terma jamoaga shu bola taklif etilganligi 
haqida xulosa chiqarish 
Yo`q 
Yo`q 
Ha 


Demak, terma jamoaga Sobir taklif etilgan. 

Yüklə 146,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə