7-8-laboratoriya ishi



Yüklə 291,93 Kb.
səhifə1/3
tarix25.05.2022
ölçüsü291,93 Kb.
#87875
  1   2   3

7-8-LABORATORIYA ISHI
1.Ishning nomi: Yenglarni yeng o’miziga o’tqazish.
Ishdan maqsad: Yenglarni yeng o’miziga o’tqazishni o’rgatish.
Ishning nazariy qismi.


Yenglar kiyim yeng o’miziga 10 mm kenglikdagi biriktirma chok bilan o’tqaziladi; bunda tikish haqqi yeng tomonga yo’naltirilib, bostirma chok bilan yoki quyma chok bilan tikiladi. Modelga binoan yeng o’mizining ayrim joylarida yengning o’tqazma chokini yorib dazmollash ham mumkin. Yupqa gazlamadan tikilgan kiyimlarda yeng o’miziga yeng bort qotirmasi bilan birga o’tqaziladi.
Yenglarni yeng o’miziga o’tqazish oldidan yeng o’mizi qirqimlarining chiziqlari va birlashtirishga tayyorlab qo’yilgan yenglar tekshirib ko’riladi. Yenglarda ularning uzunligi, kengligi, qiyamasi balandligi, simmetrik ekanligi, ishlov berish sifati, nazorat kertimlarining borligi tekshiriladi.
Yeng qiyamasining oldingi o’tar qismi chizig’ida va tirsak chizig’ida qiyamaning yuqori qismidagi kertimlarning nazorat kertimlari tekshiriladi. Yeng qiyamasidagi nazorat kertimlariga binoan old bo’lak va ort bo’lak yeng qiyamalaridagi nazorat kertimlari tekshirilishi kerak. Yakka tartibdagi buyurtma tarzida kiyim tikayotganda nazorat belgilari kiydirib ko’rish paytida buyurtmachi gavdasiga qarab qo’yiladi; ommaviy ishlab chiqarishda nazorat kertimlari konstruktsiyalash vaqtida aniqlab qo’yiladi.
Yenglar yeng o’miziga oldindan ko’klab olmasdan biriktirib tikish mashinasida, yengdagi solqi kertimlarga muvofiq taqsimlab o’tqaziladi yoki yenglar 302-2 kl. maxsus tikuv mashinasida o’tqaziladi, bunda kertimlar to’g’ri keltiriladi, solqi esa gazlamani surib turadigan reykali qo’shimcha mexanizm yordamida taqsimlanadi.

13-rasm. Ayollar paltosi modellari.


Yengni yeng o’miziga o’tkazish
1-jadval


Yüklə 291,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə