7 §. Gipotezalar tuzish va tekshirish asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari



Yüklə 146,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix15.05.2023
ölçüsü146,37 Kb.
#110309
1   2   3
7-Mavzu

2-
 
masala. 
Bolalar tanaffus paytida sinfda yugurishib, guldonni 
tushirib yuborishdi. Sinf rahbari:”Buni kim qildi?”,- deb so`raganda, Salim: 
“Buni yoki Shokir yoki Mahmud qildi”,-dedi. Shokir e’tiroz bildirib:“Men 
guldonni tushirib yuborganim yoq”,-dedi. Ikrom: “Buni Mahmud qildi”,-
dedi. Mahmud: “Yo`q, Ikrom, sen adashding”,- dedi. Sinf rahbari uchta 
o`quvchisi doimo rost gapirishini bilardi, to`rtinchisi esa sinfga yaqinda 
kelgan o`quvchidir. Kim guldonni tushirib yuborgan? 
Yechish. Guldonni kim tushirib yuborganligi haqidagi gipotezalarni 
ko`ramiz, ya’ni tadqiqot gipotezasini tuzamiz. Bolalar soni 5 ta va ularning 
har biri guldonni tushirib yuborishi mumkinligidan 5 ta gipoteza tuzib, uni 
tekshirishimiz kerak bo`ladi. 
Masalada qo`yilgan savolga javobning (yechimning) to`g`riligining 
me’zoni sifatida uning sharti bo`yicha rost bo`ladigan mulohazalar soni 
bo`ladi. Berilgan masala uchun bu shart “ Uchta o`quvchi haq bo`lib chiqdi” 
bo`ladi. 
Gipotezalar 
Bolalar mulohazalari 
Guldonni … tushirib yuborgan 
Salim Shokir Mahmud Ikrom 
Salim:”Shokir yoki Mahmud” 




Shokir:” Men emas” 




Ikrom:” Mahmud” 




Mahmud:” Ikrom adashayapti” 




Rost mulohazalar soni 




Guldonni shu bola tushirib yuborganligi 
haqida xulosa chiqarish 
Yo`q 
Yo`q 
Ha 
Yo`q 
Demak, guldonni Mahmud tushirib yuborgan. 
3-
 
masala. 
Bolalar pul topib olishdi. Sobir: “Bu pulni men 
yo`qotganman”, -dedi. Vali e’tiroz bildirdi: “Sen o`z pulingni sarflab 
bo`lgansan, bu Yusufning yoki Karimning puli”,-dedi. Yusuf inkor qildi:” 
Bu mening pulim emas”, Karim esa: “Yusuf adashyapti, bu 


uning puli yoki Sobirning puli”,- dedi. Agar faqat bitta bola haq bo`lsa, 
pul kimniki? 
Yechish. Pul kimniki ekanligi haqidagi gipotezalarni ko`ramiz. Bolalar 
soni 4 ta va ularning har biri pulini yoqotishi mumkinligidan, 
3
ta gipoteza tuzib uni tekshiramiz. Bolalarning har biri aytgan 
mulohazaning rost yoki yolg`onligini o`rnatish orqali gipotezani 
tekshiramiz. Masala shartiga qo`yilgan savolga javobning (yechimning) 
to`griligining me’zoni “ Faqat bitta bola haq bo`lib chiqdi (rost gapirdi)” 
bo`ladi. 
Gipotezalar 
Bolalar mulohazalari 
Pul … niki edi 
Sobir 
Vali Yusuf Karim 
Sobir:” Pul meniki” 




Vali:” Yusuf yoki Karimniki” 




Yusuf:”Pul meniki emas” 




Karim:” Yusuf yoki Sobirniki” 




Rost mulohazalar soni 




Pul shu bolaga tegishli ekanligi haqida 
xulosa chiqarish 
Yo`q 
Ha 
Yo`q 
Yo`q 
Demak, yo`qotilgan pul Salimninki. 

Yüklə 146,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə